• Oqituvchi: _____________
  • -bosqich. Yakuniy bosqich




    Download 7,46 Mb.
    bet51/93
    Sana12.02.2024
    Hajmi7,46 Mb.
    #154993
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
    Bog'liq
    Axborot texnalogiyalari

    3-bosqich.
    Yakuniy bosqich
    (10 daq.)

    Mashg‘ulot yakuni

    1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi

    Uyga vazifa berilishi:

    1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi

    Baholari bilan tanishadilar


    Topshiriqni yozib oladilar





    O'qituvchi: _____________

    N.Xursanova













    (imzo)







    Operatsion sistema-kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EHM bilan muloqot qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi axborotlarni o'qish yoki axborotlarni disklarga yoyish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga ehtiyoj borligining asosiy sababi- undagi dasturlarsiz bu kabi ishlarni bajarish uchun quyi bosqichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to'g'ri keladi. Operatsion sistemaning asosiy vazifasi-foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi ham kerak bo'lmagan ana shu zerikarli hamda juda murakkab ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashqari, operatsion sistema fayllarni ko'chirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ xotirani dastur ishi so'ngida bo'shatib, boshqaruvni yana o'ziga olish kabi ishlarni ham bajaradi. 13 Foydalanuvchi interfeyslari tushunchasi. MS DOSning buyruqlarini EHMga kiritish ko'p mehnat, vaqt va kuch talab qilishi sababli MS DOS buyruqlaridan oson va samarali DOS qatlamlari yaratilgan bo'lib, ularga misol tariqasida Norton commander, Microsoft Windows, PS Tools Deluxe, Far va boshqalarni keltirish mumkin. Grafik interfeyslari tushunchasi. Kompyuterning texnik va dasturli ta'minotining rivojlanganligi hujjatlarni tahrir qilish sistemasida turli xil rasm, surat va chizmalarni qayta ishlash imkoniyatini yaratdi. Grafik interfeys-turli ko'rinishdagi grafik ob'ektlar (papkalar, turli ko'rinishdagi fayllar) va bu ob'ektlar bilan ishlash uslublari majmui. Grafik interfeyslarning afzalliklari shundan iboratki, bunda har bir ob'ekt tegishli belgiga ega, uning ko'rgazmaliligi va muomala uchun soddaligidadir. 1. Grafik interfeys ishini tashkil etish jihatlari. Ob'ektning belgilanishi-ob'ekt nomi va nishoni. WINDOWS ekrani elementlari; ishchi stoli, masalalar панельi, "Ishga tushirish" панельi. Ishchi stoli-bu ekranning asosiy qismi, unda fayl va papkalar kabi muhim ob'ektlar joylashgan. "Мой компьютер", "Сетевое окружение", "Карзина", "Internet", "Portfel" ish stolidagi asosiy ob'ektlar bilan tanishib chiqamiz. Masalan: "Мой компьютер"-tashqi xotira qurilmasi bilan ishlash (disk va diskyurituvchilar bilan) hamda kompyuter parametrlarini sozlash imkonini beradi. "Сетевое окружение"-bu lokal hisoblash tarmog'iga ulangan kompyuterlar bilan ishlash, shu bilan birga o'zaro axborot uzatishga ko'maklashadi. "Карзина"- o'chirilgan ob'ektlarni saqlash uchun maxsus papka. "Internet" (Internet Explorer)-Internet global axborot tarmoqlari ishi uchun dasturlar. 1-rasm.Ishchi stoli. 14 Windows ishchi stoli. Kontekst menyu-belgilangan ob'ekt ustida bajarilishi mumkin bo'lgan harakatlar ro'yxati. Har qanday ob'ektning kontekst menyusini chaqirish uchun klaviatura maxsus tugmachasi yoki "sichqoncha"ning o'ng tugmasini bosish kifoya. Ishchi stolining kontekst menyusini chaqirish "sichqoncha"ning o'ng tugmasini stol tekisligida harakatlantirmoq bilan amalga oshiriladi. Ishchi stoli kontekst menyusi buyruqlari tafsiloti: -tartiblash (ishchi stolida nom, tur, o'lchov, sana, avtomatik tartiblashni o'rnatish bilan saralash); -belgini o'rnatish (tasodifan surilib qolgan belgilarni o'zaro teng oraliqqa qo'yish); -hosil qilish (ishchi stolida fayl va papkalar hosil qilish); -xususiyat (ishchi stoli parametrlarini sozlash). Ob'ektning kontekst menyusini chaqirish- "sichqoncha"ning o'ng tugmasini belgi bo'yicha qimirlatish bilan amalga oshadi. Ob'ektning kontekst menyusi va asosiy buyruqlarining tafsiloti: -ochish (ob'ektni ochish); -nusxalash (ob'ektni nusxalash yoki ko'chirish uchun kompyuter xotirasining maxsus bo'lagi); -qirqish (ob'ektni navbatdagi ko'chirish uchun buferda saqlash); -qayta nomlash (ob'ekt nomini o'zgartirish); -chetlatish ("Savatcha"ga ob'ektni tushirish); -xususiyat (ob'ekt xususiyati parametrlarini ko'rish va o'zgartirish). WINDOWS operatsion sistemasining "Пуск" menyusidan foydalanish. 1."Пуск" menyusi buyruqlari va ularning qo'llanishi. "Пуск" menyusini chaqirish uchun "sichqoncha"ni chap tugmasi bosiladi yoki klaviaturadagi maxsus tugmalardan foydalaniladi.
    Kompterdagi dasturlarni tezda ishga tushirib yuborish uchun "Standart" dasturlar guruhi ko'p qo'llaniladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: -PAINT grafik muharriri-rasm mazmunidagi fayllarni ko'rish, hosil qilish va tahrirlash uchun qo'llaniladi; -Word Pad matn muharriri-kichik hajmdagi hujjatlarni terish, tahrir qilishda ishlatiladi; -kalkulyator-arifmetik hisoblashlar uchun (oddiy, muhandislik rejimida); -blОкноt-matn muharririga sodda va qulay murojaat qilish (ko'p hollarda kichik hujjatlar) uchun ishlatiladi. 2. Hujjatlar menyusi. Hujjatni ishga tushirish uchun hujjat nomi yozilgan yozuv ustida "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish kerak. "Sozlash" menyusi uchta elementlardan iborat: a)Boshqarish панельi-sistemalar панельini sozlash, dasturlar va kompyuterni avtomatik ishga tushirish yoki to'xtatish; b)Printerlar-kompyuterga ulangan printerni avtomatik o'rnatish yoki sozlash; c)Masalalar панельi-masalalar панельi parametrini sozlash, „Пуск“menyuga yangi dastur qo'shish yoki olib tashlash. "Hujjatlar" menyusidan hujjatlarni o'chirib tashlash. Kerakli punktni ishga tushirish uchun "Sozlash" menyusi elementiga mos ravishda "sichqoncha"ning chap tugmachasidan foydalanish lozim. Boshqarish панельi quyidagi elementlardan tashkil topgan: -o'rnatish-dasturlarni o'chirish-yangi dasturlarni avtomatik "Dasturlar" menyusiga kiritish yoki o'chirish; -yangi qurilmalarni o'rnatish-kompyuterga ulangan yangi qurilmalarni avtomatik sozlash; -sana-vaqt-yangi kun va vaqtni kiritish; -ekran (ishchi stoli kontekst menyusi kabi); 16 -klaviatura-klaviatura parametrlarini sozlash (belgilarni qaytarilish tezligi va klaviaturaga bog'liq boshqa yumushlar) -"sichqoncha" - "sichqoncha" manipulyatorining paramet-rini sozlash ("sichqoncha"ga bog'liq turli yumushlar); -tarmoq -kompyuter tarmog'ining ishini sozlash; -parollar-WINDOWS 9x operatsion sistemaga kirish uchun yangi parolni kiritish, jumladan tarmoq uchun ham. -printerlar ("sozlash"dagi kabi); -til va standartlar-berilgan mintaqaga oid turli ma'lumotlar; -sistema-kompyuter qurilmalari ishini ayni vaqtda bexato ishlayotganini ko'rsatadi. „Найти“ menyusi.



    Download 7,46 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




    Download 7,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bosqich. Yakuniy bosqich

    Download 7,46 Mb.