Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar




Download 0,88 Mb.
bet5/28
Sana29.09.2024
Hajmi0,88 Mb.
#272915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirish

Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar. Yuqorida aytib o’tilganidek avtomatlashtirilgan tizim tushunchasi avtomatik tizimdan farqli o’laroq, boshqarish jarayonida BHM bilan birgalikda odam ham ishtirok etib, o’z tajribasi va bilimi aso­sida uning ishini tahlil qilib va tuzatib, tizimniig ishiga ma’lum darajada (ba’zan hal qiluvchi tarzda) ta’sir ko’rtadi. SHuning uchun, odam avtomatlashtirilgan tizimning texnik va matematik vositalari bilan birga uning bir qismi ekani tabiiydir.
Mahalliy avtomatik qurilmalar. Ular texnologik jarayonning ayrim qismlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Ularga turli xil vazifani bajaruvchi individual rostlagichlar, qurilmani shikastlanishdan himoya qiluvchi mahalliy qurilmalar, yuqordan berilgan buyruq bo’yicha ishlovchi avtomatik ishga tushirish qurilmalari kirishi mumkin.
SHunday qilib, tizim tarkibida tizim byurtmachisi ifodalashi kerak bo’lgan yagona maqsadga bo’ysindirilgan, yetarlicha murakkab va o’zaro uzviy bog’langan boshqaruvchi bo’g’inlar majmuasini qarab chiqish zarur. U murakkabligiga qaramay, dastavval boshqarish tizimini butunicha tasavvur qilish, uning vazifalarini tushunishi va bu vazifalar amalda qanday bajarilishini tasavvur qilishi zarur.
Tizimni qora quti tarzida qarab chiqish - bu uning haqida tashqi tavsiflari bo’yicha va dastavval uning chiqishlarining kirishlariga bog’liq bo’lishi bo’yicha fikr yuritish demakdir. Bunda ichki tuzilish hisobga olinmaydi. Boshqacha aytganda, tizim qanday bajarayotganidan qat’iy nazar nima bajarayotgani muhimdir.
Boshqarish tizimini bunday tashqi baholashda quyidagi asosiy parametrlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1.Kirishlar va chiqishlar soni - bu son birinchi
yaqinlashishida tizimning murakkabligi haqida fikr yuritishga imkon beradi.
2.Axborotning qiymatiy tavsiflari - bu tizimning kirishlariga qanday axborot kirishining va chiqishlarida qanday signallar shakllanishining qiymatidir. Bu tizimning vazifalarini miqdoriy baholashga, ulardan eng muhimilarini ajratishga (masalan, avariya signali), birinchi navbatda aynan nimani avtomatlashtirish talab qilinishi
va hokazolarni tushunishga imkon beradi.
3.Tizimning tez ishlashi - bu kirish signallarga chiqishlarning aks ta’siri tezligidir. Bu ko’rsatkichning qiymati tizimning boshqarish jarayoniga kiritayotgan kechikishlar haqida fikr yuritishga imkon beradi. Tizim chiqishlarining buzilish ehtimoli-bu, pirovardida, uning ishonchliligi ko’rsatkichidir.
SHunday qilib, tizimning kirish va chiqishlarini, shuningdek, ularning funktsional bog’lanishlarini tekshirish «tizim to’g’risida yaxlit, uning vazifalari to’g’risida va turli xil tavsiflar to’g’risida dastlabki tushuncha beradi.
Boshqarish tizimi, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va ob’ektning o’zaro ishlashi natijasida vujudga keladigan boshqarish konturida ikkita asosiy jarayon kechadi: texnologik jarayon (u boshqarsh ob’ekti hamdir) va bu ob’ektni boshqarish jarayoni. Boshqarish shundan iboratki, ob’ektga boshqaruvchi ta’sirlar uzatilib, ularning maqsadi texnologik jarayonning asosiy tavsiflarini berilgan chegaralarda ushlab turish, shuningdek, uning ayrim bosqichlarini ishga tushirish va to’xtatish. Boshqarish tizimi boshqaruvchi signallarni faqat kerakli joyga uzatilishinigina emas, balki kerakli vaqtda uzatilishini ta’minlashi zarur, u boshqariluvchi jarayonning o’tish tezligi bilan belgilanadi. Bu talab odatda bunday ifodalanadi: tizim ishlab chiqarish bilan yagona tempda ishlashi kerak yoki boshqacha qilib aytganda real vaqt masshtabida ishlashi kerak.
Zamonaviy EHM larning tez ishlashini hisobga olib, bunda, yagona muammo boshqaruvchi signallar juda tez ishlab chiqariladi va ularni kerakli vaqtgacha tutib turish kerak bo’ladi, deb o’ylash mumkin. Haqiqatda esa bu oson ish emas. Tizim ishini vaqt bo’yicha tashkil etish muammosi ba’zan juda jiddiy bo’ladi. Buning ikkita sababi bor:
- birinchi sababi shundaki, boshqaruvchi signallarni ish­lab chiqish jarayonlari juda murakkab bo’lishi mumkin (foydalanilayotgan boshqarish usulining murakkabligidan yoki dastur muvaffaqiyatsiz tuzilganidan), ya’ni juda ko’p operatsiyali bo’lib, ularni bajarish vaqti tizim reaktsiyasining maksimal yo’l qo’yilgan vaqti bilan o’lchovdosh (bir xil) yoki xatto undan ortiq bo’ladi (bunday murakkab ishga misol tariqasida ob-havo ma’lumoti xizmat qilishi mumkin: hozir bor bo’lgan ertangi kun ob-havo ma’lumotining aniqligini orttirish uchun sutkadan ko’ra mashina vaqti ko’proq kerak bo’ladi, binobarin, ma’lumot kerak bo’lmay qoladi: bunday holda murakkab ishlarni boshqarish sifatidan voz kechib, soddalashtirish kerak bo’ladi);
-ikkinchi sabab shundaki, ayni bir tizim ayni bir vaqtda ko’pchilik iste’molchilarga xizmat ko’rsatishi kerak (xususan, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar, ob’ektning ayrim qismlari, boshqaruv operatsiyasining yuqori sathlari) va boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish hamda chiqarib berish, kelayotgan axborotni qayd qilish, buxgalteriya va iqtisodiy masalalar va hakazo juda ko’p masalalarni hal qilishi kerak; bu yerda, vujudga keladigan vaqt muammosi vaqtni ajratish rejimi yordamida hal qilinadi.
Vaqt ajratish rejimi dasturchining yordamisiz unga maxsus qurilmalar (terminallar), masalan, pult yoki bosuvchi mashina yordamida ulangan har bir kishiga yagona mashinadan foydalanishga imkon beradi. U boshqarish jarayonida ishchi dasturlarini bajarish tartibini o’zgartirishga va turli foydalanuvchilarga mashinaga bir-biriga halaqt bermagan holda amalda bir vaqtda ishlashga imkon beradi.
Tizimning jamoa bo’lib foydalaniladigan rejimida ishlashida EHM ning samaradorligi keskin ortadi, chunki u yanada to’la yuklanad va uning resurslaridan yaxshiroq foydalaniladi.
Mashina vaqtining foydalanuvchilar o’rtasida bo’linishi ikki yoqlama amalga oshirilishi mumkin:
- apparatura yordamida; bunda, turli foydalanuvchilar uchun o’zining, faqat ular uchun mo’ljallangan qurilmalar, ya’ni operativ xotira yoki protsessor kabi qurilmalar beriladi;
- programma yordamida; bunda, ayni bir qurilmalar barcha foydalanuvchilarga belgilangan, ketma-ketlikka mos holda beriladi. Bu holda foydalanuvchilarning talablari bo’yicha masalani tez hal qilish hisobiga ularda BHM dan bir vaqtda ishlash mumkinligi tushunchasi paydo bo’ladi, aslida esa bunda foydalanuvchilarning EHM bilan bog’lanish qurilmasi mashinaning o’zidan ancha sekinroq ishlagani uchun bir vaqtlilik bo’lmaydi.
TJABT da vaqtning dasturli bo’linishi keng tarqalgan. Bunda tizim uzilishlar bilan ishlaydi deyiladi, ya’ni bir dastur boshqasini uzishi mumkin. Bunda, qaysi masala boshqasidan muhimligini va mazkur texnologik jarayonning turli xususiy boshqarish algoritmlari qanday afzallikka egaligini aniqlash zarur.
Zamonaviy boshqarish tizimlarida uzilish quyidagicha bajariladi. BHM ga nisbatan hap bir tashqi qurilma, shu jumladan boshqarish ob’ekti ham zarur bo’lganda o’zining mashina bilan ishlashning bu hol uchun maxsus dastur bo’yicha ishlash ehtiyoji haqida ma’lum qilib, bog’lanishni (aloqani) tanlash signalini ifodalashi mumkin. Bunday dastur, tabiiyki, mashina xotirasida saqlanishi kerak. Talab kelganda mashina o’z ishini vaqtincha uzadi, bu uzilish sodir bo’lgan joriy dastur o’rnini xotirlaydi va chaqirilgan dasturni bajarishga o’tadi. Bu dasturni bajargandan so’ng va boshqa talab bo’lmasa, mashina uzilgan joriy dasturga qaytadi. Uzilishga bir vaqtda keladigan bir nechta talab bo’lganda ular xizmat ko’rsatish uchun navbatga tizilishadi. Uzilishlar tizimi shunday tarzda tashkil etiladiki, bunda, turli xil talablar uchun turlicha afzallik belgilanadi va juda past afzalikka ega bo’lgan talab yuqoriroq afzallikdagi talab bilan uzilishi mumkin, ya’ni uzilishlar ichida uzilishlar bo’lishi mumkin.
Uzilishga bo’lgan talabni ikki guruhga ajratish mumkin: ma’lum vaqt oralig’idan kech qolmagan holda ishlov berilishi kerak bo’lgan talablar (aks holda axborot yo’qotiladi yoki biror narsani o’zgartirib bo’lmaydi) hamda o’z navbatini istagancha vaqt ko’tishi mumkin bo’lgan talablar. Talablarning birinchisiga misol tariqasida boshqarish ob’ektidan kelayotgan nosozlik signallari xizmat qiladi, ularga muvofiq, masalan, avariyaga yo’l qo’ymaslik uchun tezkor ishlar qilish lozim. Real ob’ektlar uchun bunday signallarga ishlov berishga ajratiladigan vaqt ba’zan millisekundlar bilan o’lchanadi. Ikkinchi guruh signallariga misol tariqasida qayd qilish qurilmasidan kelayotgan signal xizmat qilishi mumkin, bu signal qurilmaning navbatdagi simvolni bosishga qabul qilish uchun tayyor ekanligi haqida xabar qiladi.
Zamonaviy TJABT larda, odatda, uzilishning yana bir turi - taymer bo’yicha uzilish ko’zda tutiladi. Taymer bu qurilma yoki dastur bo’lib, uning chiqishda berilgan vaqt oraliqlarida, ko’pincha, elektr impulsi ko’rinishidagi signal (o’ziga xos metronom) shakllanadi.
Taymer bo’yicha uzilish tizimda vaqtni ajratish ishini biror xil tashqi yoki ichki sabablarga bog’liq bo’lmagan holda tashkil etishga imkon beradi. Bu holda yangi dasturga keyinchalik joriy dasturga qaytib o’tish taymer shakllantiradigan berilgan vaqt oraliqlari orqali davriy amalga oshiriladi. Bunday uzilishga misol nazorat dasturiga o’tish xizmat qilib, uning yordamida tizimning asosiy qurilmalarining sozligi tekshiriladi.
Vaqtni ajratish (bo’lish) bilan ishlovchi tizimda maxsus dastur bo’lishi kerak, u uzilishga bo’ladigan talablarni shakllantirish uchun mo’ljallangan bo’lib, u navbat tartibini va turli foydalanuvchilar dasturlarining bir-biriga o’zaro ta’sirini yo’qotishini kuzatadi.
Boshqarish tizimini yaratishning boshlang’ich bosqichida ko’p jihatdan bo’lajak tizimning qiyofasini belgilovchi qarorlar qabul qilinadi. Asosiy masalalardan biri boshqarish tizimig yuklanadigan vazifalarni aniqlashdan iboratdir. Bu masalani hal qilish texnologik jarayonni va boshqarish vazifalarini tahlil qilishga asoslanadi. Natijada quyidagilar aniqlanishi kerak:
- jarayonni optimallashtirish imkoniyatlari va samaradorlik mezoni; - inson boshqarish vazifalarini bajara olmagan hollarda bevosita avtomatlashtirilishi kerak bo’lgan texnologik jarayon qismlari (masalan,boshqarish tezligi bo’yicha qattiq talablar bo’lgani uchun);
- faqat xizmat ko’rsatuvchi xodimlar yordamida avtomatik qurilmalar ishtirokisiz boshqarish mumkin bo’lgan texnologik jarayonlar qismlari;
- boshqarilishi insonga yuklanishi mumkin bo’lgan texnologik jarayon qismlari, lekin bunda ular u yoki bu hollarda optimal amalga oshirilmaydi. Hamma masalalar uchun va dastavval odam ishtirokida xal qilinadigan masalalar uchun tizimning axborot vazifalarini aniqlash zarur, ya’ni qaror qabul qilish uchun kerak bo’ladigan yoki xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga ma’lumot uchun beriladigan axborotni berishning umumiy hajmi va shakli.




Download 0,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 0,88 Mb.