• Genni olingandan yoki sintezlangandan keyin uni vektor moleku- lalar bilan bog‘lanadi. Buning uchun maxsus bakterial fermentlar — restriksiyalovchi
  • teskari transkriptaza (revertaza)




    Download 2,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/89
    Sana27.11.2023
    Hajmi2,96 Mb.
    #106166
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
    Bog'liq
    Genetika

    teskari transkriptaza (revertaza) 
    fermenti yordamida iRNK komplementar bo‘lgan D N K zanjiri 
    sintezlanadi. Olingan D N K molekulasini 
    komplementar D N K (k — 
    DNK)
    deyiladi. Olingan DNK molekulasi bakteriyada funksiya 
    bajaradi va kerakli oqsilni sintezlay oladi.
    Fermentativ sintez yo‘li bilan insulin geni olinib, uni ichak 
    bakteriyasiga kiritildi va ichak bakteriyasi insulin sintezladi.
    Genni olingandan yoki sintezlangandan keyin uni vektor moleku- 
    lalar bilan bog‘lanadi.
    Buning uchun maxsus bakterial fermentlar — 
    restriksiyalovchi 
    endonukleazalardan
    foydalaniladi. Bu fermentlar bakteriyalarning 
    tabiiy himoya sistemalari hisoblanadi. Bakteriyalarda restriktazalar 
    yoki DNK molekulalarni m a’lum joylardan qirqib, parchalab tash­
    lash xususiyatiga ega. DNK qismlarini qayta ulaydigan ferment- 
    larni 
    ligazalar
    deyiladi.
    Shunday qilib restriktaza fermenti yordamida vektor molekula 
    DNKsini har xil joylardan qirqib, ligaza fermenti yordamida ke­
    rakli gen bilan ulanib 
    rekombinant molekulalar
    hosil qilinadi.
    Vektor molekulalar retsipiyent hujayra ichiga kirib, uning 
    genomi bilan birlasha olish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim.
    Gen injeneriyasining uchinchi etapida
    rekombinant moleku­
    lalar retsipiyent hujayralarga kiritiladi.
    Vektor molekulalar sifatida plazmidalar, faglar, viruslar, 
    transpozonlardan foydalaniladi.
    Gen injeneriyasining to ‘rtinchi etapida
    retsipiyent hujayralar 
    tanlanib ulardan amaliyotni kerakli oqsillar, gormonlar va biologik 
    faol moddalarni sintezlashda foydalaniladi.
    Rekombinant molekulalarni retsipiyent hujayralarga kiritish 
    natijasida xavfli belgilarga ega organizmlarni keltirib chiqarish 
    mumkin. Masalan, AQSHda gen injeneriyasi laboratoriyalaridan 
    birida stafillokokkning genlarini ichak tayoqchasiga kiritilishi nati- 
    jasida ham ichak tayoqchasining, ham stafillokokkning xususiyat- 
    larini o ‘zida saqlovchi o‘ta xavfli duragay shtamm keltirib chi- 
    qarildi (ichak tayoqchasi inson ichagining normal mikroflorasi 
    tarkibiga kiradi). Bunday xavfli shtammlar dori preparatlarga chi­
    damli bo‘lishi mumkin.
    Buning oldini olish maqsadida, xavfli mikroorganizmlar gen 
    injeneriyasi yo‘li bilan yaratilib, tabiatda tarqalib ketmasligi oldini


    153
    olish maqsadida 1974-yilda AQSHda g‘alqaro kongressda ehtiyot 
    choralari ishlab chiqilgan va mikroorganizmlar seleksiyasi, gen 
    injeneriyasi bilan shug‘ullanuvchi davlatlar bu xalqaro kelishuvga 
    imzo chekkanlar.
    Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
    1. Mikroorganizmlar seleksiyasining o‘ziga xosliklari
    2. Mikroorganizmlar seleksiyasining asosiy usullari.
    3. Gen injeneriyasining asosiy bosqichlarini aytib bering.
    4. Gen injeneriyasi uchun zarur genlar qanday usullar bilan oli- 
    nadi?
    5. Kimyoviy sintez yo‘li bilan qanday genlarni olish mumkin?
    6. Fermentativ sintezning mohiyatini tushuntiring.
    7. Vektor molekulalar nima?
    8. Rekombinant molekulalar nima?
    9. Mikroorganizmlar seleksiyasining xavfli muammolarini bilasiz-
    mi?
    35-§. Biotexnologiya, yutuqlari va istiqboli
    Biotexnologiya — bu xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mah- 
    sulotlarni mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvon hujayralari yor- 
    damida sanoat miqyosida olishdir.
    Biotexnologiya so‘zi faqat XX asrning 70-yillarida paydo 
    b o ‘lishiga qaramasdan insonlar o ‘z amaliyotlarida — non yopishda, 
    vino, pivo va sut mahsulotlarini tayyorlashda qadim zamonlardan 
    beri foydalanib kelishgan. Ajdodlarimiz bu jarayonlar mohiyatini 
    tushunmasa ham yillar davomida bu texnologiyalarni tobora 
    takomillashtirib borishgan.
    Biotexnologiya jarayonlarining biologik mohiyati XIX asrda- 
    gina fransuz olimi Lui Paster tadqiqotlari natijasida aniqlana bosh- 
    landi. XX asrning ikkinchi yarmida sitologiya, hujayra biologiyasi, 
    bioximiya, molekulyar biologiya va molekulyar genetika fanlarining 
    erishgan muvaffaqiyatlari biotexnologiyaning tez rivojlanishiga 
    turtki bo‘ldi.
    Mikroorganizmlarning yuqori mahsulli shtammlarini selek- 
    siyalash biotexnologik jarayonlar samaradorligini oshirdi.
    Biotexnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki bu jarayonlarda 
    ilmiy-texnik protsess yutuqlari bilan bir qatorda tabiiy manbalar- 
    dan keng foydalaniladi.


    154
    Genetika
    Biotexnologiya jarayonlari quyidagi bosqichlardan tashkil top­
    gan:

    Download 2,96 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




    Download 2,96 Mb.
    Pdf ko'rish