|
Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi
|
bet | 12/14 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 60,35 Kb. | | #258445 |
Bog'liq Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillariga tavsif
Tamoyilning umumiy ta'rifi rus tili izohli lug’atida biror nazariya, ta'limot, fanning asosiy boshlang’ich qonuni (qoidasi) sifatida tushuntiriladi. Ta'lim va tarbiya tizimida tamoyil deganda “Yo’naltiriluvchi qoida”, “Asosiy qoida”, “Ko’rsatma” tushuniladi. Tamoyillarning amaliy ahamiyati shundan iboratki, ular sinovlar va xatolar qilish yo’lidan xoli ravishda belgilangan maqsadga aniq borishga imkon beradi, vazifalarni hal etish negizini ochadi hamda ularni amalga oshirishning asosiy qoidalarini belgilab beradi.
Ta'lim va tarbiya tizimining g’oyaviy asoslarini aks ettiruvchi tamoyillar qatoriga jamiyatning tarbiyalash strategiyasiga oid umumiy ijtimoiy tamoyillarini kiritish mumkin. Ular insonning maqsadli har tomonlama rivojlanishini hamda tarbiyaning jamiyat amaliy hayoti bilan uzviy bog’liqligini ta'minlash uchun ijtimoiy omillardan (madaniyat, tarbiya, ta'lim) foydalanishni nazarda tutadi.
Jismoniy tarbiya tizimida bu tamoyillar asosiy yo’naltiruvchi qoidalar hisoblanadi, ularga muvofiq holda butun jismoniy tarbiya amaliyoti ro’yobga chiqariladi.
Jismoniy tarbiya tamoyillari jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning hamma tomonlari (aqliy, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy) birligini kafolatlaydi. Eng katta sog’lomlashtiruvchi samarasi: sog’liqni mustahkamlaydi va umumiy ish qobiliyatining yaxshi saqlanishini ta'minlaydi; insonni mehnatga va boshqa faoliyat turlariga, jumladan, har tomonlama harbiy xizmatga jismoniy tayyorlash ishidagi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasini aks ettiradi.
Yuqorida aytib o’tilgan eng muhim qoidalar jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillarida aks etgan (shaxsni har tomonlama rivojlantirish
tamoyili, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy faoliyat bilan birligi tamoyili, sog’lomlashtirishga yo’naltiruvchi tamoyili).
Ta'lim va tarbiya tizimida umumiy pedagogik tamoyillar mavjud bo’lib, ular o’qitishning (didaktika) asosiy qonuniyatlarini aks ettiradi. Ular jismoniy tarbiyada umumiy metodik tamoyillar ko’rinishida o’zgarib, metodikaning qator universal qoidalarini o’z ichiga oladi. Ularsiz ta'lim va tarbiya vazifalarini yuksak sifat darajasida hal etish mumkin emas.
Bunday tamoyillardan tashqari, jismoniy tarbiya amaliyotida maxsus tamoyillar o’rin olgan bo’lib, ular “Jismoniy tarbiyaning qator o’ziga xos maxsus qonuniyatlarini belgilab beruvchi va ulardan kelib chiquvchi qoidalar- uning tizimli tuzilishi” tamoyillaridir. (L.P.Matveev, 1991).
Shunday qilib, jismoniy tarbiya tizimida bosh qoidalar sifatida umumiy ijtimoiy va umumiy pedagogik hamda umumiy metodik va maxsus tamoyillardan foydalaniladi (3-chizma)
|
| |