|
Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirish
|
bet | 3/28 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #272915 |
Bog'liq Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirishKompleks TJABT lar. Bular asosiy va yordamchi texnologik jarayonlarning lokal avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining birligidir, ular o’zaro yagona agregatli va umumiy simvol bilan bog’langan (masalan, bo’lim, ishlab chiqarish, qismlarning ABT). Mezonlar, odatda texnologik yoki texnika-iqtisodiy xarakterga ega. Bu tizimlarni qandaydir tayyor mahsulot ishlab chiqarishda 3 va 4- sinf TJABT larini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Integrallangan TJABT lar. Bular murakkab va turli xil asosiy hamda yordamchi jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari bo’lib, bunda asosan, 4 va 5-sinf TJABT larini qo’llash maqsadga muvofiq. SHuningdek, EHM larda tizimning matematik ta’minotini yaratganda, texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashda va texnologik jarayon hamda texnologik komplekslarni to’la optimallashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlab chiqarish bo’limlarining ishini tahlil qilib, uning kelgusidagi rivojlanishini belgilaydi.
TJABT lar murakkab, ko’p funktsiyali tizimlar turiga kiradi. Bu sinfning ko’p funktsiyaliligi qator omillar bilan ifodalanadi, ya’ni: identifikatsiyalash, nazorat, himoya va blokirovka, rostlash va boshqarish kabi ayrim funktsional yordamchi tizimlarning borligi; lokal, ayrim boshqarish masalalarining umumiy, global maqsadga bo’ysunishining natijasi; yordamchi tizimlar orasidagi( ko’p sonli aloqalarning borligi; ayrim ob’ektlarni boshqarishning markazlashuvi va, nihoyat, turli funktsiyalarni bajarishda bir xil texnik vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. TJABT lar bajargan funktsiyalarni quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin: axborot, boshqaruv va yordamchi.
TJABT larning axborot funktsiyalari ishlab chiqarish xodimlariga (operatorlarga, dispetcherlarga) texnologik jarayonda bo’layotgan o’zgarishlarni o’z vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi aniq axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlar kamayishiga olib keladi. TJABT larning axborot funktslari quyidagichadir: 1) texnik va texnologik axborotdarni to’plash, dastlabki ishlash va saqlash; 2) jarayon va texnologik uskunalar holatining parametrlarini bilvosita o’lchash; 3) texnologik jarayon va uskunalar parametrlarining holatini belgilash hamda signal berish; 4) texnologik jarayon va texnologik uskunlarning ishlashi haqida texnika-iqtisodiy va foydalanish ko’rsatkichlarini hisoblash; 5) yuqori va qo’shni tizimlarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; 6) texnologik jarayon parametrlari, texnologik uskunaning holati va natijalarni qayd qilish; 7) jarayon parametrlari va uskunalar holatida berilgan qiymatdan farqlarini nazorat qilish; 8) texnologik uskunalarning himoya va blokirovka vositalari ishini tahlil etish; 9) texnik vositalar komplekslari holatini diagnoz qilish va oldindan aytish; 10) texnologik jarayonlarni olib borish, shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko’satmalarni operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va qo’shni boshqarish tizimlari bilan axborotning avtomatik almashinishini ta’minlash.
Texnologii jarayonni bevosita boshqarish masalasi TJABT larning boshqarish funktsiyasini tashkil qiladi. Bunda boshqarish ta’sirlari operatorning ishtirokisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin, yoki operatorga ma’lum bir ko’rsatmalar ko’rinishida berilishi (bularni operator qabul qilishi yoki rad etishi mumqin), yoxud operator ko’rib chiqqandan so’ng avtomatik tarzda ta’sir etishi mumkin. TJABT larning boshqarish funktsiyalari quyidagilardan iborat: 1) texnologik jarayonning ayrim parametrlarini rostlash; 2) bir marotaba mantiqiy boshqarish (himoya, blokirovka qilish); 3) kaskadli rostlash; 4) ko’p aloqali rostlash; 5) diskret boshqarishda dasturli va mantiqiy operatsiyalarni bajarish; 6) texnologik jarayonning turg’un holatini optimal boshqarish; 7) texnologik jarayonning noturg’un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish; 8) boshqarish tizimini moslashtirgan holda butun texnologik ob’ektni optimal boshqarish.
TJABT larning yordamchi funktsiyalari quyidagilardan iborat: 1) tayyor mahsulot ishlab chiqarishda smena va kunlik vazifalarga operativ o’zgartishlar kiritish; 2) hisoblash masalalarini hal etish; 3) texnologik uskunalarning to’la ishlashini nazorat qilish; 4) tizimdagi g’ayri-tabiiy vositalarni oldindan ko’rsatish; 5) yuqori bosqich tizimlar bilan aloqani ta’minlab berish; 6) tizimning texnologik vositalar buzilishini oldindan ko’rsatish.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ABT) axborotni to’plash, ishlov berish va taqdim etishning texnik vositalari va algoritmlarining majmuasidan iborat bo’lib, u korxonani yoki ayrim jarayonlarni kibernetika usullari asosida boshqarishni ta’minlaydi [ 6,7 ].
Boshqarish ob’ektiga qarab texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi va korxonalarni tashkiliy-ma’muriy boshqarish tizimlari farq qilinadi. Ham u, ham bu vazifalarni qo’shib olib boruvchi - integrallangan ABT (IABT) deb ataluvchi ABT ham bo’lishi mumkin.
ABT avtomatik tizimlardan farqli o’laroq odam-mashina tizimlaridir. Bunday tizimlarda boshqarish vazifalari odam va texnik vositalar o’rtasida bo’linadi. Biroq avtomatlashtirilgan tizimlarning odam-mashina tabiati ABT da ayrim vazifalarni to’liq avtomatlashtirish mumkinligini, ayniqsa, texnologik jarayonlarni bevosita raqamli boshqarish darajasida inkor etmaydi.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining asosiy tarkibiy qismlarini sanab o’tamiz.
|
| |