• Toshkent -2024 Topshiriq 1
  • Pedagogika.Psixologiya fanidan topshirish topshirish va baholash tartibi
  • Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari
  • Individuallik
  • Rivojlanish
  • Temperament
  • Fanidan 1-Amaliy ish Bajardi




    Download 68,33 Kb.
    bet1/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi68,33 Kb.
    #231801
      1   2   3   4
    Bog'liq
    psixalogiya


    O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi


    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
    Pedagogika va Psixologiya fanidan
    1-Amaliy ish
    Bajardi: PED003-2 guruh
    Baxtiyorjonov Elbek
    Tekshirdi: Hamrayeva Gulnoz












    Toshkent -2024


    Topshiriq 1



    1. Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari

    2. Psixika va ongning rivojlanishi

    Topshiriqni topshirish tartibi

    1. Ism, familya, guruh raqami, topshiriq nomeri, bajarilish muddati yoziladi.

    2. Berilgan har bir vazifalar xisobot tartibida bajarib PDF ko‘rinishida tizimga yuklanadi.

    3. Maksimal ball 5.

    Pedagogika.Psixologiya fanidan topshirish topshirish va baholash tartibi

    1.

    To‘g‘ri rasmiylashtirish. (bosh saxifani va mustaqil ish mavzusini );

    0.5

    2.

    Mavzuga oid materiallarni to‘g‘ri topish va yozish;

    0.5

    3.

    mashg‘ulotning texnologik xaritasining modeli to‘g‘ri rasmiylashtirish;

    0.5

    4.

    Mavzuga oid yangi innavatsion texnologiya qo‘llash;

    0.5

    5.

    Mavzuga oid topshiriqlar ishlab chiqish (BLUM taksanomiyasi bo‘yicha);

    0.5

    6

    Mavzuga oid interaktiv taqdimot tayyorlash;

    0.5

    7.

    Ximoya qilish.

    2



    1. Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari

    Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs


    tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy
    xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan
    xulqatvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
    Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his
    etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. “Individ”
    nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium”
    so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini
    anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik
    mavjudotdir.
    Individuallik esa shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, uning namoyon bo’lishi
    tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning yashash
    sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va ularning hisobga olinishini taqozo
    etadi. Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan
    qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari
    ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
    Rivojlanish - bu bir holatdan boshqa murakkabrog‘iga o‘tish, eski holatdan yangi sifat
    bosqichiga o‘tish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tish jarayonidir.
    Bolaning individual - o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy
    tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim.
    Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma’nosini
    anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
    Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud.
    Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi.
    Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:  Go’daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan
    davr.
     Bog’chagacha bo’lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha.
     Maktabgacha ta’lim yoshi - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
     Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar -7-11-12 yoshgacha.
     O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
     Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) - 16-18 yosh.
    Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu
    juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi
    kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi
    tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
    Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu
    yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. Bolalar qiziqishini
    qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish
    zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli
    bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga
    qiziqadilar.
    O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli
    o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham
    deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir
    etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi.
    Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
    Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
    Intellektual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil
    etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, sektsiya,
    turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortadi.
    O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan
    solishtira boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qaramaqarshiliklar
    ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar - yosh xususiyatning
    yangidan boshlanishi sanaladi.


    Download 68,33 Kb.
      1   2   3   4




    Download 68,33 Kb.