• Keng umumiy jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash.
  • Tarbiyaning turli tamonlari yagonaligiga qat’iy rioya qilish




    Download 60,35 Kb.
    bet9/14
    Sana31.05.2024
    Hajmi60,35 Kb.
    #258445
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillariga tavsif

    Tarbiyaning turli tamonlari yagonaligiga qat’iy rioya qilish. Jismoniy tarbiya tufayli erishiladigan natijalar o’zidan-o’zi hali odamning mehnatga va Vatan himoyasiga g’oyaviy–siyosiy tayyorgarligini ifoda etmaydi. Har bir fuqaroning yuksak darajada rivoj topgan jismoniy sifatlari va ko’nikmalari, uning sportda erishgan natijalari estetik va g’oyaviy – siyosiy tarbiyasi bilan birga borgan bo’lsa, shu taqdirdagina ijtimoiy ahamiyat, chuqur mazmun kasb etadi.
    Sportchilarning mehnatda ilg’or bo’lishlari, jamoa uchun kurashishlarining hal qiluvchi garovi dastavval ularning shu jamiyatning peshqadam kishilar sifatidagi ijtimoiy ongliligidan darak beradi.
    Keng umumiy jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash. Har qanday ijtimoiy foydali faoliyat aniq va ma’lum ma’noda ixtisoslashtirilgan harakterga ega. Bu dastavval ishlab chiqarish mehnatiga va harbiy faoliyatga taalluqli. Shu
    ravshanki, u yoki bu ishda ixtisoslashtirishning muvaffaqiyati oldindan umumiy ta’limga va jismoniy tayyorgarlikka bevosita bog’liq bo’ladi.
    Har taraflama umumiy jismoniy tayyorgarlik talablari inson kamolotining asosiy qonuniyatlaridan biriga – tizim va organlarning o’zaro chambarchas aloqasiga tayanadi. Insonning kuchi, bardamligi, tezligi, epchilligi qancha yuksak darajada kamol topsa, harakat ko’nikmalarining zahirasi qancha boy bo’lsa va kishining salomatligi qancha mustahkam bo’lsa, uning maxsus tayyorgarligini, shu jumladan, sport tayyorgarligini amalga oshirish shu qadar yuksak bo’ladi. Rang – barang jismoniy tayyorgarlikning mustahkam poydevoriga qurilgan sportning muayyan turiga ixtisoslashtirish har taraflama jismoniy tarbiya sifatini yaxshilashning eng muhim vositalaridan biri bo’lib qoladi.
    Qaerdaki sport mashqlari jarayoni sport shuhratparastligiga qaratilsa va ko’r – ko’rona natijaga ishqibozlikdangina iborat bo’lib qolsa, ya’ni har taraflama kamolot tamoyili shuhratparastlik uchun qurbon qilinsa, sportchining mehnat faoliyati to’g’risida, uning intellektual va ma’naviy tarbiyasi to’g’risida unitib qo’yilsa, bu erda, odatda, rahbarlarning xohishiga qaramay, qo’pol, o’jar, mehnat hayotiga moslashmagan, sportda chala bilag’onlar – chinakam sport madaniyatidan yiroq, jamiyatga manzur tushmaydigan kishilar tayyorlanadi.
    Har taraflama tayyorgarlik faoliyatning har qanday turida kamolotning buzilmas negizini tashkil etadi, inson ma’naviy va jismoniy kuchlarining bitmas – tuganmas manbai bo’lib xizmat qiladi.
    Jismoniy tarbiyaning asosiy sotsial qonuniyati, uning asosiy xizmat vazifasi – odamlarni faoliyatga, hayotga tayyorlashdan iborat. Jismoniy tarbiyaning barcha tizimlarida bu qonuniyat o’ziga xos ifodasini topadi.
    Jismoniy tarbiya barakali mehnat qilish va o’z Vatannini dushmanlarning hamlalaridan fidokorona himoyalashga qodir kishilarni
    tayyorlashga da’vat etilgan. Bunda ham jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan aloqasi tamoyiliga uning tizimiga xos bo’lgan yangi mazmuni va ahamiyati aks etadi.
    Jismoniy tarbiyaning mazkur tamoyilini amalga oshirishda, shunga amal qilish zarurki, jismoniy tarbiya qayerda qo’llanilsa, o’sha joyda natijada mehnat va mudofaaga tayyorgarlik ko’zda tutilishi kerak.
    Jismoniy tarbiyaning amaliy ahamiyati hayotda bevosita qo’llaniladigan harakat ko’nikmalarini hosil etishdangina iborat, degan fikr bor. Jismoniy mashqlarning u yoki bu turi bilan shug’ullanish natijasida ko’nikma amaliy bo’lsa, ya’ni sport yoki gimnastika mashg’ulotlari sharoitlaridan mehnat va jangovar vaziyatga ko’chiriladigan bo’lsa, unday jismoniy tarbiya hayot bilan bog’langandir.
    Shubhasiz, granata irg’itish, otish va shunga o’xshash ko’nikmalar bevosita amaliy ahamiyatga egadir. Lekin jismoniy tarbiyaning ahamiyati bu bilangina tugamaydi. Axir, shunday bo’lsa, u holda futbol va boshqa sport turlarini, haddan tashqari muhim jismoniy mashqlarni kishilarni hayotga tayyorlash vositalari bo’la olmaydi, deb aytgan bo’lar edik. Vaholanki, bizning jismoniy tarbiya tizimimiz o’z vositalari xazinasidan ana shu mashqlarni mustasno etmaydi. Futbolchi mehnat va jangovar vaziyatda o’zining to’pni aniq zarb bilan tepish mahoratini qo’llamasligi tushunarlidir. Lekin futbol mashg’ulotlarida orttirilgan topqirlik, epchillik, dov - yuraklik, chidamlilik va boshqa sifatlar hayotda ko’p kerak bo’ladi. Jismoniy mashg’ulotlar jarayonida hosil qilinadigan amaliy ko’nikmalarning miqdori qanchalik ko’p bo’lmasin, u mehnat va jangovor harakatlarning hamisha o’zgarib turadigan shakl jihatidan jamiki cheksiz tomonlarini hech qachon qamrab ololmaydi. Yuqorida aytib o’tilganidek, mehnat va mudofaaga tayyorgarlikning maqsadi bevosita amaliy ko’nikmalarni hosil qilishdangina iborat emas. Maqsad shundan iboratki, kishi ishlab chiqarishga, armiyaga kelgach, o’ziga xos ish sharoitlari, notanish harakatlarga duch kelganida, har qanday ish texnikasini qisqa muddatda egallay olsin. Baquvvat, epchil, chidamli hamda rang – barang
    ko’nikmalarning katta zahirasiga ega bo’lgan kishilar yangi ishni ancha yaxshiroq o’zlashtirish, o’ziga notanish texnikani, garchi aslida sog’lom bo’lsa

    • da, lekin epsiz, tez charchab qoladigan, sekin harakat qiladigan kishiga nisbatan tezroq egallab olishini hamma yaxshi biladi.


    Download 60,35 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 60,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiyaning turli tamonlari yagonaligiga qat’iy rioya qilish

    Download 60,35 Kb.