|
Fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlari, ularni guruhlash va identifikatsiyalash Ishdan
|
bet | 1/6 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 48,92 Kb. | | #124049 |
Bog'liq 1-АМАЛИЙ МАШГУЛОТ
1 – amaliy mashg‘ulot: Fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlari, ularni guruhlash va identifikatsiyalash
Ishdan maqsad: Xafv va uning turlari haqida tushunchaga ega bo’lish
Mashgulot rejasi:
Xavf va uning turlari
Favqulodda xavflar
Xavf va uning turlari
Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayot faoliyatiga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi:
kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi;
rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi;
salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi;
|
| |