Piroliz gazini toblash bo’limi




Download 0,88 Mb.
bet7/28
Sana29.09.2024
Hajmi0,88 Mb.
#272915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirish

Piroliz gazini toblash bo’limi


Toblash - piroliz gazini piroliz pechlaridan keyin, ikkilamchi kondensatlanish va polimerlanish reaktsiyalari deyarli to’xtaydigan temperaturagacha, tezlik bilan sovutish issiqlik-massa almashish jarayonidir.
Toblash kolonnasida piroliz gazi temperaturasining pasayishiga, piroliz gazining sovishi va toblash suvining isishida, issiqliq berish hisobiga erishiladi.
DOX qurilmasi DA-1101 toblash kolonnasidan beriladigan toblash suvidan, mayda dispers zarrachalar va dispers moyni ajratib olish uchun, xizmat qiladi.
Piroliz gazi BA-1101 (1102, 1103) piroliz pechlaridan keyin DA-1101 toblash kolonnasi orqali o’tadi, toblash suvi kondensatlangan uglevodorodlar bilan aralashadi. Bir vaqtning o’zida piroliz gazi tarkibidagi barcha koks changi toblash suvida cho’ktiriladi. Kondensatlangan moyning asosiy qismi toblash suvida juda kichik (diametri 1-50 μm) tomchilar ko’rinishida shakllanadi. Bu tomchilarning kichik diametri, ularni gravitatsiya usuli bilan ajratib olish imkonini bermaydi. Toblash suvi tarkibidagi mayda dispers zarrachalar (koks changi) ham, ularni gravitatsiya usuli bilan ajratib olish uchun juda kichikdir.
DOX qurilmasida toblash suvida erigan moy tomchilarining koagulyatsiya (yiriklashish) fizik jarayoni amalga oshadi. Moy tomchilarining diametri 50 μm dan ortadi va ular gravitatsion separatsiya usuli bilan ajratib olinadi. Mayda dispers zarrachalar (koks changi) ham shu tarzda ajratib olinadi.
Toblash suvi tarkibida moyning juda oz qismi, molekulyar darajada erigan modda ko’rinishida mavjud bo’ladi. Bu erigan moy tutib qolinmay, DOX qurilmasi orqali o’tib ketadi.
Toblash suvi tarkibidagi moy tomchlarining diametri (tahminan 1 μm) juda kichik bo’lgani uchun, toblash suviga oldindan kimyoviy ishlov berish talab etiladi.
Oldindan kimyoviy ishlov berish, birlamchi kaogulyatordan oldin toblash suviga suvda eruvchi kationli polielekrolit berishdan iborat. Polielektrolit moy tomchilari va mayda dispers qattiq zarrachalar yuzasida mavjud bo’lgan manfiy zaryadlarni neytrallaydi. Moy tomchilari yoki qattiq zarrachalarning diametri 1 μm ga yaqin bo’lganda, manfiy zaryadlar bu tomchi yoki zarrachalarning yiriklashishiga va ularning filtrlovchi muhitga yopishib qolishiga to’sqinlik qiladi. Polielektrolit uzun uglevodorod zanjiridan iborat bo’lib, unda juda ko’p musbat ionlar mavjud bo’ladi. Polielektrolit moy tomchisi bilan birikadi va uning musbat zaryadlari moy tomchisining manfiy zaryadlarini neytrallaydi. Moy tomchilarining muvozanati buzilganda, ular bir-bir bilan va muhit bilan birikishga intiladi. Polielektrolit berish toblash suvi tarkibidagi, moy tomchilarining muvozanatini saqlovchi sifatida xizmat qiluvchi SAM (sirt aktiv moddalar) muammosini ham hal etadi. Toblash suviga SAM atsetilen konverterini regeneratsiyalash tizimidan beriladigan “yashil” moy bilan olib kelinishi mumkin.

Download 0,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Download 0,88 Mb.