• Simmetriya tekisligi
  • Idioxromatik
  • Alloxromatik rang.
  • Topshiriqni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar




    Download 33,53 Kb.
    bet2/4
    Sana13.05.2024
    Hajmi33,53 Kb.
    #229780
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mineralogiya Mustaqil ta'lim uslubiy ko'rsatma

    Topshiriqni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar.

    Simmetriya markazi. Kristall shakli orasida – markazida undagi simmetriya o‘qlari (agar ular mavjud bo‘lsa) kesishgan o‘rnida joylashgan deb tasavvur etiladigan nuqta bo‘lib, shu nuqta simmetriya markazi bo‘lar ekan, u holda kristall shaklning har qaysi uchi, qirrasi va yonlari qarama-qarshi yo‘nalishda o‘ziga mos, o‘xshash va teng uch, qirra va yonlarga, ya’ni o‘z aksiga ega bo‘ladi. Demak simmetriya markazi kristall shaklining har bir nuqtasi aksini qarama – qarshi tomoniga qaytarib – ko‘chirib takrorlab beradi.
    Simmetriya tekisligi. Kristall shaklida simmetriya tekisligi mavjudligini aniqlash uchun shu shakl ustidan uni teng ikki qismga ajratadigan qandaydirdir tekislikni o‘tkazish tasavvur etiladi.
    Simmetriya o‘qlari. CHizma geometriyada ikki nuqtani birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq o‘q deb ataladi. SHunga o‘xshash kristallografiyada ham kristall shakli ustida ixtiyoriy ikki nuqta tanlanib, ularning biri ikkinchisi bilan tutashtirilib, shu nuqtalar orqali qandaydir o‘q o‘tkazilgan deb faraz qilinadi. Biroq kristall shakli ustida tanlangan bu nuqtalar tasodifiy emas, balki ular tutashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan; tasavvur etiladigan o‘q simmetriya o‘qi bo‘la oladi, degan fikrga asoslanib tanlanadi va ana shu faraz etilgan o‘q simmetriya o‘qi ekanligi isbotlanadi.
    Simmetriya ko‘rinishlarining o‘xshashligiga qarab ajratilgan guruhlari – singoniya (o‘xshash burchakli demakdir) deb ataladi. SHu bilan birga, har qaysi singoniya kristallari o‘ziga xos geometrik shakllari va o‘sha kristallarni tashkil etuvchi fazoviy panjarasi, elementar yacheykasining qiyofasi bilan ham boshqa singoniya kristallaridan farq qiladi.
    Idioxromatik rang. Grekcha «Idios»- o‘ziniki degan ma’noni bildiradi. Tabiatda uchraydigan ko‘pgina minerallarning rangi ularning qanday ximiyaviy elementlardan tashkil topganligi va ularning atom, ion va molekulalari bir-biri bilan qanday bog‘langanligi asosida kelib chiqadi.
    Alloxromatik rang. Grekchadan tarjima qilinganda «allos» - tashqi, O’zga degan ma’noni bildiradi. Bir mineralning O’zi tabiiy sharoitlarda bir necha xil rang va tuslarda uchrashi mumkin.
    Psevdoxromatik (psevo – grekcha aldamchi) rang. Bu oq nur to‘lqinlarining mineral yuzasida sochilishi, interferension nur to‘lqinlarining mineral yuzasida yoyilishi bilan bog‘liq bo‘lgan rangdir. Bu rang bizga suv ustida suzib yurgan kerosin, yog‘ va neftning har xil «kamalak» rangidek tovlanib turadigan rangini eslatadi. Bu shaffof moy yuzasining ostki (suvdan ajratib turadigan) va ustki (havo bilan cheklangan) yuzalaridan qaytgan yorug‘lik nurining interferensiyalanish qobiliyati bilan bog‘liqdir.

    Download 33,53 Kb.
    1   2   3   4




    Download 33,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriqni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar

    Download 33,53 Kb.