Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/89
Sana27.11.2023
Hajmi2,96 Mb.
#106166
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Genetika

defishensi
deyiladi. Agar defishensi xromoso­
maning ikkala qismida kuzatilsa, bu qismlar bir-biriga yopishib, 
halqasimon xromosomani hosil qilishi mumkin. Uzilib tushgan 
qismlar ko‘pincha keyingi bo ‘linishlarda yo‘qotiladi. Ammo uzil- 
gan qism boshqa nogomologik xromosomaga birikib genlar 
yo‘qotilmasdan, boshqa bog‘lanish guruhlari tarkibiga birikishi 
mumkin. Bunday xromosoma aberratsiyalari translokatsiya deyi- 
ladi.
Diskordantlik — egizaklarda tor reaksiya normasiga ega belgi- 
lardagi farqlar. Egizaklar zigotaligini aniqlashda foydalaniladi va % 
bilan ifodalanadi.
Dominantlik — geterozigota holatidagi allellar juftidan birining 
ikkinchisi ustidan ustun kelishi. Dominantlikning bir necha shakli 
mavjud.
1. To‘liq dominantlik — bunda geterozigotada faqat dominant 
allelning fenotipi yuzaga chiqadi (qizil rang).
2. To‘liqmas (oraliq dominant) — bunda A (qizil) a — (oq) 
ning ta ’sirini to ‘liq to ‘sa olmaydi, hosil bo‘lgan belgi oraliq xarak- 
terga ega (Aa — pushti rang) bo‘ladi.
3. O‘ta dominantlik — bunda dominant allel geterozigota (Aa) 
holatida gomozigota (AA) holatidagiga nisbatan kuchliroq namo­
yon bo‘ladi.
DNK polimeraza — replikatsiyani katalizlovchi ferment.
Duplikatsiya — xromosoma aberratsiyalarining bir xil bo ‘lib, 
uning qismlaridan birining ikki hissa ortishi. Duplikatsiya krossin- 
governing m e’yorida kechishiga xalaqit beradi. O‘z navbatida dup­
likatsiya notekis krossingover natijasida kelib chiqishi mumkin.
Yevgenika — odamning genetik maqomi va uni yaxshilash 
haqidagi ta ’limot bo‘lib, uning asoschisi F. Galton hisoblanadi. 
Salbiy yevgenika «irqiy gigiyena», irsiy kasallarni sterilizatsiyalash


164
Genetika
kabi tushunchalar bilan salbiy ahamiyatlarga ega bo‘lgan yo‘na- 
lishdir.
Jins — organizmning jinsiy ko‘payishda ishtirok etishga va irsiy 
axborotni gametalar orqali avlodlarga o‘tkazishga imkon beruvchi 
xususiyatlar yig‘indisi.
Jinsiy xromatin — giperpiknozlashgan va nofaol holatdagi X 
xromosoma yadro membranasiga yopishgan to ‘q bo ‘yaluvchi 
tanacha, xromatin tanachasi soni X xromosomalar sonidan bitta 
kam bo ‘ladi. Jinsiy xromatinni aniqlash orqali X xromosomalar 
soni o‘zgarishiga bog‘liq irsiy kasalliklarni, shaxsning genotipik 
jinsini aniqlash mumkin.
Jinsiy xromosomalar (geterosomalar) — urg‘ochi va erkak 
jinslarda farqlanuvchi xromosomalar. Ularga joylashgan genlar jin- 
siy belgilarga ham, somatik belgilarga ham (daltonizm, gemofiliya) 
ta ’sir qiladi.
Jinsga tobe belgilar — genlari har qanday xromosomalarda joy- 
lashishi mumkin bo‘lgan, lekin yuzaga chiqishi jinsga bog‘liq 
bo‘lgan belgilar. Masalan, kallik geni geterozigota holatida ayollar­
da yuzaga chiqmaydi, erkaklarda esa geterozigotalarda kallik yuza­
ga chiqadi.
Joylashish samarasi — gen ta ’sinning uning atrofidagi allel - 
larga bog‘liqligi. Shuning uchun ham xromosoma aberratsiyalarida 
joyi o ‘zgargan genning faolligi o ‘zgarishi mumkin.
Idiogramma — diploid to ‘plamdagi xromosoma to ‘plamining 
xromosomalar o‘lchami va qismlarini solishtirish asosida tuzilgan 
umumiylashtirilgan sxematik ifoda.
Izolyatsiya — panmiksiyaga xalaqit beruvchi to ‘siqlarning 
paydo bo‘lib populyatsiyada kichik guruhlarni alohidalanishiga olib 
keladigan jarayon.
Izolyat — shaxslar soni 1500 gacha bo‘lgan odamlar popu- 
lyatsiyasi. Insoniyatning yaqin o‘tmishida geografik izolyatlar keng 
tarqalgan edi. Hozirgi davrda izolyatlar mavjudligining asosiy 
sabablariga, diniy, etnik va boshqa ijtimoiy to ‘siqlar kiradi. Bu 
to ‘siqlar ahamiyati tobora kamayib, kichik populyatsiyalarning 
yiriklashishi jarayoni kuzatilmoqda.
Immunogenetika — immunologiya va antropogenetika asosida 
shakllangan fan bo‘lib, immunitetning irsiy asoslarini, to ‘qima 
antigenlarining xilma-xilligini hamda irsiylanishini va to ‘qimalar 
mos kelish-kelmasligini o‘rganadi. Tibbiyot genetikasida autosoma


165
kasalliklar mexanizmini, irsiyatga moyil kasalliklarni o ‘rganishda 
katta ahamiyatga ega.
Inversiya — xromosoma ichidaga aberratsiyalardan biri bo‘lib, 
bunda xromosomaning (yoki genning) bir qismi uzilib, 180° ga 
aylanib, yana qaytadan o‘z joyiga joylashadi. Inversiya natijasida 
nukleotidlar ketma-ketligi o‘zgaradi. Birikish guruhi o ‘zgarmaydi, 
faqat allellar ketma-ketligi o ‘zgaradi. Shunday bo ‘lishiga qaramas- 
dan bu hodisa krossingoverga xalaqit beradi va evolyutsiyada tur 
hosil qiluvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Intron — polipeptid yoki RNK strukturasi haqida axborot tut- 
maydigan nukleotidlar ketma-ketligi. 
Intronlar mavjudligi 
splaysingga sabab bo‘ladi, bunda intronlar kesib tashlanib, ekzon- 
lar qayta ulanadi. Intronlar mutatsiyasi yuzaga chiqmaydi va bu 
mutatsiyaning zarari sezilmaydi.
Inbriding — qarindoshlik darajasi yaqin bo‘lgan organizmlar- 
ning chatishishi. Odamda eng yaqin inbriding — insest nikohlardir 
(qonun tomonidan taqiqlangan, birinchi darajali qarindoshlar 
orasidagi nikohlardir). Qarindoshlarda umumiy ajdoddan olgan bir 
xil genlarning mavjudligi tufayli inbriding inbred depressiyaga 
sabab bo‘ladi. Bunda zararli genlarga nisbatan gomozigotalanish 
kuzatilganligi uchun hayot faoliyati va ko‘payuvchanlik susayadi. 
Lekin seleksiyada «sof liniyalar»ni olish uchun inbridingdan keng 
foydalaniladi. 
Inbridingning 
salbiy 
natijalarini 
tushunish 
qarindosh-urug‘lar orasidagi nikohlarning oldini olish uchun 
tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi.
Irsiylanish — ko‘payish jarayonida irsiy moddaning bir avlod- 
dan ikkinchisiga o‘tkazilishi. Genlar joylashishiga qarab eukariot- 
larda yadro (autosoma yoki geterosoma) va sitoplazmatik (mito- 
xondriya, plastida) irsiylanish kuzatiladi. Viruslar va prokariotlar 
uchun o ‘ziga xos irsiylanish xarakterlidir.
Irsiylanuvchanlik — belgining namoyon bo ‘lishida irsiyat 
ahamiyatining ko‘rsatkichi. Irsiylanuvchanlik irsiylanuvchanlik 
koeffitsienti orqali ifodalanadi va kuzatilayotgan o‘zgaruvchanlik- 
ning qancha qismi genotipga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Irsiylanuv­
chanlik koeffitsientlarini bilish seleksiyada katta ahamiyatga ega.
Irsiy kasalliklar — mutatsiyalar natijasida kelib chiquvchi 
avlodlarga o ‘tadigan kasalliklar.
Irsiy kasalliklarning genetik geterogenligi — ko‘p uchraydigan 
surunkali multifaktorial kasalliklarda klinik polimorfizmning 
mavjudligi. Klinik polimorfizmning sababi bitta kasallikning har xil


166
Genetika
etiologik shakllar sifatida namoyon bo‘lishidir. Ular har xil muta­
tsiyalar natijasi bo‘lgani uchun har xil irsiylanadi, lekin fenotipik 
(klinik) ko‘rinishlari o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Irsiyat — irsiylanish jarayoni orqali organizmlarning avlodlar 
almashinishi davomida moddiy va funksional uzluksizlikni 
ta ’minlovchi xususiyat.
Kariogramma — bitta hujayraning tizimlashtirilgan va aniq 
tuzilgan to ‘plami. Gomologik xromosomalar aniqlanib, o ‘lchami 
va sentromerasining joylashishiga qarab (Parij nomenklaturasi 
asosida) joylashtirib chiqiladi, m a’lum harflar (A, B, C, D, E, F, 
J) yoki raqamlar bilan belgilanadi. Ko‘pincha bu termin idiogram- 
maning sinonimi sifatida ishlatiladi.
Kariotip — xromosoma to ‘plami belgilarining yig‘indisi (soni, 
shakli, o ‘lchami) bo‘lib, har bir tur uchun o‘ziga xos bo‘ladi.
Kartalashtirish — genetik kartalarni tuzish xromosomadagi 
genlarning joyini va ular orasidagi masofalarni aniqlash. Genlar 
orasidagi masofa ular orasidagi krossingover foizi bilan aniqlana­
di. Genlar orasidagi masofa birligi morganida deyiladi, u esa gen­
lar orasidagi 1% krossingoverga teng. Odamda genetik karta 
tuzish uchun somatik hujayralarni duragaylash va genealogiya 
usullaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda X xromosomada 3000 
taga yaqin genlar, autosomalarda esa 30000 dan ortiq genlar kar- 
talashtirilgan.
Kasalliklarga irsiy moyillik — tashqi muhit omillari ta ’sirida 
organizmning reaksiya normasining o‘zgarishi. Agar muhit omili 
mos keluvchi genotipli organizmga ta ’sir qilsa, moyillik kasallikka 
aylanishi mumkin. Masalan, diabetga moyilligi bo‘lgan odam oson 
hazm bo‘luvchi uglevodlarni iste’mol qilsa qonda uglevod miqdori 
tezda va uzoq vaqt davomida ko‘tariladi. Ko‘p vaqt davomida 
uglevodlarni iste’mol qilish esa moslanish mexanizmlari buzilishi- 
ga va diabet kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Diabetga moyilligi 
bo‘lmagan odamlarda esa uglevodlarni ko‘p iste’mol qilish diabet- 
ga olib kelmaydi.
Kodon — aminokislotani kodlashtiruvchi D N K yoki iRNKning 
yonma-yon joylashgan uchta nukleotidlari (triplet). Genetik kod 
64 tripletli kodondan tashkil topadi (bu esa 20 aminokislotani bel- 
gilash uchun yetib ortadi). 3 ta kodon hech qanday m a’noni 
anglatmaydi, ularni nonsens kodonlar deyiladi.
Kodominantlik — geterozigotalarda har ikkala allelning belgini


167
namoyon qilishda qatnashishi (masalan JAJB — IV qon guruhini 
aniqlaydi).
Kolinearlik — gendagi nukleotidlar joylashishi bilan, shu gen 
kodlashtiradigan polipeptiddagi aminokislotalar joylashishidagi 
parallelizm.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik — avlodlarda ota-ona genlarining 
yangi kombinatsiyalari tufayli kelib chiqadigan irsiy o ‘zgaruvchan- 
lik.
Komplementarlik — noallel genlarning o ‘zaro ta ’sir shakllari- 
dan biri bo‘lib, bunda bitta gen ikkinchisining ta ’sirini to ‘ldirib, 
yangi belgi yuzaga chiqadi. Odamlarda soch pigmentatsiyasi ikki xil 
noallel gen komplementar ta ’siri natijasida aniqlanadi.
Konkordantlik — egizaklarning qandaydir belgiga nisbatan 
o‘xshashligi. Monozigotalar va dizigotalarda konkordantlik va 
diskordantlikni solishtirish egizaklar usulining asosini tashkil qila- 
di. Bu usul yordamida belgi (kasallik) rivojlanishida muhit va irsi­
yatning munosabatli rolini aniqlash mumkin.
Krossingover — 1 meyoz profazasida gomologik xromosoma- 
larning qismlari bilan almashinishi (natijada genlar va belgilarning 
yangi kombinatsiyalari kelib chiqadi).
Lokus — xromosomaning genetik kartasida m a’lum genning 
joylashgan o ‘rni.
Mendellashuvchi belgilar — G.Mendel qonuniyatlariga asosan 
irsiylanadigan diskret belgilar. Bunday belgilarga odamlarda qo‘l 
yoki oyoq barmoqlari soni, ko‘z rangi, ko‘rish o‘tkirligi, sepkilning 
mavjudligi va boshqalar misol bo‘la oladi.
Meyoz — gametalarning yetilish usuli, yetilmagan jinsiy 
hujayraning bo ‘linishi natijasida xromosomalar miqdorining ikki 
hissa kamayishi. Meyoz natijasida xromosomalarning gaploid 
to ‘plamga (r) ega bo‘lgan yetuk jinsiy hujayralari hosil bo‘ladi va 
jinsiy ko‘payishda har bir turning xromosomalari sonining 
doimiyligi saqlanadi.
Mitoz — eukariotlar uchun xos jarayon. Mitoz tufayli qizlik 
hujayralar teng va bir xil irsiy axborotni oladi va har bir hujayra 2n 
to ‘plamga ega bo‘ladi.
Migratsiya — bitta populyatsiya genofondiga boshqa po­
pulyatsiyaning genotiplarining qo‘shilishi. Buning natijasida dast- 
labki populyatsiyaning genetik strukturasi o ‘zgarishi mumkin.
Modifikatsiya — fenotipik o‘zgaruvchanlikning bu shakli tashqi 
muhit omillari ta ’sirida kelib chiqadi, genotip o‘zgarmaydi, shu-


168
Genetika
ning uchun ham irsiylanmaydi. Modifikatsiyalarni o ‘rganish muhit 
va irsiyatning rolini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Zararli modi- 
fikatsiyalar — morfozlar kuchli muhit omillari ta ’sirida kelib chiqa- 
di, ba’zan mutant genning fenotipini eslatadi (fenokopiyalar). 
Avlod prognozini aniqlashda fenokopiyalarni gen mutatsiyasidan 
ajratish muhim ahamiyatga egadir.
Mozaik — har xil genotipli hujayralardan tashkil topgan orga­
nizm, masalan 46,XX/45,XO — Shereshevskiy-Terner sindromi 
bo‘yicha mozaikdir.
Mobil genlar (adashgan genlar) — hujayra genomida joyini 
o ‘zgartira oladigan D N K qismlari. Ular evolyutsiyada katta 
ahamiyatga egadir.
Monosomiya — xromosomalarning diploid to ‘plamida 2 ta 
gomologik xromosomalardan birining yetishmasligi (2n — 1, 
masalan 45, XO).
Mutagen — mutatsiyalar chastotasini oshiruvchi fizik, kimyo- 
viy, yoki biologik omil.
M utant — mutatsiyani tashuvchi hujayra yoki organizm.
Mutatsiya — yangi belgi yoki xususiyatning kelib chiqishiga 
sabab bo‘luvchi gen, xromosoma yoki genom darajada irsiy 
axborotning o‘zgarishi. Generativ mutatsiyalar jinsiy hujayralarda 
kuzatiladi, irsiylanadi, somatik mutatsiyalar somatik hujayralarda 
kuzatiladi, faqat o ‘sha hujayra avlodlarida irsiylanadi.
Nonsens kodonlar — m a’nosiz kodonlar, informatsiya saqla- 
maydigan terminator kodonlar. Bu kodonlar oqsil polipeptid zan- 
jiri sintezining tugallanishi uchun signal hisoblanadi.
Nukleosomalar — xromosomaning gistonlar va DNKdan 
tashkil topgan strukturalari. Qo‘shni nukleosomalar bir-birlari bilan 
qisqa D N K qismi orqali birikadi. DNKning giston tanachalariga 
o‘ralishi D N K bispirali uzunligini 7 martagacha qisqartiradi va 
DNKning o‘sha qismida transkripsiyaga imkon bermaydi, 1 gen
6 ta nukleosomani o‘z ichiga olishi mumkin.
Ontogenezda jinsning differensiatsiyalanishi — shaxsning onto- 
genezida jinsiy belgilarning rivojlanish jarayoni. Har xil jinsli orga- 
nizmlarda (shu jumladan odamlarda) zigota ayrim jinsga mansub 
xromosomalar to ‘plamiga ega bo‘lsa ham jinsiy jihatdan indifferent 
(farqsiz) bo‘ladi, chunki gonadalari har ikkala jins tomonga rivoj- 
lanish imkoniyatiga ega. Jins differensiatsiyasi jinsiy gormonlar 
ta ’sirida amalga oshadi, avval jinsiy kurtaklar, keyin gonadalar 
rivojlanadi. Shuning uchun ham jins ontogenezda qayta aniqlanishi 
mumkin. Odam jinsini belgilanishida gormonlar ta ’siri ham kat- 
tadir. Masalan 46, XY genotipda fenotip ayollarga xos bo‘lishi


169
mumkin (Morris sindromi), chunki bunda nishon hujayralarida 
androgenlarning retseptorlari bo‘lmaydi.
Onkogenlar — hujayraning yomon sifatli o ‘zgarishiga sabab 
bo ‘luvchi genlar.
Ontogenetika (fenogenetika) — individual rivojlanishning irsiy 
asoslarini o‘rganuvchi genetikaning b o ‘limi.
Operator — repressor oqsil bilan spetsifik birikib, operon tran- 
skripsiyasini ifoda qiluvchi operonning oldingi qismi.
Operon — bitta yoki bir nechta strukturaviy genlar va re- 
gulyator elementlardan tashkil topuvchi transkripsiya birligi.
Oraliq irsiylanish — dominant va retsessiv allellarning bir xil 
yuzaga chiqishi, masalan, Aa — mikroftalmiya (A — ko‘z soqqasi- 
ning m e’yoriy o ‘lchami geni, a — anoftalmiya geni). Bunday irsiy- 
lanish chala dominantlik deb ham ataladi (dominant allel retsessiv 
allelni to ‘liq bo‘g‘ib qo‘ymaganligi uchun).
Panmiksiya — populyatsiyada har xil genotipli shaxslarning 
tasodifiy erkin chatishishi. Haqiqiy panmiksiya faqat ideal po- 
pulyatsiyalarda amalga oshishi mumkin. Ammo ko‘p sonli odam 
populyatsiyalarida ham shartli ravishda panmiksiya kuzatilishi 
mumkin.
Download 2,96 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov

Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish