|
Elektromagnit nurlarning yutilish qonunlari
|
bet | 5/31 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #150426 |
Bog'liq Optik Analiz Usullari qullanmaElektromagnit nurlarning yutilish qonunlari qatoriga Buger-Lambert-Ber qonuni va optik zichliklarning additivlik (additio - qo’shish, mustaqillik) qonunlari kiradi.
Buger-Lambert-Ber qonuni moddaning konsentratsiyasi va yutilgan nur intensivligi orasidagi miqdoriy bog’lanishni ifodalaydi. 1729-yilda Buger modda eritmasi qatlamidan o’tgan nurning yutilishi bilan qatlamning qalinligi orasidagi bog’liqni o’rgandi, 1760-yilda Lambert uni matematik ko’rinishda ifodaladi. Ber esa qonunni konkret eritmalarda sinab ko’rib, uning to’g’riligini tekshirgan. Intensivligi Io bo’lgan monoxromatik nur qalinligi dl bo’lgan qatlam orqali o’tganda,; uning intensivligi dl qiymatga kamayadi. Buni
dI=aIdl
tarzda ifodalash mumkin. Bu ifodani o’zgartirib va integrallab
I=Io=e-al
ifodani hosil qilish mumkin. Bundan
hosil bo’ladi. Natural logarifmdan o’nli logarifmga o’tib,
ifodani olish mumkin. Bu yerda, a' - yutilish koeffitsienti; I/Io- o’tkazish, T harfi bilan belgilanadi. lg(Io/I) qiymat optik zichlik deb yuritiladi va A harfi bilan belgilanadi. Optik zichlik:
Bundan T=1 bo'lganda A=0va T=0 bo’lganda A=+∞ bo'lishi kelib chiqadi.
A =ε·c,
bu yerda, ε - molyar yutish (so’ndirish) koeffitsienti; c — konsentratsiya. Agar c=1 mol/dm3 bo’lsa,
A =ε.
Shunday qilib, Buger-Lambert-Ber qonuni
A=εcl
shaklida yozilishi mumkin. Ushbu bog’lanish to’g’ri chiziqli ko’rinishga ega. Qonun
I=Io10-εcl
shaklda ham ifodalanishi mumkin. Buger-Lambert-Ber qonuni universal bo’Iib, faqat spektrofotometriyada emas, balki atom-absorbsion, rentgen va IQ spektroskopiya usullarida ham qo’llaniladi.
|
| |