• 1.3. Iqtisodiy tahlilda-mehnat korsatkichlari tahlili Tahlil natijalaridan foydalanishiga qarab tashqi foydalanuvchilar ikki toifaga ajratiladi. Birinchi toifa
  • Fabrikam residences




    Download 0,89 Mb.
    bet3/5
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #243095
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ishga (2)

    «Mehnat ko'rsatkichlari tahlili» fanining predmeti deb- turli mulk shaklidagi korxona, firma, birlashma va hokazolarda mehnat jarayonlarini sodir bo'lishi, rivojlanishi va o'zgarishining ijtimoiy iqtisodiy samaradorligi va raqobatga chidamli bo'lib faoliyat ko'rsatishi uchun zarur mehnat resurslaridan oqilona foydalanilayotganligiga baho berishga aytiladi.


    FR
    FABRIKAM RESIDENCES

    Subyektiv (ichki) omil deyilganda, korxonalarning amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya'ni mehnat, moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga ko'proq mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o'rganadi. Obyektiv (tashqi) omillardeyilganda korxona faoliyatiga mutlaqo bog'lik bo'lmagan omillar tushunilali, ya'ni, davlat siyosatining o'zgarib turishi, bozordagi talab va taklifnnng o'zgarishi, baho, tabiiy omillar va hokazolar. Tahlil natijalardan foydalanuvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin, bular ichki va tashqi foydalanuvchilardan iborat bo'ladi. Ichki foydalanuvchilar mehnat ko'rsatkichlari tahlili fani oldiga korxona faoliyatining natijaviylik va samaradorlik kabi holatlarga baho berish, uning istiqbolini aniqlab olish natijasida maqsad hamda vazifalarni oldinga suradi. Korxonada samarali nazorat va boshqaruvni amalga oshirish maqsadida tahlilning qo'yidagi turlari mavjud:1) funksional - xo'jalik tizimining alohida funksiyalarini tahlil etish bilan bog'liq; 2) tashkiliy - malum bo'lim yoki tizimosti bo'laklarni tahlil etish nazarda tutiladi; 3) maxsus - ma'muriyat yoki yuqori tashkilot ehtiyojlariga asosan tahlil o'tkazish.


    1.3. Iqtisodiy tahlilda-mehnat ko'rsatkichlari tahlili
    Tahlil natijalaridan foydalanishiga qarab tashqi foydalanuvchilar ikki toifaga ajratiladi.
    Birinchi toifa- korxona faoliyati va natijalariga to'g'ridan-to'g'ri manfaatdorlar: 1) amal qilayotgan (hozirgi), salohiyatli mulk egalari korxona samaradorligiga, istiqbol natijalariga, mavjud holatiga to'g'ri baho berishining zaruriyati; 2) amal qilayotgan (hozirgi), salohiyatli kreditorlarning korxona va mijozlar ishonchini oqlash, kerakli kredit mablag'lar bilan ta'minlash sharoitlarini baholash maqsadining mavjudligi; 3) Tovar yetkazib beruvchi va xaridorlar ushbu mijoz bilan ishonchli aloqalarni taminlash maqsadida; 4) soliq va yuqori tashkilotlarning hisobot hujjatlari va hisob-kitoblarning to'g'ri tuzilganligini tekshirish maqsadida; 5) korxona personali o'z mehnati natijalari, ish haqi va daromadlari darajasini to'g'ri baholash maqsadining mavjudligi bilan belgilanadi.

    Download 0,89 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,89 Mb.