|
Fan: Operatsion tizimlar 5-maruza. Operatsion tizimlarning turlari
|
bet | 1/4 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 471,48 Kb. | | #259318 |
Bog'liq 5-maruza OTturlari (1) Fan: Operatsion tizimlar 5-maruza. Operatsion tizimlarning turlari
Buxoro davlat universiteti
Axborot texnologiyalari fakulteti
REJA - Ko'pprotsessorli operatsion tizimlar
- Ko'pdarajali tizimlar
- Meynfreymlar operatsion tizimlari
- Server operatsion tizimlari
- Mijoz-server modeli
- Shaxsiy kompyuterlar operatsion tizimlari
- Virtual operatsion tizim
Ko’pprotsessorli operatsion tizimlar - Ko’pprotsessorlilik (rus. Мультипроцессорность, Многопроцессорная обработка, ingl. Multiprocessing) – bu bir kompyuter tizimida ikki yoki undan ortiq fizik protsessorlardan foydalanish tushuniladi.
- Operatsion tizim yoki dastur vazifalarni bir nechta protsessorlar o'rtasida taqsimlay oladigan bo'lsa, u ko'pprotsessorli deb ataladi.
Ko’pprotsessorli operatsion tizimlar - Telefonlar, planshetlar, noutbuklar va aksariyat shaxsiy kompyuterlar bitta protsessorga ega.
- Ish stantsiyalari va serverlar ba'zan bir asosiy platada ikki yoki undan ortiq protsessorlar bilan ta’minlangan bo’ladi.
- Bitta tizimda bir nechta protsessorlarni joylashtirilishi asosiy platada ko'plab o'zgarishlar kiritishni talab qiladi.
Ko’pprotsessorli operatsion tizimlar Ko’pprotsessorli ishlov berish - Ko’pprotsessorli ishlov berish – bu multiprotsessorlash (Multiprocessing) deb ataladi. Multiprotsessorlash barcha resurslarni boshqarish algoritmlarini murakkablashtirishga olib keladi. OTga multiprotsessorlashni qo'llab-quvvatlash funktsiyalari dastlab Solaris 2.x, Open Server 3.x, OS/2, Windows NT va NetWare 4.1 OTlarda mavjud bo’lgan.
- Ko'pprotsessorli OTni ko'pprotsessorli arxitekturali tizimida hisoblash jarayonining tashkil etilishiga ko'ra tasniflash mumkin: assimetrik OT va simmetrik OT. Asimmetrik OT tizimning faqat bitta protsessorida ishlaydi va dastur vazifalarini qolgan protsessorlarga taqsimlaydi. Simmetrik OT markazlashtirilmagan bo’ladi va protsessorlar to’liq foydalanadi, ularni tizim va dastur vazifalari o'rtasida ajratadi.
|
| |