|
III. Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari
|
bet | 59/74 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #133527 |
Bog'liq Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish III. Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari
T/r
|
Mavzu nomi
|
Umumiy soatlar soni
|
O‘quv yigini davrida
|
Fan bo‘yicha jami
|
Fakultetda
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Seminar
|
Guruh mashg‘ulotlari
|
Amaliy mashg‘ulotlari
|
|
Harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti
|
30
|
30
|
14
|
16
|
|
|
|
|
Taktika
|
238/80
|
210/52
|
72
|
50
|
16
|
72/52
|
28/28*
|
|
Otish tayyorgarligi
|
66/22
|
60/16
|
30
|
|
|
30/16
|
6/6*
|
|
Harbiy topografiya
|
30
|
30
|
|
|
|
30
|
|
|
Texnik tayyorgarlik
|
72/22
|
60/10
|
|
|
|
60/10
|
12/12*
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlari
|
34
|
30
|
|
|
|
30
|
4*
|
|
Saf tayyorgarligi
|
32
|
30
|
|
|
|
30
|
2*
|
|
Harbiy-tibbiy tayyorgarlik
|
2
|
|
|
|
|
|
2*
|
|
Davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish
|
24
|
|
|
|
|
|
24*
|
Jami:
|
528/124
|
450/78
|
116
|
66
|
16
|
252/78
|
78/46*
| Ilova: - maxrajda ko‘rsatilgan mashg‘ulotlar yarim guruh tarkibida o‘tkaziladi.
*- ushbu mashg‘ulotlar o‘quv yigini davrisida o‘tkaziladi.
OTISH TAYYORGARLIGI
1. O‘quv maqsadlari
O‘qotar qurollardan, jangovar mashinalarning kompleks qurol-aslahasidan savodli va to‘liq foydalana oladigan, jangda motoo‘qchi guruh otishiga ishonchli rahbarlik qila oladigan, qurollarning tuzilishi va foydalanish qoidalarini puxta biladigan, ularni o‘q otishga tayyorlay oladigan va o‘qotar qurol hamda jangovar mashinalar qurol-aslahasidan o‘q otib nishonga ura oladigan, o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazish imkonini beradigan metodik ko‘nikmalarga ega bo‘lgan motoo‘qchi qo‘shinlar zahiradagi ofitserini tayyorlash.
O‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talabalar bilishi kerak:
o‘rganilayotgan qurol namunalarining jangovar imkoniyatlari va tuzilishini;
jangovar mashinalar qurol-aslahasi, o‘qotar qurollar va granatometlarni jangovar foydalanish (otish) ga tayyor holga keltirish mazmuni va tartibini;
motoo‘qchi bo‘linmalar qurol-aslahasidan foydalanish, saqlash va asrash
qoidalarini;
jangovar mashinalar qurol-aslahasi, o‘qotar qurollar va granatometlardan otish asoslari, usullari va qoidalarini;
motoo‘qchi bo‘linmalar otish tayyorgarligini tashkil qilish va metodikasini, o‘q otish kursining asosiy qoidalari, qurorl-aslaha bilan harakat qilganda xavfsizlik
choralarini bilishi;
bo‘linma qurol-aslahasini jangovar foydalanishga tayyorlash, unga texnik xizmatni tashkil qilish va o‘tkazish;
motoo‘qchi guruh o‘q otishiga savodli rahbarlik qilish, o‘qotar qurollar va jangovar mashinalar qurol-aslaha komplekslarining jangovar imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish;
jang maydonida nishonlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni o‘qqa tutish, otish qoidalarini ishonch bilan qo‘llash va otish mashqlarini bajarish;
shaxsiy tarkib bilan o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazish, normativlarni bajarish va xavfsizlik choralariga rioya etish ko‘nikma va malakalarini egallashi lozim.
2. Tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar
Qurollarning moddiy qismini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar moddiy qismda maxsus sinflarda, parkda, o‘q otish shaharchasida, qo‘shin o‘q otish maydonida o‘tkaziladi.
O‘q otish bo‘yicha mashg‘ulotlarni ta’minlash uchun o‘quv o‘qotar qurollari va granatometlari, o‘quv jangovar mashinalar minoralaridan, amaldagi agregarlar,
qurilmalar (priborlar), trenajerlar, turli maketlar, elektrlashtirilgan stendlar, sxemalar, boshqa ko‘rganzmali qurollar va o‘qitishning texnik vositalaridan foydalaniladi.
Mashg‘ulotda shartli dushman armiyalari qurol-aslahhalari asosiy namunalarining tuzilishi va jangovar foydalanish usullarining qisqacha qiyosiy tahlili beriladi.
O‘quv savollarini ishlashda og‘zaki bayon qilishni qurol-aslahaning qism va mexanizmlarining tuzilishi va ish tartibi, uni yoyish va yig‘ish usullarini amaliy namoyish qilish bilan birga olib borish, mashg‘ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish, umuman, qurol-aslaha kabi uning elementlarining jangovar xususiyatlari va texnik xarakteristikalarini jangovar foydalanish tamoyillari bilan; tuzilishini o‘rganishni esa foydalanish qoidalari bilan uzviy bog‘liqlikda olib borish lozim.
Olingan bilimlarni talabalar qurol-aslaha yonida va qurol bilan amaliy
harakatlarni bajarish vaqtida mustahkamlaydi, o‘q otish mashqlarida, otishlarda, taktik va metodik tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda, texnikaga xizmat ko‘rsatish soatlarida, shuningdek, qurol-aslahadan foydalanish bilan bog‘liq boshqa mashg‘ulotlarda takomillashtiradi.
Har bir talabada bo‘linma qurol-aslahasini dangovar foydalanishga tayyorlash, jang (otish) dan keyin unga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Xavfsizlikka rioya etish maqsadida har bir mashg‘ulotni boshlashdan oldin, mashg‘ulot davomida va undan keyin qurol va o‘quv o‘q-dori ko‘zdan kechiriladi.
Mashqlar va otish mashqlarini bajarishdan oldin otish qoidalarini o‘rganish lozim. Mashg‘ulotlarda otish qoidalarini otish usullari bo‘yicha bayon qilish, ularni asoslab berish va otish mashqlarida mustahkamlash kerak. Talabalarning o‘q otish
qoidalarini chuqur tushunib etishi va ulardan o‘q otish vazifalarini bajarishda ongli foydalanishiga erishish zarur.
O‘qotar qurol va motoo‘qchi bo‘linmalar jangovar mashinalaridan otish usullari, qurollanishdagi harakatlar, aniq o‘q otishni mustaqil olib borish ko‘nikmalari o‘q otish mashqlari, otish va taktika bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishlanadi va takomillashtiriladi.
O‘q otish mashqlari (trenirovkalar) o‘q otish shaharchasi yoki o‘q otish maydoni (strelbishe) da o‘tkaziladi. Ular kompleks tashkil qilinishi va o‘q otish tayyorgarligining barcha: nishonlarni razvedka qilish va uzoqlikni (masofani) aniqlash; qurol-aslaha yonida harakatlar; mustaqil aniq o‘q otish va tayyorlov mashqlarini bajarish yo‘li bilan o‘q otish vazifalarini mustaqil hal qilish ko‘nikmalari; bo‘linmalar o‘q otishini boshqarish; o‘quv-mashq vositalarini o‘rganish va foydalanish; qurol-aslahani otishga tayyorlash; jangovar tayyorgarlik bo‘yicha normativlar to‘plamida belgilangan normativlarni yuajarishni o‘z ichiga olishi lozim.
Ko‘rgazmali mashgulotlar harbiy texnika, qurol aslaxa va o‘quv texnik vositalari va ulardan samarali foydalanishning namunali usullarini namoyish etish maqsadida o‘tkaziladi.
O‘q otish mashqlari mazmuni o‘quv yiliga o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar mavzulari bo‘yicha belgilanadi va harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i
tomonidan tasdiqlanadi. Har bir mashq mazmuni, tashkil qilinishi va o‘tkazish metodikasi talabalarning o‘q otish vazifalarini (tezkor yig‘ilish o‘tkazish bilan) mustaqil hal qilish, bo‘linmalar o‘q otishiga boshchilik qilishga oid yangi ko‘nikmalarni egallashi va eskilarini takomillashtirishini ta’minlashi lozim. O‘q otish mashqlari uchun tayyorlov mashqlari harbiy ta’lim fakulteti tomonidan Otish kursi talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va taktik sharoitda ishlanadi.
O‘quv otish mashqlarini bajarishda qurolni otishga tayyorlash, nosozliklarni otish chog‘ida aniqlash va bartaraf qilish, normativlarni bajarish, uzoqliklarni kuzatish bilan nishonlarni aniqlash, otish natijalarini kuzatishga doir o‘quv savollari ishlanadigan o‘quv joylari tashkil qilinadi.
Talabalarni motoo‘qchi guruhning hujum va mudofaaada o‘q otishiga rahbarlikka o‘rgatish rejali mashg‘ulotlar, o‘q otish mashqlari, taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari va otish vaqtida amalga oshiriladi.
O‘q otishga rahbarlik bo‘yicha har bir mashg‘ulot uchun turli o‘qotar qurol va BTR-80 dan burcha usullar bilan erusti va havodagi nishonlar bo‘yicha o‘q otishni talab qiladigan taktik sharoit yaratilishi kerak.
Talabalarda shaxsiy tarkib bilan o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha metodik ko‘nikmalarni shakllantirish muhim vazifa sanaladi. U metodik tayyorgarlik bo‘yicha rejali mashg‘ulotlar davomida, o‘q otish mashqlarida, otish o‘tkazilganda, talabalar navbat bilan o‘quv joylari rahbari etib tayinlanadigan amaliy mashg‘ulotlarda olib boriladi.
Talabalarning mazkur o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari OTM reyting tizimi asosida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish davomida baholab boriladi. Kurs yakunida davlat attestatsiyasi o‘tkaziladi.
|
| |