• Biologik model
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
  • Fan: matematik modellashtirish asoslari




    Download 0,98 Mb.
    bet5/5
    Sana20.11.2023
    Hajmi0,98 Mb.
    #101846
    1   2   3   4   5
    Matematik modellar. Tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma'lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosida tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi.
    Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o‘rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish va o‘tkazish ba'zan juda qiyin kechadi. Biologik model turli tirik ob'ektlar va ularning qismlari-molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashda qo‘llaniladi. Biologiyada, asosan biologik, fizik va matematik modellardan foydalaniladi.
    Ijtimoiy-iqtisodiy modellar taxminan, 18-asrdan qo‘llanila boshlandi. F.Kenening “Iqtisodiy jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini ko‘rsatishiga harakat qilingan. Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste'mol, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
    Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
    1. Model deganda nimani tushunasiz?
    2. Model hodisa va jarayonni qanday akslantirishi kerak?
    3. Modelning taqribiylik xarakteri qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi?
    4. Modellashtirish uslublaridan qaerda foydalaniladi?
    5. Modellashtirish qanday ob'ektlarni o‘rganishda, ayniqsa, muhim?
    6. Modellarni qanday turlarga ajratish mumkin?
    7. Abstrakt va fizik modellarning farqi nimada?
    8. Biologik model deganda nimani tushunasiz?
    9. Iqtisodiy model deganda nimani tushunasiz?
    E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
    Download 0,98 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan: matematik modellashtirish asoslari

    Download 0,98 Mb.