|
Fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universitetiBog'liq Mustaqil ta\'limTasviriy san’at va muhandislikni o’qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish (1)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi
0801 guruh talabasi Djumayeva Shaxloning
"Tasviriy san’at va muhandislikni o’qitishda texnologiyalar
va loyihalashtirish'' fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:
Tasviriy san'at darslarida darslarida didaktik
o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi.
Bajardi:
Sh.Djumayeva
Qabul qildi: R.Zulfiyev
Jizzax-2023
Mavzu:
Tasviriy san'at darslarida darslarida didaktik
o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi.
Reja:
1.
Tasviriy san'at darslari
ni о‘qitishda didaktik
о‘yin texnologiyasining о‘rni
2.Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini
faollashtirish
3.Darslarda didaktik о‘yinlarni о‘tkazish
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Tasviriy san'at darslariini о‘qitishda didaktik о‘yin texnologiyasining о‘rni.
Ma’lumki, bolalar jim о‘tirolmaydilar, ular doimo harakatda bо‘ladilar, ya’ni
о‘ynaydilar. О‘yin bolalarning tabiiy hamrohi bо‘lib, ularga olam-olam hayojonli
quvonch keltiradi. Bolalar о‘yinlar orqali dunyoni, ya’ni tevarak – atrofni
о‘rganadi, shu bilan bir qatorda ma’lum darajadagi tarbiyani ham oladi. О‘yin
orqali mehnat qilishga о‘rganadi. О‘yin davomida о‘zining sevgan qahramoni
obraziga kirib, о‘zida haqqoniylik, yolg‘on gapirmaslik, zehn о‘tkirlik, chaqqonlik,
kuchli bо‘lishlik, bardosh berishlik, tez topqirlik, g‘alaba qilishga intilish kabi
fazilatlarni tarbiyalaydi.
О‘yin qoidalari asrlar davomida xalq tomonidan qonunlashtirilib ularning
tarbiyaviy ahamiyatiga kо‘p e’tibor berilgan. Shuning uchun maroq bilan kо‘p
о‘ynaydigan bolalar zehni о‘tkirligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Umuman olganda, о‘yinni gо‘dak boladan tortib mо‘ysafitgacha о‘ynashi
mumkin. О‘yinlarni odamlar о‘z yoshiga qarab tanlashadi. Yosh bolalar kо‘proq
harakat bilan bog‘liq о‘yinlarni tanlashadi. Chunki, ularning о‘sishi,
ulg‘ayishi buni talab qiladi. Yoshi ulg‘aygan sari odamlar asta-sekin kо‘proq fikr
yuritadigan о‘yinlarni tanlashadi.
Har xil о‘yinlarning kelib chiqishi xalq pedagogikasining maxsuli bо‘lib,
о‘qituvchilar dars berishi jarayonida shu о‘yinlarning ba’zi elementlaridan
foydalanishlari zarur.
О‘quvchilarning yuqoridagi fazilatlarini о‘rganib, chizmachilik darslariga
о‘yin elementlarini kiritish lozim. An’anaviy dars jarayonida о‘quvchilarning
zerikishlarini, charchashini sezish bilan о‘qituvchi 5-6 minutlik mavzuga
bag‘ishlangan о‘yin о‘tkazishi lozim. Chizmachilikdan о‘tkaziladigan har bir о‘yin
о‘ziga hos ijodiy yondoshishni talab qiladi. Bu yerda о‘qituvchi sinfdagi barcha
о‘quvchilarning diqqatini о‘tkaziladigan qisqa muddatli о‘yinga jalb qila bilishi
katta ahamiyatga ega. О‘yinda о‘quvchi faol ishtirok etishga, fikr yuritishga,
mulohaza qilishga qilgan harakatlari ularning butun his tuyg‘ularini ishga
soladi.
О‘yinli qiziqarli va jonli о‘tishga kо‘p jihatdan о‘qituvchining mahoratiga bog‘liq
hisoblanadi.
Agar о‘qituvchi bolalar psixologiyasiga monand yо‘l tutib, ular bilan
о‘ynasa, ya’ni ularning yoshiga hos bо‘lgan о‘yin elementlardan foydalansa, oliy
toifali chizmachilik о‘qituvchilarning aytishicha, har bir dars kichik – kichik
о‘yinlardan tashkil topgan bо‘lsa, albatta dars jonli, qiziqarli, mahsulli о‘tadi.
Didaktik о‘yinlar oddiydan asta – sekin murakkablashtirib tuzilgan bо‘lishi,
о‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim.
Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarda quyidagi faoliyatlarni rivojlantirishga
e’tibor qaratiladi:
– sekin-asta turli didaktik masalalarni kiritish yо‘li bilan aqliy faoliyatidagi
ijobiy о‘zgarishlarni shakllantiradi;
– aqliy faoliyatida о‘yinga bо‘lgan qiziqishni rivojlantiradi;
– bitta о‘yin chegarasida qator aqliy masalalar majmuasini о‘stiradi;
– barcha о‘ynayotganlarning hissiy va intelektual tuyg‘ularini bitta
maqsadga yо‘naltiradi;
– о‘quvchilarda tartiblilik, tashkilotchilik, maqsad sari intiluvchanlik
hislarini tarbiyalaydi.
Bunday muammolarni yangi darajada qabul qilish о‘quvchilar ongida kо‘plab
kelayotgan turli axborotlarni singdira olishga olib keladi.
|
| |