Nurlanishning to’lqin xossasi




Download 0,88 Mb.
bet9/31
Sana02.02.2024
Hajmi0,88 Mb.
#150426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Optik Analiz Usullari qullanma

Nurlanishning to’lqin xossasi
Elektromagnit nurlanish to’lqin tarqalishi shaklida qaralganda, uning yo’nalishi elektr va magnit vektorlari ko’rinishida tasvirlanadi. Elektr maydon kuchlanganligining vektori muayyan payt kuchlanganlik qiymatiga mos bo’ladi. Elektr maydon kuchlanganligining vaqt bo’yicha o’zgarish egri chizig’i sinusoidal tuzilishga ega.
Elektr maydonining kuchi moddaning yutish, qaytarish, sindirish va o’tkazish kabi xossalari bilan belgilanadi. To’lqinning har bir navbatdagi maksimumining fazoda olingan nuqta orqali o’tishi uchun zarur bo’lgan vaqt nurlanish davri (T) deb ataladi. Maydonning har bir sekunddagi tebranishlar soni chastota (v) deyiladi: v=l/T, Gs. Shuni ta'kidlash kerakki, chastota manbaga bog’liq bo’lib, nur tarqalayotgan muhitga bog’liq emas. To’lqinning tarqalish tezligi (vi) esa, aksincha, muhit va chastotaga bog’liq (i indeks tezlikning chastotaga bog’liqligini ko’rsatadi). To’lqinning ikkita qo’shni maksimumi yoki minimumi orasidagi masofa to’lqin uzunligi (λ) deyiladi. To’lqin uzunligi, spektrning sohasiga ko’ra, turli birliklarda ifodalanadi. Masalan, rentgen va uzoq ultrabinafsha sohalarda uni angstremlarda (1A=10-10 m), ko’rinadigan va ultrabinafsha sohalarda nanometr (1 nm=10-9 m), infraqizil sohada -mikrometr (1 mkm=10-6 m) tarzida ifodalash qulaydir. To’lqin uzunligining chastotaga ko’paytmasi nurlanish tezligini ifodalaydi vi=vλi. Nurlanishning vakuumdagi tezligi (~3 · 108 m/c) chastotaga bog’liq emas. Demak, vakuumda c=vλ=3·108 m/s. Boshqa muhitlarda elektromagnit nurlanish maydoni muhitdagi elektronlar bilan to’qnashadi, natijada uning tezligi kamayadi. Nurlanishning havodagi tezligi uning vakuumdagi tezligidan atigi 0,03 % kam bo’lganligi uchun amalda vakuumdagi tezlikka teng, deb olinishi mumkin.
Elektromagnit nurlanishni izohlash uchun to’lqin soni (v ) tushunchasi ham ishlatiladi: v=1/λ. To’lqin soni sm birlikda o’lchanadi va u 1 sm masofada joylashadigan to’lqinlar sonini ko’rsatadi. Har qanday nurlanish quvvat va intensivlik bilan tasvirlanadi. Nurlanishning quvvati (W) berilgan yuzaga bir sekundda tushayotgan energiya oqimiga teng. Nurlanishning intensivligi (I) jismning burchak birligiga to’g’ri keladigan quvvatdir.



Download 0,88 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Download 0,88 Mb.