146
Genetika
C hinni gul
H osil
H u ja y ra la rn i H u ja y ra la rn i oziqa N ihol olish
qiluvchi
a jra tish
m u h itid a o 'stirish
to 'q im a
50-r a s m.
To‘qimalarni sun’iy o‘stirish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Madaniy o‘simliklar kelib chiqishi markazlarini sanab bering
va ular qanday o‘simliklar vatani ekanligini aytib bering.
2. O‘simliklar seleksiyasida qanday usullar qo‘llaniladi?
3. Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori qonuni seleksiya-
da qanday ahamiyatga ega?
4. Poliploidiya nima uchun asosan o‘simliklar seleksiyasida
qo‘llaniladi?
5. O‘zbekistonda g‘o‘za seleksiyasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
6. Qanday usul yordamida turlararo duragaylar bepushtligini bar-
taraf qilish mumkin?
31-§. Hayvonlar seleksiyasi
Hayvonlar seleksiyasi metodlari
Hayvonlar seleksiyasida ham asosan o‘simliklar seleksiyasidagi
kabi metodlardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo‘llashda
hayvonlar uchun xos bo‘lgan ayrim xususiyatlar bilan hisoblash-
ligiga to ‘g‘ri keladi.
Hayvonlar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi, ularning nasli ko‘p
bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham seleksionerlar seleksiya uchun dastlabki
material tanlaganda ko‘p belgilar ota-onalarda namoyon
bo‘lmasligini e’tiborga olishi zarur (masalan, erkak organizmlarda
sutning yog‘liligi, tuxum qo‘yuvchanlik ko‘rsatkichlari).
Hayvonlar seleksiyasida ularning faqat