|
Mavzu 12. BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslaxasi, o‘qotar qurollar va granatomyotlarga tehnik xizmat ko‘rsatish. (4 soat)
|
bet | 65/74 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #133527 |
Bog'liq Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish Mavzu 12. BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslaxasi, o‘qotar qurollar va granatomyotlarga tehnik xizmat ko‘rsatish. (4 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). Qurol-yarog‘larga texnik xizmat ko‘rsatish vazifasi, turlari va ularni qisqa tavsifi.
Qurol-yarog‘larga texnik xizmat ko‘rsatish, vazifasi, turlari va ularni qisqa tavsifi xamda texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazish tartibi. Jangovar mashinasi qurol-yarog‘lari kompleksi, o‘q otar qurollar va qo‘l granatomyotlariga otishdan so‘ng xizmat ko‘rsatish uchun foydalanish materiallari, asboblar, jihozlar va buyumlar; ularning vazifalari va tuzilishi; ishlarni o‘tkazish usullari va yo‘llari. Texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazish tartibi. Jangovar mashinasi qurol-yarog‘lari kompleksi, o‘q otar qurollar va qo‘l granatomyotlariga otishdan so‘ng xizmat ko‘rsatish uchun foydalanish materiallari, asboblar, jihozlar va buyumlar; ularning vazifalari va tuzilishi; ishlarni o‘tkazish usullari va yo‘llari. Otishma, dala mashg‘ulotlari va o‘quvlardan so‘ng qurol-yarog‘larga xizmat ko‘rsatishda bajariladigan ishlar ro‘yxati.
Mashg‘ulot 2 (2-soat, amaliy). Otish vaqtidagi oddiy tutilishlar va ularni bartaraf etish usullari.
Jangovar mashinalar qurol-yarog‘lari kompleksi, o‘q otar qurollar va qo‘l granatomyotlarini jangovar qo‘llashga tayyorlash. Bajariladigan tadbirlarning mo‘ljallanishi va ro‘yxati. Qurolni (avtomat, pulemyot, to‘p) normal otish holatiga keltirish qoidasi va tartibi. Nazorat - to‘g‘rilash va nazorat-otib ko‘rish nishonlari ularni mo‘ljallanishi, tuzish tartibi va ulardan foydalanish. Xavfsizlik choralari.
Mavzu 13. O‘q otish mashqlari. (4 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). O‘q otar qurollar, granatomyotlar, minomyotlar va jangovar mashina qurollaridan otish mashqlarini bajarish.
O‘q otar qurollar, granatomyotlar, minomyotlar va jangovar mashina qurollaridan otish mashqlari shartlari. Joyida turib, qisqa to‘xtab va yurgan holda harakatsiz (paydo bo‘luvchi) va harakatlanuvchi nishonlarga otishda dastlabki qo‘yilmalarni belgilash qoidalari. Otishga tuzatishlar kiritish, yo‘nalish va balandlik (uzoqlik) bo‘yicha tuzatishlar kiritish usullari va ularni qo‘llash tartibi.
|
| |