143
Toshkent milliy universiteti genetiklari Akademik J. A. Mu-
sayev rahbarligida g‘o ‘zaning juda ko‘p foydali belgilariga ega
b o ‘lgan gomozigotali liniyalari yaratilgan bo‘lib, bu kolleksiyadan
g‘o ‘za seleksiyasini rivojlantirishda keng foydalaniladi.
Bu qonundan samarali foydalanish natijasida seleksionerlar
bug‘doy, arpa, makkajo‘xori kabi o ‘simliklarning har xil foydali
xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan navlarini keltirib chiqardilar.
Qonunni faqat o ‘simliklar uchungina emas, balki hayvonlar va
mikroorganizmlarda ham qo‘llash mumkinligi aniqlandi. Masalan,
odamda uchraydigan ko‘p irsiy belgilar va kasalliklar hayvonlarda
ham uchraydi (avvalgi mavzularga qarang).
30-§. O ‘simliklar seleksiyasining asosiy metodlari
Tanlash va duragaylash usullari seleksiyasining asosiy usulla-
ridir.
Yalpi va individual tanlash natijasida avval mavjud bo‘lmagan
yangi narsa yaratilmaydi, faqat populyatsiyada uchraydigan foydali
sifatlarga ega bo‘lgan o ‘simliklar ajratib olinadi. Bu usul yordami
da o ‘simliklarning ko‘plab navlari yaratilgan.
Duragaylash metodini qo‘llab, olingan duragaylarni keyincha-
lik tanlash natijasida bug‘doy, kungaboqar, sabzavot va mevalar-
ning ko‘p serhosil navlari yaratilgan. Duragaylash metodini amal
ga oshirishda geterozis hodisasidan keng foydalaniladi