Fan: matematik modellashtirish asoslari




Download 0,98 Mb.
bet2/5
Sana20.11.2023
Hajmi0,98 Mb.
#101846
1   2   3   4   5

modellashtirishda tabiat qonunlarini va boshqa printsiplarni qo’llashni. diskret modellar qurishda tejamkor va turg’un hisoblash algoritmlarini tanlashni, matematik model va uning real obekti o’rtasida muvofiqlik o’rnatishni, tadbiqiy masalalarni modellashtirishning matematik apparatini va ularni kompyuterda amalga oshirishni, matematik model universalligini, matematik modellashtirish natijalarini tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olshii;


Mavzu: Model va modellashtirish
Reja: 1. Model va modellashtirish. Model turlari
2. Matematik modellashtirish va uning bosqichlari
3.Kompyuterda modellashtirish va uning mohiyati
1.Model va modellashtirish. Model turlari Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli – planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir. Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar olish mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit bermaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur. Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi.

Download 0,98 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan: matematik modellashtirish asoslari

Download 0,98 Mb.