|
F. F. Hoshimov
|
bet | 7/31 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #150426 |
Bog'liq Optik Analiz Usullari qullanmaIo=I1+I2=I0110-εcl + I0210-ε2cl va
bo’lib, ε1≠ε2; bo'lganligi uchun A va c orasidagi bog’lanish to’g’ri chiziqli emas.
ε=A/cl ifodadan ko’rinishicha, konsentratsiyaning ortishi molyar yutilish koeffitsientining kamayishiga olib keladi. Demak, nurning monoxromatik bo’lmasligi oqibatida manfiy qiymatli kattaliklar olish mumkin. Shu sababdan, nurning monoxromatikligi mumkin qadar yuqori bo’lishi kerak.
Monoxromatiklikdan tashqari nurning modda eritmasiga tushganda sochilishi ham qonundan chetga chiqishga olib keladi. Linza, ko’zgu va boshqa optik materiallardan qaytgan va sochilgan begona nurlar (Ic) manbadagi barcha to’lqin uzunliklarga ega bo’lgan nurlardir. Shuning uchun ham tekshiriladigan moddaga Io nurgina emas, balki Io + Ic nur ham tushadi va uning optik zichligi A' bo’lsa, bu qiymat A dan kichik bo’ladi, chunki
va
Eritmaga tushayotgan sochilgan nurning intensivligi teshikning kattaligiga bevosita bog’liq. Eritmaga tushishidan oldin nurni maxsus svetofiltrlardan o’tkazish uning sochilish ta'sirini kamaytiradi. Yutilish qonunlaridan chetga chiqishga, bulardan tashqari, kimyoviy jarayonlarham ta'sirko'rsatadi. Dissotsiatsiya, assotsiatsiya, gidroliz, solvoliz, komplekslanish, oraliq moddalar hosil bo’lishi, zollar, tautomer o’zgarishlar, o’zaro ta'sir (eritmadagi moddalar, erituvchi va boshqalar) yoki boshqa kimyoviy o’zgarishlar natijasida tekshiriladigan moddaning konsentratsiyasi o’zgaradi, bu esa optik zichlikning egri chiziqli o’zgarishiga olib keladi. Misol tariqasida dixromat ionning muvozanatini qarab chiqsak:
Cr2O72-+H2O↔2HCrO4‑↔2CrO42-+2H+
Qator to’lqin uzunliklari sohasida dixromat, gidroxromat va xromat ionlarining molyar yutish koeffitsientlari turlicha. Bundan tashqari, instrumental sabablar va sistemaning sindirish ko’rsatkichi ta'siri va boshqalar oqibatida ham qonundan chetga chiqishlar kuzatiladi. Shularning barchasini hisobga olib, tekshirishlar muayyan optimal sharoitda, konsentratsiyaning tegishli oralig’i va kyuvetaning muayyan qalinligida o’tkaziladi.
|
| |