155
53-r a s m.
To‘qimani sun’iy o‘stirish yo‘li bilan o‘simlik olish.
Biotexnologik jarayonlar yordamida antibiotiklar, fermentlar,
aminokislotalar, gormonlar ko‘p miqdorda ishlab chiqarilmoqda.
Masalan, o‘sish gormoni avval hayvonlar to ‘qimalaridan olinar
edi. Oz miqdorda gormon olish uchun juda ko‘p
miqdorda hayvon
mahsuloti zarur edi va shu tufayli juda qimmatga tushar edi.
Biotexnologik jarayon arzon va samarali o‘sish gormonini olishga
imkon yaratdi.
Qandli diabetni davolashda ishlatiladigan insulin gormoni ham
hayvonlar oshqozon osti bezidan ajratib olinar edi. Bunday usulda
olingan gormon ko‘pincha yaxshi samara bermas, ko‘p asoratlar
kelib chiqishiga sabab bo‘lar edi. Hozirgi
davrda insonning insulin
genini olish yo‘lga qo‘yilgan. Bu gen gen injeneriyasi orqali ichak
bakteriyasiga kiritilib inson insulin geni olinmoqda. Shunday qilib
bakteriyalar inson insulini gormonini sintezlab bermoqda.
Monoklonal antitelolarni sintezlovchi gibridomalar yaratilishi
kasallarga tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatlarini kamaytir-
moqda. Ayniqsa yomon o ‘sma kasalligini
endi boshlanayotganda
aniqlashda va davolashda monoklonal antitelolarning istiqboli juda
balanddir.
Vaksinalar biotexnologik jarayonlar bilan yaratilmoqda, bu esa
yuqumli kasalliklarning oldini olishda juda katta ahamiyatga
egadir.
Biotexnologiya usullaridan biri