|
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari asoslari
|
bet | 2/28 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #272915 |
Bog'liq Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirish1.1. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari asoslari
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini sanoatga tatbiq etish ishlab chiqarish unumdorligini, texnologik uskunalar quvvati o’zgarmagan olda mahsulot qiymatining ko’payishini ko’rsatadi: xom ashyo, yarim fabrikatlar va energiya keragicha sarflangan holda tayyorlangan mahsulotning sifati yaxshilangan. SHunisi diqqatga sazovorki, bu tizimlarni yaratishga ketgan mablag’lar, odatda bir, bir yarim yilda o’zini qoplagan; mahsulotlarning sifati, iqtisodiy ko’rsatiichlar yaxshilanibgina qolmay, balki mehnatning xarakteri va sharoitiga ham ijobiy ta’sir etgan.
TJABT larni quyidagi belgilari bo’yicha sinflarga bo’lish mumkin: 1) avtomatlashtirilayotgan ishlab chiqarishning xarakteri bo’yicha ; 2) boshqarish ob’ektlarining murakkabligi bo’yicha; 3) funktsional algoritmik belgisi bo’yicha(tizim hisoblaydigan boshqarish masalalari ko’lami va axborot hajmi); 4) tizimning texnik darajasi bo’yicha;.
Boshqarishning ob’ektlarining murakkablik darajasi sifatida nazorat qilinayotgan parametrlar va boshqaruv ta’sirlarining qiymati ifodalanadi. Bunday sinflarga ajratish TJABT ning nomenklatura asosini oldindan taxminan belgilab beradi va tadqiqot planiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt masshtabida, ya’ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BHM) axborotlar hajmi cheklangan massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy ketma-ketliklar shaklida beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi, ularning qiymati boshqarish vazifasi va ob’ektlarning dinamik xususiyatlariga bog’liq. Bundan TJABT larni algoritmik ta’minlashda qo’shimcha talablar vujudga keladi: ular o’zlarini iqtisodiy jihatdan oqlashlari lozim, ya’ni birinchidan, axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt bo’yicha, ikkinchidan esa BHM ning xotirasidan foy-dalanish hajmi bo’yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan axborotni o’z vaqtida «ko’rib chiqish» kerak. Bu talablarga iterativ tsiklik hisoblash (staxostik approksimatsiya yo’li bilan hisoblash, rekursiv regressiya yo’li va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin: 1) texnologik nazorat va texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash vazifalarini o’rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish; 2) ko’p o’lchashli, raqamli boshqarishda; 3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda; 4) optimallash va koordinatlashda [5 ].
Texnik darajasi va murakkabligining ortishiga qarab TJABT ni lokal, kompleks va integrallangan tizimlarga ajratish mumkin.
Lokal TJABT lar — kam sonli bir turli asosiy yoki yordamchi operatsiyalar texnologik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (apparat, qurilma, agregat). Bu oraliq bosqich bo’lib, u yanada murakkab tizimga o’tishi lozim. Bunday tizimlar avtomatik ravishda bajargan vazifalarining kamligi bilan xarakterlanadi va b unda TJABT ning 0,1, 2-sinflarini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
|
| |