|
Fan va texnologiyalar universiteti
|
bet | 13/14 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 60,35 Kb. | | #258445 |
Bog'liq Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillariga tavsif
|
Jamiyatda tarbiyalash strategiyasining umumiy ijtimoiy tamoyillari.
Ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillari.
Jismoniy tarbiya jarayonida tartibga soluvchi (boshqaruvchi) tamoyillar
|
|
|
|
|
|
Jismoniy tarbiyada umumiy ijtimoiy tamoyillarni aniqlashtirish (shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyili; jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy faoliyat bilan bog’liqligi tamoyili;
sog’lomlashtirishga yo’naltiruvchi tamoyili)
|
|
|
|
|
|
Jismoniy tarbiyada ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillari (onglilik va faollilik tamoyili; ko’rsatmalilik tamoyili; bajara olish va
individuallashtirish tamoyili)
|
|
|
|
|
|
Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillari (uzluksizlik tamoyili, yuklama va dam olishning tizimli uyg’unlashuvi tamoyili; rivojlantiruvchi – mashlantiruvchi ta’sirlarini asta-sekin oshirib boorish tamoyili; yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan muvozanati tamoyili; mashg’ulotlar siklining tuzilishi tamoyili;
jismoniy tarbiya yo’nalishlarining yoshda mosligi tamoyili)
|
|
|
|
chizma. Tamoyillar tizimi.
Umumiy metodologik tamoyillar jismoniy tarbiya jarayonining umumiy metodikasini belgilab beruvchi dastlabki qoidalardir.
Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta'sir ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish uslubiyatida bu ta'sirlar qonuniyatlarga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o’rganuvchi qator fanlarning ma'lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi.
Jismoniy tarbiyada onglilik va faollilik tamoyilining vazifasi shug’ullanuvchilarda jismoniy tarbiya-sport faoliyatiga chuqur ongli munosabatni, barqaror qiziqish va ehtiyojni shakllantirishdan, shuningdek, ularni optimal faollikka undashdan iborat.
Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amalga oshirilishi shug’ullanuvchilarni bilimlar bilan boyitishga, har xil mashqlar texnikasini chuqur tushunishga, jismoniy tarbiya jarayoniga ongli va faol munosabatda bo’lishni tarbiyalashga olib kelishi kerak.
Onglilik – bu insonning ob'ektiv qonuniyatlarni to’g’ri tushunish, ularni tahlil qila olish va shunga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir. O’z faoliyati natijalarini oldindan ko’ra olish va aniq vazifalarni oldinga qo’yish onglilikning asosi hisoblanadi. Onglilik va ko’p jihatdan shaxsning yuksak axloqiy-psixologik hamda kasbiy sifatlarining shakllanishiga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida, birinchi navbatda, umuman jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga ongli munosabatni ta'minlash lozim. Shundagina shug’ullanuvchilarda ularni yillar davomida mashg’ulotlarga vaqt ajratishga hamda ularga o’z quvvatlarini safarbar qilishga undovchi kuchli hamda mustahkam rag’bat hosil qilinadi. Shug’ullanuvchilarning tanlagan
jismoniy tarbiya yo’nalishiga yoki turiga bo’lgan barqaror va sog’lom qiziqishlarini rag’batlantiruvchi xohish-istaklar hamda yuksak maqsadlarni hosil qilish ko’p jihatdan jismoniy tarbiya o’qituvchisiga va sport turi bo’yicha murabbiyga bog’liq.
Jismoniy tarbiyaning muvaffaqiyati uchun, shuningdek, o’qituvchi tomonidan qo’yilgan har xil vazifalarni hal etish jarayonida shug’ullanuvchilarning ongli faoliyati juda muhim. Har bir muayyan talab qo’yish paytida imkoni boricha uning ahamiyatini shug’ullanuvchilar ongiga yetkazish kerak. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi pedagogik mahoratining eng muhim jihatlaridan biri har bir topshiriqni bajarishga jonli, sog’lom qiziqish uyg’ota olishdan iborat. Jismoniy tarbiya jarayoni samaradorligi ko’p jihatdan shug’ullanuvchilarning o’z harakatlarini tahlil qilishga hamda ularni yaxshilash yo’llarini ijodiy izlashga qanchalik o’rganganliklariga bog’liq. Bunga bajarilayotgan harakatlarni kuzatib, so’z orqali tahlil qilish uslubini qo’llash orqali erishiladi. Shug’ullanuvchilarning o’rganilayotgan harakat texnikasini o’zlashtirishlarida ularning ongi katta ahamiyat kasb etadi. Harakatlarni egallash va boshqarish jarayonida fikr yuritishga undagan holda o’qituvchi shu orqali harakat faoliyatlarini yaxshilash uchun aniq shart-sharoitlar yaratadi. Bu organizmning xayoldagi ishga reaksiyalarini tekshirishga qaratilgan ko’p sonli tadqiqotlar bilan isbotlangan. Vazifani oldindan o’ylab ko’rish o’rgatish samaradorligini aniq oshiradi.
Psixologiyada bu ideomotor mashq (mashg’ulot) nomini olgan.
Faollilik – bu inson tomonidan namoyon qilinadigan faoliyat o’lchovi yoki kattaligi, uning ishga kirishish darajasidir. Faollik o’rgatish nuqtai nazaridan bilimlar, ko’nikma va malakalarni ongli o’zlashtirish shart- sharoitlari va natijasi sifatida qatnashadi.
Faoliyat nazariyasiga binoan (S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigetskiy, A.N.Leontev) inson faolligi ongga bog’liq bo’lgan omil hisoblanadi. Bunda ong bilim, motivatsiya, ehtiyoj, qiziqishlar va maqsadlar kabi kategoriyalar orqali faoliyatni yo’naltiradi va boshqaradi.
Ushbu tamoyildan quyidagi talablar kelib chiqadi:
Mashg’ulot maqsadi va vazifalarini qo’yish hamda ularning shug’ullanuvchilar tomonidan anglanishi.
Pedagogik jarayonda harakatlarni ongli tarzda o’rganish va egallash.
Egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash usullari hamda imkoniyatlarini anglash.
Jismoniy kamol topish jarayoniga tashabbuskorlik, mustaqillik hamda ijodiy faollik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash.
O’qituvchi tomonidan maxsus uslubiy usullarning qo’llanilishi onglilik va faollilikning oshishiga yordam beradi. Shug’ullanuvchilar harakatlarini nazorat qilish va baholash, ularning diqqatini harakatlar bajarilishini tahlil qilishga yo’naltirish, mushak sezgilari orqali o’z harakatlarini mustaqil nazorat qilishga o’rgatish, ko’rgazmali vositalar yordamida topshiriqlarni namoyish qilish, mashqlar bajarishga o’rgatishda ko’z va eshitish analizatorlaridan foydalanish, o’rganilayotgan harakatlarni xayolda bajarib ko’rish (ideomotor mashq), texnikani tahlil qilish bo’yicha suhbat shunday uslubiy usullarga kiradi.
Ko’rsatmalilik tamoyili o’rgatish (o’qitish)da va tarbiyalashda ko’rgazmali qurollardan keng foydalangan holda jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishni taqozo qiladi. Ko’rsatmalilik insonning sezgi organlarini bilish jarayoniga jalb qilishni anglatadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy ko’rsatmalilik ko’rish, eshitish va harakat shakllarida amalga oshiriladi.
Ko’rsatmalilikning ko’rish shakli (mo’ljallar, ko’rgazmali qurollar, o’quv videofilmlari va h.k. yordamida harakatlarni yaxlit va qismlarga bo’lib namoyish qilish) asosan harakatlarning fazoviy hamda fazo-vaqt tavsiflarini aniqlab olishga yordam beradi. Yangi harakatlarni o’rganishning dastlabki bosqichida ko’rgazmalilikning ko’rish shakli katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, harakatlarni juda aniq tabaqalashtirish sport-texnik mahoratni takomillashtirishda ham juda qimmatlidir.
Ko’rsatmalilikning eshitish shakli (turli xil tovushli signallar ko’rinishida) harakat aktlarining vaqt va ritmik tavsiflarini aniqlashda ustuvor ahamiyatga ega. U ko’rish orqali ko’satmalilikni ancha to’ldiradi, harakatlarni o’rgatishning yakuniy bosqichida u bilan birgalikda yetakchi ahamiyatga ega bo’ladi.
E'tirof etish lozimki, ko’rish tizimi orqali idrok etish uchta darajada kechadi: sezish, idrok etish va tasavvur qilish; eshitish tizimi orqali esa – faqat tasavvur qilish darajasida kechadi. (B.G.Akanaev). Inson nutq shaklida olinadigan axborotning 15% ni, ko’rish orqali esa 25 % ni eslab qoladi. Agar axborot uzatishning bu ikkala usulidan bir vaqtning o’zida foydalanilsa, u bu axborotning 65% gacha mazmunini idrok etishi mumkin (N.V.Krasnov).
Harakat shaklidagi ko’rsatmalilik jismoniy tarbiyaga xos bo’lgan shakl hisoblanadi. Uning ahamiyati juda katta, ayniqsa, eng murakkab harakatlarni o’zlashtirishda. Bunda yo’naltirib turuvchi yordam va “harakat bo’ylab olib o’tish” eng yetakchi metod sanaladi. Harakat shaklidagi ko’rsatmalilikning xususiyati shundan iboratki, u harakatlarni fazo va vaqtda aniqlab olishdan tashqari, ichki va tashqi ta'sir kuchlari, ayniqsa, inersiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo’ljal ola bilish imkoniyatini ta'minlaydi.
Хulosa
Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalar, maktablar, oliy o’quv yurtlari, jismoniy tarbiya jamoalari va boshqalar uchun foydalanish majburiy bo’lgan yagona davlat dasturi va o’quv qurollari bilan ta'minlangan.
Jismoniy madaniyatning maqsadi, jamiyat madaniyatining bir qismi sifatida, kishilarning jamiyat qurilishida faol ishtirok etishini unung talablarini qondiruvchi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishni ob’ektiv zarurati bo’lib hisoblanadi.
Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta'sir ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish uslubiyatida bu ta'sirlar qonuniyatlarga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o’rganuvchi qator fanlarning ma'lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi.
Harakat shaklidagi ko’rsatmalilik jismoniy tarbiyaga xos bo’lgan shakl hisoblanadi. Uning ahamiyati juda katta, ayniqsa, eng murakkab harakatlarni o’zlashtirishda. Bunda yo’naltirib turuvchi yordam va “harakat bo’ylab olib o’tish” eng yetakchi metod sanaladi. Harakat shaklidagi ko’rsatmalilikning xususiyati shundan iboratki, u harakatlarni fazo va vaqtda aniqlab olishdan tashqari, ichki va tashqi ta'sir kuchlari, ayniqsa, inersiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo’ljal ola bilish imkoniyatini ta'minlaydi.
Bajara olish va individuallashtirish tamoyilini amalga oshirish vazifasi jismoniy tarbiya o’qituvchisini ko’pgina turli xil omillarning o’ta qiyin, o’zgaruvchan manzarasiga to’qnash keltiradi. Bu omillarni har vaqt muntazam e'tiborga olib turish zarur. Bunda ta'sirlarni istiqbolli dasturlash uchun barcha omillarning kelgusidagi o’zgarishlarini oldindan ko’zlab olish kerak.
Jismoniy tarbiya jarayonida bu – sikllarni hosil qiluvchi mashg’ulotlar va bosqichlarning berk aylanishidir. Shunga muvofiq uchta turi ajaratiladi:
mikrotsikllar (haftalik), ular mashqlarning takroriy qo’llanilishi va bir vaqtning o’zida ularning har xil yo’nalganligi, yuklama va dam olishning uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi; mezotsikllar (oylik), ular ikkitadan oltitagacha mikrotsikllarni o’z ichiga oladi, ularda vositalarning miqdori, uyg’unlashish tartibi va nisbatlari o’zgarib turadi; makrotsikllarda (yillik) jismoniy tarbiya jarayoni uzoq vaqt davom etadigan bosqichlarda amalga oshiriladi
Ko’rib chiqilgan tamoyillar yaxlit jismoniy tarbiya jarayonining turli xil qonuniyatlari va tomonlarini aks ettiradi. Ular bir-birini to’ldiruvchi va o’zaro bog’langan prinsipial metodik qoidalar yig’indisini emas, balki birligini tashkil etadi. Biron-bir tamoyildan chekinish jismoniy tarbiyaning butun murakkab jarayoni buzilishiga va o’qituvchi hamda o’quvchining katta mehnati deyarli samarasiz bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin.
|
| |