|
Fabrikam residences
|
bet | 4/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #243095 |
Bog'liq Ishga (2)Ikkinchi toifa- tahlil natijalari birinchi toifadagilar uchun zarur va qiziqishining zarurligi mavjud foydalanuvchilar. 1) auditorlik xizmatlari, amal qilayotgan (hozirgi), salohiyatli mulk egalari korxona hisobotlarining to'g'ri yuritilishi uchun; 2) mulk egalarining tahlil natijalaridan pul mablag'larini to'g'ri sarflanishini taminlash va investitsiya yo'naltirish maqsadida foydalanish; 3) shartnoma shartlari va foydani to'g'ri taqsimlash, pensiya ta'minotining to'g'ri tashkil qilinganligining yuridik xizmatlar tomonidan tekshirish maqsadida; 4)alohida soha yoki tarmoq miqyosida korxona faoliyati rivojlanishining matbuot, axborot agentligi va reytingni aniqlash tashkilotlari uchun kerakli ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida; 5) tarmoq miqyosida qiyosiy tahlil etish uchun; 6)davlatning litsenziyalovchi, sertifikatlovchi organlari tomonidan standart talablarni aniqlash uchun; 7) kasaba uyushmalarining mehnat shartnomalaridagi shartlarning bajarilishini taminlash maqsadida.
«Mehnat ko'rsatkichlari tahlili»fanini o'rganishdan asosiy maqsad - mehnat jarayonlarini tashkil etish, inson mehnat salohiyatidan unumli foydalanish va samaradorligini oshirish ko'rsatkichlari, mamlakat miqyosida hamda uning har bir bo'lagi bo'lgan korxona, tashkilot, muassasalarida mehnatdan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar ishlab chiqishdir.
1.4. Iqtisodiy tahlilning obyeklari
Amal qilishiga qarab mehnat ko'rsatkichlari bir - biri bilan o'zaro bog'liq ikki guruhga bo'linadi( direktiv (yo'l-yo'riq tarzidagi) ko'rsatkichlar va ishlab chiqarish korxonasi ichidagi hisob-kitob ko'rsatkichlari. Birinchi guruhga kiruvchi ko'rsatkichlar nazorat raqamlari yoki uzoq muddatli normativlar tarzida davlat 7
organlari tomonidan belgilanadi. Ayrim ko'rsatkichlar (masalan, mehnat unumdorligi) mutlaq miqdorda, boshqa ko'rsatkichlar (ish haqi jamg'armasi, moddiy rag'batlantirishning yagona jamg'armasi) normativlar tarzida belgilanadi.
Direktiv ko'rsatkichlar
Ularni belgilagan tashkilot tomonidangina o'zgartirilishi mumkin. Lekin bu narsa ishlab chiqarish jamoalarining tashabbusini cheklab qo'ymaydi, chunki direktiv ko'rsatkichlar ular tomonidan oshirib ado ham etilishi mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish sohasidagi topshiriqlarni oshirib bajarish ta'qiqlanmaydi, balki qo'shimcha ravishda rag'batlantiriladi, shuningdek, ishlab chiqarish rejasini kam sonli xodimlar kuchi bilan bajarish ham rag'batlantirishga loyiq.
|
| |