O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
PERFECT UNIVERSITY
|
“TASDIQLAYMAN”
____________
Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O.Asqaraliyev
2023-yil “____” _________
TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYLAR
fani bo‘yicha
SILLABUS
Kunduzgi ta’lim shakli uchun
Bilim sohasi:
|
600000–Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
|
Taʼlim sohasi:
|
610000–Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
|
Taʼlim yoʻnalishi:
|
60110100 – Pedagogika-psixologiya
|
Toshkent-2023
|
Modul / FAN SILLABUSI
Raqamli texnologiyalar kafedrasi
60110100 – Pedagogika-psixologiya
|
|
Fan nomi:
|
Ta’limda raqamli texnologiyalar
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Fan kodi:
|
TRT14MBK
|
Yil:
|
4
|
Semestr:
|
1
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
120
|
Ma’ruza
|
30
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
30
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari
|
-
|
Seminar
|
-
|
Mustaqil ta’lim
|
60
|
Kredit miqdori:
|
4
|
Baholash shakli:
|
Imtihon, test
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
Fan maqsadi (FM)
|
FM1
|
Fanni o‘qitishdan maqsad - Talabalarda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan turli masalalarni hal qilishda ta’limda raqamli texnologiyalarni nazariy asoslarini, asosiy tushunchalarini, dasturlarini va elektron ta’lim tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish.
Fanning vazifasi – Talabalarni nazariy bilimlar hamda ta’lim faoliyati bilan parallel ravishda qo‘shimcha bilim olish imkoniyatidan foydalanishga o‘rgatish, xorijda va Respublikamizda yaratilgan internet tarmoq ta’lim texnologiyalari imkoniyatlari bilan tanishtirish, O‘zbekiston Respublikasida ta’limda raqamli texnologiyalaridan foydalanishning ustuvor vazifalarini belgilash va oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasidan habardor qilish va uni amalga tatbiq qilishga o‘rgatish.
|
Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
|
1.
|
Kompyuter savodxonligi
|
2.
|
Logik fikrlash
|
3.
|
Ingliz tili
|
Ta’lim natijalari (TN)
|
|
Bilimlar jihatidan:
|
TN1
|
Kursni tugatgan talabalar:
Bugungi axborot asrida “Ta’limda raqamli texnologiyalar” fani insonlarda axborot muhitida raqamli texnologiyalari bo‘yicha dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axborot madaniyatni egallashida asosiy rol o‘naydi. Ta’limda raqamli texnologiyalari fanidan olingan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi kasbiy faoliyatida asosiy o‘rin tutib, yoshlarga bilim berishda va mutaxassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
|
TN2
|
Kurs natijasiga ko‘ra ega bo‘ladigan kompetensiyalar (KK):
« Ta’limda raqamli texnologiyalar » fani talabalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlaridan kasbiy faoliyatlarida foydalana olish bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
|
TN3
|
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
Zamonaviy axborot texnologiyalari, zamonaviy dasturlash texnologiyalari kompyuter tarmoqlari, axborot tizimlari va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijoratga doir bilimga ega bo‘lishi kerak.
|
TN4
|
Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, algoritmlash va dasturlash, vizual dasturlash texnologiyalari, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, tarmoq resruslari, axborot tizimlari, ularning mohiyati, qo‘llanilishi va vazifalari, elektron hujjat aylanishi tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, zamonaviy multimedia tizimlari, axborot xavfsizligining tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalaridan, elektron tijoratlardan foydalanish ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak.
Axborotlarga ishlov berish qurilmalari, axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, operasion tizimlar, xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlash, dasturlash tillari va vizual dasturlash orqali dastur tuzish, amaliy dasturlar bilan ishlash (matnli, elektron jadval, taqdimotlar, grafik, ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari), kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, turli veb sahifalar yaratish dasturlari bilan ishlash, elektron hujjat aylanishi tizimi, zamonaviy multimedia tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|
|
|