|
-modul: Motoo‘qchi guruhining zirxli texnika qurollari
|
bet | 63/74 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #133527 |
Bog'liq Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish 2-modul: Motoo‘qchi guruhining zirxli texnika qurollari.
Mavzu 9. Motoo‘qchi guruh o‘q otishini boshqarish (6 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). Motoo‘qchi bo‘linmani otishini boshqarish.
Otishni boshqarish asoslari, ta’rifi va mohiyati. Jangda otishni boshqarish bo‘yicha bajariladigan asosiy tadbirlar. Kunduzi va tunda turli vaziyatlarda jang olib borishda otishni boshqarishni usullari va yo‘llari.
Motoo‘qchi seksiyasini mudofaaada va hujumda otishini boshqarish. O‘t otish tizimini tashkillashtirish bo‘yicha seksiya komandirining ishi: jang maydonini kuzatish, otish istehkomlarini jihozlash, kunduzi va tunda otish uchun dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash. Otish kartochkasini tuzish.
Otishni boshqarish bo‘yicha mashqlar (vazifalar) yechish.
Mashg‘ulot 2 (2/2-soat, amaliy). Motoo‘qchi guruhini otishini boshqarish.
Motoo‘qchi guruhni mudofaaada va hujumda otishini boshqarish. Guruhni o‘t otish tizimini tashkillashtirish bo‘yicha komandirning ishi. Guruh o‘t otishini boshqarishning ko‘rinish cheklangan sharoitlarda, shaharda, tog‘larda, o‘rmonlarda va cho‘l hududlarida o‘ziga xos xususiyatlari. Uzoq masofaga otishni olib borish.
Kunduzi va tunda mudofaaa va hujum jangini olib borishda guruhni otishini boshqarish bo‘yicha mashqlar bajarish.
Mashg‘ulot 3 (2-soat, amaliy). Motoo‘qchi vzvod otishini boshqarish.
Motoo‘qchi vzvodni mudofaaada va hujumda otishini boshqarish. Jangda otish tizimini tashkillashtirish bo‘yicha vzvod komandirini ishi. Jangda har xil sharoitlarda shaharda, tog‘larda, o‘rmon va cho‘l joylarida vzvodni otishini boshqarish. Kuchaytirish vositalari va qo'llab quvvatlovchi va biriktirilgan otish vositalariga vazifalar qo‘yish. Uzoq masofaga otish jangini olib borish.
Vzvodni, kuchaytirishga berilgan va madad beruvchi otish vositalarini otishini boshqarish bo‘yicha mashqlar bajarish.
Mavzu 10. Jangovar mashinalar qurollari (4 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslahasining tarkibi, vazifasi, jangovar xususiyatlari va umumiy tuzilishi. Jang maydonida namunaviy nishonlarni aniqlash va yo‘q qilish imkoniyatlari.
|
| |