• Server operatsion tizimlari va oddiy operatsion tizimlar ortasidagi farq
  • Mijoz-server modeli
  • Fan: Operatsion tizimlar 5-maruza. Operatsion tizimlarning turlari




    Download 471,48 Kb.
    bet3/4
    Sana02.06.2024
    Hajmi471,48 Kb.
    #259318
    1   2   3   4
    Bog'liq
    5-maruza OTturlari (1)

    Server operatsion tizimlari

    • Server OT o’ta kuchli shaxsiy kompyuterlar, ish stantsiyalari yoki hatto universal mashinalarda o’rnatilishi mumkin. Ular bir vaqtning o'zida tarmoq bo'ylab ko'plab foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatib, ularga apparat va dasturiy resurslardan umumiy foydalanishni ta'minlaydi.
    • Serverlar chop etish, fayllarni saqlash yoki veb-xizmatlarni taqdim etishi mumkin. Internet-provayderlar odatda bir vaqtning o'zida mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun bir nechta server mashinalaridan foydalanadilar. Veb-saytlarga xizmat ko'rsatishda serverlar veb-sahifalarni saqlaydi va kiruvchi so'rovlarni qayta ishlaydi. Server operatsion tizimlarining tipik vakillari Solaris, FreeBSD, Linux va Windows Server 201x hisoblanadi.

    Server operatsion tizimlari va oddiy operatsion tizimlar o'rtasidagi farq

    • Oddiy OT MS Office dasturlari va boshqa ko'plab kundalik ish uchun ishlatiladigan dasturlarni ishlashini ta’minlaydi. Oddiy OT kompyuter foydalanuvchisini lokal va Internet tarmog’iga hamda boshqa simsiz aloqa (Bluetooth, Wi-fi) kanallarini protokollar orqali bog’lanishiga javobgardir. Ular server OTga qaraganda ancha arzon baholanadi.
    • Server OT hisoblash uchun ko'proq xotiradan foydalanadi va shuningdek, ular veb-server, server ilovalari, elektron pochta serveri va korporativ AT-tizimi uchun zarur bo'lgan boshqa ko'plab serverlar sifatida foydalaniladi. Server OT oddiy OT kabi faqat bitta emas, balki ko'plab foydalanuvchilarni mahalliy tarmoq va Internetga ulashi mumkin.
      • Microsoft firmasi: Microsoft Windows Server
      • Linux yadrosi bazasida: Red Hat Enterprise Linux, Ubuntu Server va CentOS
      • Apple firmasi: macOS Server
    • Windows Server so’ngi 2019, 2022 versiyalari tashkilotlar serverlarida ishlash kabi bulutli omborlarda (Microsoft Azure) ijaraga olingan serverlarda ishlash imkoniyati bilan gibrid hisoblash muhiti yaratilgan.

    Mijoz-server modeli

    • Mijoz-server - bu bir mijoz dastur boshqa serverdagi dasturdan xizmat yoki resursni talab qilishi ostidagi munosabat hisoblanadi.
    • Mijoz-server modeli atamasi o'tgan asrning boshlarida shaxsiy kompyuterlarda taqsimlangan hisoblashni meynfreymlar tomonidan qo'llaniladigan markazlashtirilgan hisoblashning monolit modelidan farqlash uchun kiritilgan.
    • Bugungi kunda server mijoz tomonidan berilgan so'rovni bajaradigan kompyuter tranzaksiyalari juda keng tarqalgan va mijoz-server modeli tarmoq hisoblashining markaziy g'oyalaridan biriga aylangan. Mijoz lokal tarmoq (LAN) yoki global (WAN) orqali serverga ulanishni o'rnatadi va server mijozning so'rovini bajargandan so'ng, ulanish to'xtatiladi. Bir nechta mijoz dasturlari bir xil server dasturining xizmatlarini baham ko'rganligi sababli, mijoz so'rovlarini tinglash uchun maxsus demon (daemon) deb nomlangan maxsus server faollashtirilishi mumkin.

    Download 471,48 Kb.
    1   2   3   4




    Download 471,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan: Operatsion tizimlar 5-maruza. Operatsion tizimlarning turlari

    Download 471,48 Kb.