|
Shaffof – mineralning ostida turgan qog‘ozdagi yozuv mineral ustidan ham aniq ko’rinadi. Masalan: tog‘ xrustali, island shpati, gips.
Yarim shaffof
|
bet | 3/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 33,53 Kb. | | #229780 |
Bog'liq Mineralogiya Mustaqil ta'lim uslubiy ko'rsatmaShaffof – mineralning ostida turgan qog‘ozdagi yozuv mineral ustidan ham aniq ko’rinadi. Masalan: tog‘ xrustali, island shpati, gips.
Yarim shaffof – mineralning ostida turgan qog‘ozdagi yozuv mineralni ustki qismidan g‘ira-shira ko‘rinadi. Masalan: kinovar, zumrat.
Shaffof emas – mineraldan deyarli nur o’tmaydi. Masalan: pirit, magnetit, grafit. Yirik kristallari yoki yirik kristall bo’laklari shaffof bo’lmagan minerallarning ko’pchiligi yupqa bo’laklarida yoki shliflarida o’zidan nur o’tkazadi (biotit, rutil).
Mineralning qattiqligi deganda ularning mexanik kuchga (tirnalish, o‘yish, silliqlash) ko‘rsatgan qarshiligi tushuniladi.
Moddalarning solishtirma og‘irligi deb, aniqlanayotgan moddani og‘irligini uni siqib chiqargan suvni xajmiga nisbatan o’lchanadigan og‘irligiga aytiladi. o’lchov birligi g/sm3, kg/dm3 yoki t/m3.
Mustaqil ta’lim topshirig’ini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
Minerallarni solishtirma og‘irligini aniqlash.
Minerallarni aniqlashda yordam qiladigan eng muhim diagnostik belgilaridan biri ularni solishtirma og‘irligidir. Minerallarni solishtirma og‘irligi deb, aniqlanayotgan mineralni og‘irligini uni siqib chiqargan suvni hajmiga nisbatan o‘lchanadigan og‘irligiga aytiladi. Minerallarni solishtirma og‘irligini o‘rganish orqali tog‘ jinslarini zichligini o‘rganishimiz mumkin. Minerallarni solishtirma og‘irligini katta - kichikligi izomorf qatorlardagi ximiyaviy tarkib aniqlab beradi va bu elementar yacheyka hajmini o‘lchamiga asos bo‘lib, unda joylashgan modda molekulalarini hisoblashga yordam qiladi. Tabiiy suv oqimlarida va su’niy gravitatsion usullarida (foydali qazilmalarni boyishi ishlarida) minerallarni solishtirma og‘irligiga nisbatan ajratish muhim rol o‘ynaydi. Tog‘ jinslari, rudalar va konsentratlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda ularni solishtirma og‘irligi albatta hisobga olinadi. Minerallarni solishtirma og‘irligi ularni ximiyaviy tarkibi va qonuniy ichki tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki tuzilish bilan zichlikni bog‘liqligini polimorf modifikatsiyalar orqali ko‘rsatishimiz mumkin.
Masalan: a kvars SiO2 - 2,65; b kvars SiO2 - 2,51; olmos S - 3,51; grafit S - 2,23; kalsit SaSO3 - 2,71; aragonit SaSO3 - 2,95; pirit FeS2 - 5,1; markazit FeS2 - 4,9 va hakozolar.
Bir xil tarkibli ximiyaviy birikmalarda solishtirma og‘irlikka (zichlik) atomlar orasidagi masofa, koordinatsion va ximiyaviy bog‘lanish turlari boshqa bir xil sharoitlarda esa turli polimorf modifikatsiyalardagi atom va molekula gruppalarini bir - biri bilan joylashishi ta’sir ko‘rsatadi. Minerallarni ximiyaviy tarkibiga bog‘liq ravishda solishtirma og‘irligi turlicha bo‘ladi. Izomorf qatorlardagi katta atom og‘irligiga ega bo‘lgan elementlar solishtirma og‘irlikni oshirsa, iirik radiusiga ega bulgan ionlar esa solishtirma ogirlikni kamaitiradi.
Plagioklazlarni albit — anortit qatoridagi solishtirma og‘irlik 2,61 dan 2,75 gacha oshib boradi, bu tarkibidagi kalsiy miqdorini oshishi bilan bog‘liqdir. Solishtirma og‘irlikni o‘lchashda ma’lum hajmdagi massa yoki og‘irlik hisobga olinadi.
M P
d = ---------- yoki d = ----------
V V
bunda d - solishtirma og‘irlik
M - massa
V - hajm
R - og‘irlik, og‘irlik massaga bog‘liq bo‘ladi.
Mineralogik tekshirish usullarida faqat qattiq moddalargina (mineral, tog‘ jinslari) emas, balki suyuqliklarni ham solishtirma og‘irligini aniqlashga to‘g‘ri keladi, chunki ko‘p hollarda solishtirma og‘irlikni (zichlikni) ma’lum og‘irlikdagi suyukliklarga (og‘ir suyukliklar deb ataladi) tushirib cho‘kish yoki cho‘kmasligiga qarab aniqlanadi.
Minerallarni solishtirma og‘irligiga uni ichki tuzilishi (atom va ionlarni joylashishi) va ximiyaviy tarkibiga bog‘liq bo‘lganligi sababli uni o‘lchashni bir necha xil usulari bor. Eng ko‘p tarqalgan va aniq o‘lchaydigan usullardan biri og‘irlikni aniqlashdir. Solishtirma og‘irlikni aniqlashni yana bir usuli konstruksiyasi turlicha bo‘lgan gazli yoki suyuqlikli hajm o‘lchashlar (valyumometr) yordamida aniqlashdir. Solishtirma og‘irlikni rentgen usulida aniqlashda to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlamay, formula yordamida hajm, molekulyar og‘irlik, elementar yacheykani hajmi va unda joylashgan molekulalar sonini bir — biri bilan bog‘likligini hisobga olgan holda aniqlanadi.
bunda : D - solishtirma og‘irlik
nM N – Avogadro soni – 6.0258 * 1023
D= ---------- n - molekulalar soni
NV M - Molekulyar og‘irlik
V - elementar yacheyka hajmi.
Ayrim paytlarda bo‘ladigan hisoblangan va aniq solishtirma og‘irlik orasidagi farq minerallarni ichki tuzilishdagi nosoz joylashish tufayli bo‘lishi mumkin. Tekshiruvchini oldiga qo‘ygan vazifasiga bog‘liq ravishda solishtirma og‘irlikni aniqlashda quyidagi usullarni biridan foydalaniladi .
1 . Gidrostatik tortish usullari.
2. Og‘ir suyukliklarda cho‘kish usuli.
3. Piknometr yordamida aniqlash usuli.
4. Hajm o‘lchash asboblari (valyumometr) yordamida aniqlash usuli.
5. Rentgenometrik usul.
6. Mikrobyuretka usuli.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Shaffof – mineralning ostida turgan qog‘ozdagi yozuv mineral ustidan ham aniq ko’rinadi. Masalan: tog‘ xrustali, island shpati, gips.
Yarim shaffof
|