|
Shaxs rivojlanishida tarbiyaning o’rni
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 68,33 Kb. | | #231801 |
Bog'liq psixalogiyaShaxs rivojlanishida tarbiyaning o’rni.
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to’rt yondashuv qaror topgan:
1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
4. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
2.Psixika va ongning rivojlanishi.
Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos — „ruhiy“) yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati.
Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bog’langandir. Ayni vaqtda psixika obyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obyektivdir. Psixika psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. Psixika rivojining oliy shakli — inson psixikasidir. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida insonga xos bo’lgan atrofdagi olam bilan o’zaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol o’ynagan. Inson psixikasi faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiytarixiy taraqqiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat insongagina xos psixika shakli.
|
| |