140
Genetika
I
duragay koloniya,
II duragay koloniya,
III duragay koloniya
45-r a s m.
Somatik hujayralarni duragaylash sxemasi.
kelajakda organizmlar irsiyatini yaxshilashga,
foydali biologik faol
moddalarini sintezlashga imkon beradi. Ammo bu usulning ham
ayrim kamchiliklari mavjud, gen injeneriyasi
usuli bilan insonlar
uchun o‘ta xavfli organizmlar yaratilishi, bular esa insoniyat uchun
juda katta xatar keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Seleksiya fani nima o‘rganadi?
2. Seleksiyaning asosiy vazifalarini sanab bering.
3. Metodik va ongsiz tanlashning farqi nimada?
4. Yalpi va individual tanlashning farqini tushuntiring.
5. Autbridingda geterozis hodisasining mohiyatini tushuntiring.
6. Inbridingning irsiy mohiyatini tushuntiring.
7. Nima uchun turlararo duragaylar bepusht bo‘ladi?
8. Biotexnologiyaning mohiyatini tushuntiring.
9.
Hujayra injeneriyasi, gibridomalar haqida qanday tushuncha-
larga egasiz?
141
10.
Gen injeneriyasining mohiyatini,
uning muammolari va istiq-
bollarini tushuntiring.
29-§. O ‘simliklar seleksiyasi