• Davlat rahbarlik organlari.
  • Jamoat rahbarlik organlari.
  • Fan va texnologiyalar universiteti




    Download 60,35 Kb.
    bet5/14
    Sana31.05.2024
    Hajmi60,35 Kb.
    #258445
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillariga tavsif

    1.2.Jismoniy tarbiyani amalga oshiradigan davlat va jamoat tashkilotlarining yagonaligi
    Bu yagonalik jismoniy tarbiya tizimining umumxalq xarakteri bilan, jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari birligi va mushtarakligi bilan belgilanadi.
    O’zbekistonda tegishli davlat va jamoat organlari jismoniy tarbiya tizimiga rahbarlik qiladi.
    Davlat rahbarlik organlari. Maktablar, oliy o’quv yurtlari hamda boshqa shunga o’xshash muassasalarda jismoniy tarbiyaga rahbarlik tegishli vazirliklar tomonidan ta'minlanadi. Masalan, maktabda jismoniy tarbiyaning yo’lga qo’yilishi uchun Respublika XTV, oliy o’quv yurtlarida – Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi mas'uldir.
    Jamoat rahbarlik organlari. Jismoniy tarbiya tashkilotlarida rahbarlik saylab qo’yiladigan organlar: jismoniy tarbiya jamoalari kengashlari, tegishli sport jamiyatlari, viloyat, o’lka, respublika va markaziy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Sport jamiyatlari kengashlarining faoliyatini sport qo’mitasi muvofiqlashtirib turadi.
    Respublikamizda sportning ayrim turlari bo’yicha sport federatsiyalari mavjud. Bu sport federatsiyalari xalqaro federatsiyalarda O’zbekiston sportining vakili sifatida qatnashadi. Masalan, gimnastika bo’yicha Respublika federatsiyasi xalqaro federatsiya tarkibiga kiradi va hokazo. Federatsiya sport jamiyati bilan birgalikda mamlakatda sportning o’ziga tegishli turini rivojlantirish sohasidagi ishlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasida Milliy Olimpiya qo’mitasi ham tashkil qilingan. Bu qo’mita Halqaro Olimpiada qo’mitasida O’zbekiston sporti manfaatlarini himoya qiladi.
    O’zbekistonning mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasida ko’plab malakali kadrlar yetishib chiqdilar. Bu kadrlar ta'lim muassasalarida: maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va institutlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Pedagogika institutlari, hamma universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlarida bakalavriat va magistrlar tayyorlanmoqda. Jismoniy tarbiya bo’yicha ilmiy-pedagogik kadrlar O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi doktoranturada tayyorgarlikdan o’tadilar. Jismoniy tarbiya sohasidagi xodimlarga pedagogika, biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar yoqlash huquqi berilgan.
    Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xodimlarning anchagina qismi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan kurslarning keng tarmoqlarida tayyorlanadi.
    Respublika hukumati tomonidan aholini jismoniy tarbiyalash uchun zarur bo’lgan maxsus moddiy-texnika bazasini yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda.
    Hozirgi kunda jismoniy tarbiya tizimi yetarli darajada tarkib topgan (2- chizma).


    Download 60,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 60,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan va texnologiyalar universiteti

    Download 60,35 Kb.