|
Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini faollashtirishBog'liq Mustaqil ta\'limTasviriy san’at va muhandislikni o’qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish (1)Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini faollashtirish.
О‘qitish jarayoning sifati va samaradorligini oshirish masalalarining asosini
о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini faollashtirish tashkil
qiladi.
О‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini rivojlantirish intelektual, axloqiy erkinlik,
jismoniy kuchlarini о‘z faoliyatidagi aniq talablarni qondirishga yо‘llaydi.
Faollikning о‘zi inson faoliyatini aniqlaydi.
О‘quvchilarning idrok qilish faolligini oshirish tamoyilining didaktik
kansepsiyalari yangi masalalarni ishlab chiqish va yо‘llarini aniqlash, uni
joriy
qilish omillari bilan bog‘liq. Shunga kо‘ra о‘quvchilarning idrok qilish
qobiliyatini faollashtirishning didaktik omillari konsepsiyasini chizmachilikdan
о‘tkaziladigan didaktik о‘yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik о‘yinlarning mazmuni va о‘tkazish shakllarini takomillashtirish yо‘li
yordamida idrok qilish faoliyatini rivojlantirishga kо‘rsatayotgan ta’sirini
о‘rganish orqali zamonaviy talablarga javob beradigan о‘qitish uslublarini
yangitdan ishlab chiqish mumkin. Bayon qilingan maqsad va takliflarni amalga
oshirish uchun qator xususiy masalalarni yechishga tо‘g‘ri keladi.
- didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining
faolligini asoslab berish;
- о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshirish uchun о‘yin
mazmuni va shakllarini takomillashtirish metodlarini aniqlash;
- о‘quvchilarning idrok
qilish
faoliyatining
faolligini
oshiradigan jarayonlarda о‘qituvchining tipik qiynalishi faoliyatini ochib
berish;
- о‘quvchilarning idrok
qilish
faoliyatining
faolligini
oshiradigan sharoitlarni о‘yinlar orqali aniqlash va о‘rganish;
- о‘yinlar davrida qо‘yilgan maqsad va vazifalarni aniqlab о‘rganilgandan
sо‘ng о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshirishga bо‘lgan
didaktik talablarni ishlab chiqish;
- aniqlangan yutuq va kamchiliklarni о‘rganib, kamchiliklarni bartaraf
qiladigan metodik ishlanmalar yaratish hamda yutuqlarga nazariy model tuzish.
О‘rtaga tashlanayotgan didaktik о‘yinlarning yutug‘i shundan iboratki, har
bir qо‘yilgan savolga beriladigan javob shaxsning individual fikr yuritishga majbur
qilishdadir.
Didaktik о‘yinlar jarayonida shaxsning mustaqil fikr yuritishga, mulohaza
qilishga, taqqoslashga о‘rgata olinsa, fazoviy tafakkur qilish qobiliyati yanada
о‘sadi shunda, о‘quvchilarning boshqa fanlarni ham yuqori saviyada
о‘zlashtirishlariga imkon yaratilgan bо‘ladi, ya’ni:
- о‘quvchilarda yangi bilimlar olishga bо‘lgan ishtiyoqni shakllantirishga
erishiladi;
- о‘quv axborotlarni о‘zlashtirishda umumiy va xususiy kо‘rinishlardagi
masalalarni yechishda ijodiy fikrlashga olib keladi;
- olgan bilim va kо‘nikmalarni yangi sharoitga moslashtirishga о‘rgatiladi;
- har bir о‘quvchining idrok qilish qobiliyati faoliyatiga maksimal
sharoit yaratilgan bо‘ladi.
|
| |