|
Fan: Operatsion tizimlar 5-maruza. Operatsion tizimlarning turlari
|
bet | 2/4 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 471,48 Kb. | | #259318 |
Bog'liq 5-maruza OTturlari (1)Ko’pprotsessorli ishlov berish Ko'pprotsessorli kompyuterlarning operatsion tizimlari qo'shimcha ravishda quyidagilarni ta'minlashi kerak: - barcha protsessorlar ish bilan band bo’lishi;
- tizimda jarayonlarning bir tekis taqsimlanganligi;
- o'zaro bog'liq jarayonlarning bajarilishining sinxronlashtirilishi;
- jarayonlar umumiy xotirada saqlanadigan ma'lumotlarning izchil nusxalari bilan ishlaydi;
- tupik holatdagi vaziyatdan chiqish uchun istisno holati taqdim etilishi.
Ko'p shoxchali qo'llab-quvvatlash - Ko'p shoxchali qo'llab-quvvatlash. Operatsion tizimlarning muhim xususiyatlaridan biri – bu bitta vazifa doirasida hisob-kitoblarni parallellashtirish qobiliyatidir. Masalalalarni ko'p shoxchalarga bo’lishda OT protsessor vaqtini masalalar o'rtasida emas, balki ularning alohida shoxchalari (iplari) o'rtasida taqsimlaydi.
Ko’pdarajali tizimlar - OTni ular o'rtasida aniq belgilangan munosabatlarga ega bo'lgan darajalar ierarxiyasi sifatida tashkil etiladi. Unda N darajadagi ob'ektlar faqat N-1 darajadagi ob'ektlarni chaqira oladi. Bunday tizimlarda pastki daraja odatda apparat, yuqori daraja esa foydalanuvchi interfeysi hisoblanadi. Daraja qanchalik past bo'lsa, ushbu darajadagi modul shunchalik imtiyozli buyruqlar va amallarni bajarishi mumkin.
- Darajalar OT funktsiyalari guruhlari tomonidan shakllanadi - fayl tizimi, jarayon va qurilmalarni boshqarish va boshqalar. Har bir qatlam faqat o'zining bevosita qo'shnisi bilan o'zaro muloqat qilishi mumkin. Amaliy dasturlar yoki OT modullari so'rovlarni ushbu qatlamlarga yuqoriga va pastga o'tkaza oladi.
- Ushbu yondashuv birinchi marta 1968 yilda Deykstra va uning talabalari tomonidan THE (Technishe Hogeschool Eindhoven) tizimini yaratishda qo'llanilgan.
Ko’pdarajali tizimlar Meynfreymlar operatsion tizimlari - Mainframe (mainframe) – bu muhim kiritish-chiqarish resurslariga, katta hajmdagi operativ xotiraga va tashqi xotiraga ega boʻlgan, intensiv paketlar va operativ tranzaksiyaga ega boʻlgan muhim tizimlarda foydalanish uchun moʻljallangan yirik universal yuqori unumdorli serverdir.
|
| |