|
ODAM ANATOMIYASINING (ANTROPOMETRIK PARAMETRLARINING) XAVFSIZLIKNI TAMINLASHDAGI AXAMIYATI
|
bet | 4/8 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 44,89 Kb. | | #233882 |
Bog'liq Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi Xavfsizlik psixologiyasi psix-fayllar.orgODAM ANATOMIYASINING (ANTROPOMETRIK PARAMETRLARINING) XAVFSIZLIKNI TAMINLASHDAGI AXAMIYATI
Reja:
Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari.
Antropometrik tekisliklar, o`qlar, chiziqlar va nuqtalar.
Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar.
Odam tanasining va uning alohida qismlarini o`lchashdan iborat antropometrik tekshirishlarning asosiy usullaridan biri antropometriya deyiladi. Antropometriya aholi tartibiga kiruvchi odamlarning konkret gruppalarining morfologik belgilarini tekshirish bilan shug`ullanadi.
Odam gavdasi o`lchamlarini tekshirish natijalari o`tgan asrning oxirlaridan boshlab foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda antropometriya ma‘lumotlari klinik va sport meditsinasida, gavdaning jismoniy rivojlanishida, konstruktsiyasi, mutanosibligi va hokazolarning xususiyatlarini o`rganishda foydalaniladi. Odam gavdasining shakli o`lchamlari haqidagi ma‘lumotlar sanoatning turli tarmoqlarida muhim ahamiyatga ega.
Amaliy antropologiyani bilmasdan turib, yengil sanoat tarmoqlari, jumladan tikuvchilik tarmog`i oldida turgan masalalarni yechish mumkin emas.
Odam gavdasi formasi va o`lchamlari aholining turli gruppalari va ularning orasidagi variant ma‘lumotlar va bilimlar bo`lgandagina odam gavdasi formasi va o`lchamlariga mos kiyimni ko`plab ishlab chiqarish mumkin. Ma‘lumotlar antropometrik tekshiruvlar asosida olinadi. Tekshirishlar maxsus programma bo`yicha olib boriladi. Natijalar kiyim andozalash uchun o`lcham tipologiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Har bir antropometrik tekshirish o`z uslubiga ega.
a) Antropometrik uslub tamoyillari.
To`g`ri ma‘lumotlar olish uchun o`lchashlar metodikasi ishlov berishni talab etadi. O`lchashlarni o`tkazayotgan shaxslar o`lchash texnikasini mukammal egallagan bo`lishlari kerak. Chunki bunda har bir nuqtaning aniqligi va o`lchash yullarining qat‘iyan o`xshashligi talab qilinadi.
Gavda o`lchamlari o`lchanayotgan odamning holatiga bog`liq, shuning uchun barcha o`lchashlar bir xil holatga olib boriladi:
a) O`lchanayotgan odam to`g`ri, hech qanday zo`riqmasdan, odatdagi qomatini saqlab turadi;
b) Bosh aniq bir tekislikda belgilanadi;
s) Qo`llar gavda bo’ylab pastga tushirilgan, barmoqlar pastga cho`zilgan;
d) Oyoqlarning tizzalari to`g`ri, tovonlari birgalikda, oyoqlarining uchi ayrim holatda bo`ladi.
e) O`lchashlar yalang`och gavda bo’ylab o`tkaziladi;
f) Har bir odamni ikkita mutaxassis tekshiradi.
Biri o`lchaydi, ikkinchisi esa yozib boradi. Yozayotgan kishi asbobning holati va o`lchanayotgan kishining turish holatini ko`rib turadi.
Antropometrik tekisliklar, o`qlar, chiziqlar va nuqtalar. Odam gavdasi fazoda qurilgan. Juda murakkab geometrik figura bo`lgan odam tanasini fazoda o`rganishda chiziqlar va tekisliklardan foydalaniladi.
Bosh chiziqlar – bu 3 ta: 1 ta vertikal, 2 ta gorizontal o`qlardir. Bu o`qlardan tashqari 3 ta tekislik bor: 2 ta vertikal va 1 ta gorizontal tekisliklar. Tekisliklar o`zaro perpendikulyardir.
Frontal tekislik F – bu vertikal tekislik bo`lib, odam gavdasining old va orqa qismlariga bo`ladi.
Sogital tekisligi S – (vertikal) odam gavdasini o`ng va chap qismlariga bo`ladi, (frontal) tekislikka perpendikulyar.
Transversal (ko`ndalang) – gorizontal tekislik (F.S.ga perpendikulyar) va odam gavdasini yuqori va pastki qismlarga bo`ladi. Bu tekisliklarga odam gavdasida joylashgan nuqtalarni proektsiyalash mumkin. Bu antropometrik nuqtalardir. Nuqtalar orasidagi chiziqlar antropometrik chiziqlar deb ataladi.
Antropometrik nuqta deb – odam gavdasida joylashgan va aniq ko`rinadigan do`nglik va chuqurlikka mos keladigan nuqtalarga aytiladi. Bu nuqtalar o`lchovlarni to`g`ri olishda mo`ljal bo`ladi. Quyidagi keltirilgan antropometrik nuqtalardan o`lchashda foydalaniladi. Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar. Odam gavdasining shakli murakkab. Uning o`lchamlarini aniqlashda turli usullardan foydalaniladi.
1 – usul. Nuqtalar orasidagi masofani 3 tekisliklardan biriga proektsiyalab o`lchash ko`ndalang diametr yoki diametr deb ataladi. Bu ko`ndalang o`lchamlar gavda va uning alohida o`lchamlari uzunliklarini aniqlaydi. Gavdaning alohida o`lchamlari nuqtalarning yerdan o`lchangan balandligining ayirmasi kabi topiladi. Bundan tashqari, bu usulda old-orqa proektsion diametrlari bor. Bularning ko`krak, bel, emizak nuqta va h.k. past balandligidagi chiziqlar. Ko`ndalang proektsion diametrlar bo`lib, bular bel, son, ko`krak, bo`yin va h.k. diametrlardir. Bu o`lchamlarning hammasi chiziqli o`lchamlar deyiladi. Bu o`lchamlar 3 ta tekislik sistemasida aniqlanadi.
2 – usul. Ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topish. Bu o`lchashlar to`g`ri (skvoznoy) diametrlar nomini olgan. Masalan: 2 ta akromial nuqtalar orasidagi masofa – chanoq kengligining diametri hisoblanadi.
3 – usul. O`lchash tana sirti bo`ylab o`tkaziladi, yoyli o`lchash. Bu bel, son, bo`yin va h.k. aylanasi. Bundan tashqari, bu yerga tana sirti bo`ylab, o`lchanuvchi ko`krak, orqa kengliklari, orqaning belgacha uzunligi kabi ko`ndalang va bo`ylama o`lchamlar kiradi. Bular antropometrik o`lchamlardir.
Kiyim andozalashda ishlatiladigan antropometrik belgilar va antropometrik asboblar. Kiyim andozalashda o`lchov belgilari kishi jussasidan o`lchanadi. O`lchov belgilarini to`g`ri aniqlash uchun antropometrik nuqtalarga belgi qo`yib chiqish zarur. O`lchov belgilari quyidagilarga bo`linadi:
1. Bo`ylama: (uzunliklar: oldning belgacha uzunligi, yeng uzunligi, buyumning uzunligi);
2. Ko`ndalang: (kengliklar: orqa ko`krak kengligi, yelka qiyaligi kengligi va h.k.);
3. Aylanalar: (bel aylanasi, 1-, 2-, 3-ko`krak aylanasi, bo`yin aylanasi va h.k.);
4. Diametrlar: (bo`yin, ko`krak, bel diametrlari, olddan va yon tomondan ko`rinishi);
5. Proektsion o`lchovlar: korpusning holati, bel uymasi, yelka balandligi va h.k.).
Ushbu o`lchovlar belgilarini olishda ishlatiladigan asboblar quyidagilardir:
1. Bo`y o`lchagich (uzunlik o`lchovlarini oladi, turgan, o`tirgan, yotgan (emizikli yoshda) bo`yni o`lchaydi);
2. Antropometr – bo`ylama va kenglik o`lchovlarini olishda xizmat qiladi.
3. Yug`on tsirkul – diametrlarni o`lchashda ishlatiladi;
4. Ganiometr – gavda harakatlanganda hosil bo`ladigan o`lchamlarni aniqlashda ishlatiladi;
5. Santimetrli lenta – aylana o`lchovlarini aniqlashda ishlatiladi;
6. Proektsion o`lchovlarni aniqlashda ishlatiladigan bir qancha uchburchak lineykalar ishlatiladi.
|
| |