|
Shaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyili
|
bet | 8/14 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 60,35 Kb. | | #258445 |
Bog'liq Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillariga tavsif
Ma’naviy va jismoniy kuch har tomonlama kamol topgan kishilargina o’z Vataniga sodiq bo’ladi va uning taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shadi. Har tomonlama barkamol kishilar osmondan tushmaydi. Ular muayyan ijtimoiy hayot sharoitlari ta’siri ostidagina shunday barkamol kishilar bo’lib etishuvi mumkinki, bu sharoitlar orasida tarbiya, jumladan, jismoniy tarbiya alohida rol o’ynadi. Har tomonlama barkamol shaxs bo’lib etishishga biologik qonuniyat ham, inson organizmi tizimlari va organlarining uyg’un kamol topishiga bo’lgan ehtiyoj ham ta’sir etadiki, odam ijtimoiy jihatdan ham, o’zining biologik xususiyatlari jihatidan ham hamisha va har erda yagona sotsial shaxsdir. Bularning hammasi jismoniy tarbiya jarayonida insonga har taraflama ta’sir o’tkazish xarakterini belgilaydi va tarbiyaning har xil turlari o’rtasidagi uzviy aloqani aniqlaydiki, jismoniy tarbiyaning barcha hollarida undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni ham hisobga olish kerak.
Odamning ruhiy dunyosi tashqi ta’sir ostida, dastavval ijtimoiy muhit ta’sirida, shuningdek, insonning tevarak atrofidagi muhit va o’z-o’zini o’zgartirishga qaratilgan faol harakati tufayli vujudga kela boshlaydi. I.P.
Pavlov ta’limotiga qaraganda, shartli refleks inson organzmi bilan muhit o’rtasidagi aloqa formasi bo’lib xizmat qiladi, shartli refleks ayni paytda ham jismoniy, ham psixik hodisadan iborat bo’lib, boshdagi psixik jarayonlarning in’ikosidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ta’lim va tarbiya jarayoni shartli reflekslardagi uzun qatorlarning vujudga kelishidan iboratdir. Ijtimoiy talablarga binoan shartli reflektorli aloqalarning hosil bo’lishi shaxsning ham jismoniy ham ma’naviy tomonlarining shakllanishi uchun fiziologik poydevor hisoblanadi.
Inson jismoniy va ma’naviy kamolotining yagonaligi tufayli jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy va estetik tarbiya vazifalarini hal etish uchun juda katta imkoniyatlar bor. Bu vazifalarni hal etish shaxsni har taraflama kamol toptirish omili sifatida jismoniy tarbiyaning rolini kengaytiribgina qolmaydi, balki bevosita jismoniy tarbiyaning o’z muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan o’zaro aloqasi inson kamolotining boshqa turli tomonlari yagonaligidan tashqari, bizning sharoitimizda tarbiya maqsadlarining birligi bilan ham belgilanadi. Shu sababli
har taraflama kamolot tamoyili quyidagi asosiy talablarni o’z ichiga oladi.
|
| |