|
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
|
bet | 2/8 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 44,89 Kb. | | #233882 |
Bog'liq Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi Xavfsizlik psixologiyasi psix-fayllar.orgFoydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
1.www.fayllar.org
2.H.X.Razzoqov, Sh.A.Mamasov. Hayot faoliyati xavfsizligi o`quv qo`llanma-T.:”Fan va texnologiya”,2019
3.G.T.Iskandarova “Mehnat gigiyenasi”-2019
Xulosa
Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning darajasiga asoslanadi. Psixik kuchlanish ma'lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiy ta'sir qiladi. Aktivlashishning kritik darajagacha ko'tarilishj, mehnat natijalarining pasayishiga, ba'zan ishchanlikning to'liq yo’qolishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning me'yoridan oshgan shakli chegaradan chiqishi haqida o`rganib chiqdi.
O’zbekiston Respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi
Reja:
Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi
MEHNATNI MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDA
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
II BO‘LIM. MEHNATNING MUHOFAZA QILINIShINI TA’MINLASh
III BO‘LIM. IShLOVChILARNING MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR HUQUQLARINI RO‘YoBGA ChIQARIShDAGI KAFOLATLAR
IV BO‘LIM. MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR QONUNLAR VA BOSHQA ME’YORIY HUJJATLARGA RIOYA ETILIShI USTIDAN DAVLAT VA JAMOATChILIK NAZORATI
V BO‘LIM. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh TO‘FRISIDAGI QONUNLAR VA BOShQA ME’YoRIY HUJJATLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-sonli “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’i nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Fuqarolarning mehnatni muhofaza qilinishiga bo‘lgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatni muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar.
2-modda. Mehnatni muhofaza qilish. Mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
3-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘ladi.
Ushbu Qonun mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning a’zolari, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.
4-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati: korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish; mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash; korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish; fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish; ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlari bilan bep ul ta’minlash; korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish; ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsiplariga asoslanadi.
5-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
10-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash. O‘zbekiston Respublikasida davlat va korxonalar oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligi turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va o‘quvchilar mehnatni muhofaza qilish kursini albatta o‘tishlarini tashkil etishlari kerak.
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xo‘jalik boshqaruvi idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini ta’minlaydilar. Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.
|
| |