• Foydalanilgan adabiyotlar
  • O‘lchash vositalarining metrologik tekshiruv va nazoratga tortilishi




    Download 136,21 Kb.
    bet3/3
    Sana29.11.2023
    Hajmi136,21 Kb.
    #107959
    1   2   3
    Bog'liq
    Fani bo’yicha 2-mustaqil topshiriq

    O‘lchash vositalarining metrologik tekshiruv va nazoratga tortilishi
    O‘lchashlar birligiga erishishning asosiy mexanizmi bo‘lib metrologik tekshiruv va nazorat hisoblanadi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi (12-modda).
    Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati asosi «Metrologiya to‘g‘risida»gi qonun va O‘z RST 8.002:2002. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy talablar standart bilan reglamentlangan. Ushbu hujjatlar bilan Davlat metrologik tekshiruvi va nazoratining obyektlari, turi va ko‘rinishi o‘rnatilgan metrologik tekshiruvi va nazoratining obyektlari (Qonunning 13-moddasi) hisoblanadi. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi
    : – etalonlar;
    – o‘lchov vositalari;
    – moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
    – axborot-o‘lchov tizimlari;
    – o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
    – metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
    Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar Qonunning 14-moddasida aniqlab berilgan. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
    – sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
    – moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
    – savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish;
    – zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
    – davlat mudofaasini ta’minlash;
    – mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
    – sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
    – geodezik va gidrometeorologik ishlar;
    – o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
    – foydali qazilmalarni qazib olish;
    – milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
    O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari 15-moddada keltirilgan.
    Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
    – o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
    – o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish;
    – o‘lchov vositalarini, shu jumladan, etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;
    – o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash;
    – tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish;
    – faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
    – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish;
    – ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash;
    – o‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash. Davlat metrologiya nazorati quyidagilarga qo‘llaniladi:
    – o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish;
    – ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);
    – o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
    – belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
    Zarur hollarda «O‘zstandart» qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi hamda nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. “METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH” Tashkent – 2018 I.Kh. Siddikov, Kh.A.Sattarov, O.I.Siddikov

    2. Radiotexnik o`lchovlar
    3. Google.com
    Download 136,21 Kb.
    1   2   3




    Download 136,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘lchash vositalarining metrologik tekshiruv va nazoratga tortilishi

    Download 136,21 Kb.