|
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati
|
bet | 3/8 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 44,89 Kb. | | #233882 |
Bog'liq Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi Xavfsizlik psixologiyasi psix-fayllar.orgInsonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati
Reja:
Ochiq axborot kommunikativ tizimlarida shaxsning kо‘nikmalarini
Shaxsning ma’naviy – axloqiy takomili va о‘zini о‘zi himoya qilish
Shaxs, jamiyat, davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari
“Axborot jamiyati" — alohida izoh talab etadigan so’z birikmasi. U hozir nafaqat olimlar davrasida, balki matbuot sahifalarida ham bot-bot tilga olinmoqda — jamiyatning kelajagi shu tushuncha bilan bog‘lanayotir. Lekin jamiyat rivojida axborot texnologiyalari roli yanayam ortib borishi haqidagi ba’zi va’zlar inobatga olinmasa, bu borada hali ilgari siljish ko’zga tashlanayotgani yo’q. Qolaversa, "axborot jamiyati" atamasini har kim o’zicha tushunib, istifoda qilmoqda.
Vaholanki, axborot jamiyati shundoqqina bo’sag‘ada turibdi va uning qanday kutib olinib, qanday talqin etilishi XXI asr tamadduni mazmuniga ko’p jihatdan ta’sir ko’rsatadi. Biz hali ko’p bor bu hodisa mag‘zini chaqishga urinishimizga to’g‘ri keladi. Lekin hozirdanoq shuni aniq aytish mumkinki, axborot jamiyati insoniyatning aqlga tayangan say-harakatisiz Yer yuzida o’z-o’zicha qaror topa olmaydi. Ax-borotlashtirishning zaxira imkoniyatlari sayyoraviy hamjamiyat baxt-saodati yo’lida xizmat qilmog‘i uchun bu hamjamiyat tuzilmasidagi ba’zi bo’g‘inlar, ayniqsa, ongimizdagi qoliplar isloh etilishi lozim.
Bunday jamiyatni barpo etishga doir umumiy rejani ishlab chiqishga chog‘lanishdan avval "axborot jamiyati" tushunchasining o’zini anglab va bu boradagi tasavvurlarni bugungi ijtimoiy rivojlanish tamoyillari bilan bog‘lab olish zarur. Modomiki, ushbu tushunchaga turlicha, ba’zan hatto qarama-qarshi ma’no yuklanayotgan ekan, ishni shu haqda bahsu munozara ochib, nuqtai nazarlarni qiyoslab olishdan boshlash eng maqbul yo’ldir. Faqat shu yo’l bilan muammoni jamoatchilik ongi va qalbiga yetkaza olish mumkin. Ushbu maqola ham jamiyatning ijtimoiy va texnologik tadrijidagi hozirgi bosqichga doir ko’plab nuqtai nazarlardan biri bilan tanishtiradi.
Ayni vaqtda bizni qiziqtirayotgan masala bo`yicha ikkita qarama-qarshi fikr mavjud. Dastlabkisiga ko’ra, insoniyat o’z taraqqiyotida "axborot jamiyati" deb atash mumkin bo’lgan bosqichga qadam qo`ydi va u halizamon postindustrial jamiyat o’rnini ishg‘ol etadi yoki hozirdanoq bu o’rinni egallay boshladi. Kompyuter texnikasi, fazoviy aloqa, axborot texnologiyalari va hokazolarning bemisl rivoj topgani shundan dalolat beradi. Bundan tamoman farq qiluvchi keyingi qarashga ko’ra esa, axborot jamiyati faqat uzoq kelajakka daxldor hodisa. Shuning uchun uning xususiyatlari haqida bahs yuritishga ham hali erta. Bu nuqtai nazar bo`yicha, axborot sohasida biz guvoh bo’lib turgan jarayonlar aslida post-industrial jamiyatning anchayin takomilidan o’zga narsa emas.
Menimcha, axborot jamiyati haqida bahs ochishning mavridi allaqachon kelgan. Chunki, boya aytganimizdek, insonlar bu jamiyatni qanday tasavvur etishi ijtimoiy munosabatlar shakllanishiga va alal-oqibat sivilizatsiya taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Qolaversa, bu faqat mutaxassislargina muhokama etadigan masala bo’lmay, butun insoniyat bosh qotirishi zarur sanalgan muammodir. Axborot jamiyatiga hozirgi voqelik deb qarab, fikr yuritish uchun esa hali ancha-muncha kuch-g’ayrat sarflashga to’g’ri keladi.
Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish jadal o’smoqda, ekologik vaziyat o’zgarib bormoqda, iqtisodiy integratsiya quloch yoymoqda. Texnika yutuqlari sayyoraviy hamjamiyatning jug’rofiy-siyosiy va ijtimoiy tabiati yangilanish sari yuz tutishiga sabab bo’lmoqda. Shunday vaziyatda ertangi taraqqiyotning muqobil yo’llarini bashorat qila bilish hamda bizni o’z bag’riga tortayotgan jarayonga ta’sir ko’rsata olish salohiyatimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, inson hayotining barcha sohalarini axborotlashtirish barobarida bu hodisaning ijtimoiy taraqqiyot bilan aloqasini muhokamaga tortish bugunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Axborot jamiyatiga qadam qo’yishni faqat elektron va kompyuter muhandisligiga bog’lab qo’yish to’gri emas. Menimcha, uning tarix sahnasiga chiqishini jamoaviy umumsayyoraviy aql qaror topishi va tamaddun yangi sifat bosqichiga ko’tarilishi bilan bog’liq holda tushungan ma’qul. Axborot jamiyatini barpo etish shu qadar mushkul vazifaki, uni ado etish jarayonida har qanday tasodifga shay turish lozim. Bu yo’lda katta-kichik xavf-xatarga duch kelishimiz aniq va, ayni chog`da, ularni yengish uchun bizda yetarlicha aql va iroda ham mavjud.
Men axborot jamiyati haqidagi o’z qarashlarimni ifodalab berish uchun dastavval fan-texnika taraqqiyotining so’ngi holatini, uning dunyodagi iqtisodiy-siyosiy va jug’rofiy-siyosiy vaziyatga ta’sirini hamda jamoaviy umumsayyoraviy aql istilohining ma’no-mohiyatini qanday tushunishim xususida so’zlab berishim kerak bo’ladi.
Bugun jamiyatni axborotlashtirish va kompyuter texnikasidan foydalanishda yutuqlar garovi bo’lgan dasturiy vositalar majmui — sun’iy intellekt haqida ko’p gapirilmoqda. Ishlab chiqarish sohasida axborotlashtirish bilan bog‘liq butun boshli tarmoq vujudga keldi. U ilmiy izlanishlarning yangi yo’nalishlari va, hatto, yangi madaniyat paydo bo’lishiga zamin hozirladiki, oqibatda ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ma’naviy hayot ham tubdan o’zgarmoqda. Bu jarayon borgan sari jadallashib boryapti, ayni choqda u barcha tadrijiy jarayonlar kabi stixiyali ro’y bermoqda.
Hozirda ishlab chiqarish sohasini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmay qoldi. Bu holni XVIII asrda kishilik jamiyatiga suron solib kirib kelgan va tarix yo’nalishini tubdan o’zgartirib yuborgan bug’ mashinasiga qiyoslash mumkin. Mazkur ixtiro tufayli yuz yilning nari-berisida butun hayotiy andozalar o’zgarib ketgan edi. Hozir ham shunga o’xshash jarayon sodir bo’lmoqda va uning XVIII asrdan yagona farqi — hayotimizda yuz berayotgan o’zgarishlar yanada tezkorligidir. Keling, o’zimiz shohidi bo’layotgan jarayonlarning ayrim jihatlariga nazar tashlaylik.
Bugun ishlab chiqarishda har xil aniq texnologiyalar yuksak mavqe egallamoqda va ular orqali sun’iy intellekt hamda axborot texnologiyalari (shu jumladan, kompyuterning zaxira imkoniyatlari) mahsulot yaratishga jalb etilmoqda. Bunday texnologiyalar samarasi hozirdanoq ko’zga yaqqol tashlanib qoldi. Misol tariqasida detallarni biriktirish aniqligi olinsa, bu zamonaviy kompyuter va elektron o’lchov asboblarisiz erishish dushvor bo’lgan yuqori aniqlikdir. Yoki materiallar chastotasi olinsa, bu ham shunday vositalarsiz tasavvurga sig‘maydigan o’ta yuqori chastotadir. Mabodo endi inson aybi bilan biror falokat ro`y bersa ham, bu bemisl bir falokat bo’ladiki, uni jilovlab olish va bartaraf etish ertangi kunning og’ir va dolzarb muammosiga aylanadi. Qolaversa, bunday falokatlarni ham axborot texnologiyalaridan foydalanmay turib hal etib bo’lmaydi.
Texnika va texnologiya sohasida roy berayotgan yuksalishlar jamiyat taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi, uning ustun yo’nalishlari, hattoki ijtimoiy tabiatini o’zgartirib yuboradi. Malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati yuzaga keladi va "ishchi"larning bunday toifasi soni ortib boradi. Tabiiyki, ishlab chiqarish sohasida muvaffaqiyatni ta’minlovchi mutaxassisni tayyorlashga ko’p vaqt va mablag’ sarflashga to’g’ri kelsa hamda butun jamiyat taqdiri alal-oqibat ularga chambarchas bog’liq bo’lib qolsa, bu toifa jamiyat uchun alohida ahamiyat kasb eta boshlaydi. Buning ustiga, u mehnatga yaroqli aholining ko’pchiligini tashkil etsa, butun ijtimoiy jarayonlarni jadallashtirib yuboruvchi ijobiy aks ta’sir ham yuzaga keladi.
|
| |