|
Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalarning qo‘llashning hozirgi holati
|
bet | 2/3 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 231,55 Kb. | | #118499 |
Bog'liq Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalarning qo‘llashning hozirgi holati
Jismoniy tarbiyaning ixtisoslashtirilgan jarayonlari turlaridan biri kasbiy jismoniy tayyorgarlik bo‘lib, shaxsning jismoniy hamda ruhiy fazilatlarini rivojlantirishga, shuningdek, harakat, mahorat va malakalarini kasbiy faoliyatning aniq xususiyatlariga moslab shakllantirishga qaratilgandir.
Har bir kasb bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik turining vazifasi va mazmuni aniq kasb
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, faoliyat qanday sharoitda o‘tayotganidan kelib chiqadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi o‘quvchilar faqat dastur materiallari bilan chegaralanadigan o‘quvchilar oldida jismoniy sifatlar rivojlanishida talaygina ustunlikka egadirlar.
Shuning uchun o‘quvchilar oldiga o‘quv me’yorlari hamda “Alpomish va Barchinoy” maxsus test me’yorini topshirishda jismoniy sifatlarni muayyan darajada rivojlantirish uchun aniq vazifalar qo‘yiladi:
sport ixtisosligi talablari bilan bog‘langan sifatlar o‘sishini ta’minlash;.
litsey va kollej o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash bo‘yicha vazifalarni tabaqalashtirish professional faoliyat talablari bo‘yicha yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Bilishi zarur. Turli soha kishilarining muqobil harakat tartibi (kasb-hunar yo‘nalishida), mustaqil mashg‘ulotlar uslubi, yuklamalar, qon tomiri urishi
(puls), muqobil kun tartibi (rejim), ovqatlanish, organizmning tiklanishi uchun uqalashlar (massaj).
Bajarishi kerak. O‘z mutaxassisligini hisobga olib ishlab chiqarish gimnastikasi majmuini bajara olish. O‘z-o‘zini uqalash (massaj qilish) usullarini bajara olish, musobaqalarda hakamlik qilish. Turli sport bayramlari, musobaqalari va xalq milliy o‘yinlarida qatnashish.
Ta’kidlash kerakki, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning o‘quvchi- talabalari o‘z jamoasining imkoniyatlari, sharoitlari va talablari asosida jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlarini yaxshi bilish bilan birgalikda, ularni kelgusida aholi o‘rtasida targ‘ib qilish yo‘llarini ham o‘rganishda etarli darajada malaka hosil qilishlari lozim.
Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalarning qo‘llashning hozirgi
holati
Hozirgi davrda o‘qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, ta’lim-tarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullardan samarali foydaplanishi davr talabi hisoblanadi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma’naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo‘lib yetishishini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo‘g‘ini sifatida pedagog xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo‘yicha yuksak mahoratga ega bo‘lishlarini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum.
Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so‘zlari ibratlidir:“Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq.Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur.
Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizning mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi
bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim-tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi”
Yuqorida aytganimizdek, ta’lim oldiga qo‘yiladigan talablar nihoyatda ulkan. Ta’lim jarayoniga ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni qo‘llamasdan turib bu talablarni bajarish amri mahol
Biz jismoniy tarbiya darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasini o‘rganish uchun bir guruh jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga (ja’mi 20 o‘qituvchi qatnashdi) quyidagi savollar bilan murojaat qildik:Jadval tahlili shuni ko‘rsatadiki biz tadqiqot olib borgan maktablarning ko‘pchiligida zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish sust kechmoqda.Zamonaviy texnologiyalar deganda ko‘pchilik maktabda kompyuterlarning yo‘qligidan shikoyat qiladilar. Shu bilan ta’limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanmayotganlari oqlamoqchi bo‘ladilar. Vaholanki, ta’limda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning 2 xil usuli bor.Birinchisi kompyuter texnologiyalarisiz, darslarni loyihalashtirib kafolatlangan natijaga erishish
bo‘lsa, ikkinchisi, kompyuterlar yordamida darslarni tashkil etish.Demak kompyuterlarsiz ham zamonaviy texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish mumkin.Darsning xarakterli tomonlari, uning jismoniy tarbiyaning boshqa shakllaridan farqlanishi quyidagilardan iborat.
Aniq ifodalangan, didaktik yo‘lantirilganligi, ta’lim vazifasining hal etilishi bilan shartlanganligi.Predmetni o‘rgatish va o‘quchilarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan o‘qituvchining rahbarlik roli.O‘quvchilar faoliyatini va yuk me’yorlarini qa’tiy
o‘rganish va belgilash.Shug‘ullanuvchilarning doimiyligi va ularning yoshining bir xilligi.Bunday o‘rgatish jarayoni tashkil etish zamonaviy jismoniy tarbiya darsiga ma’lum talablarni qo‘yadi.
O‘qituvchi har bir darsni yuqori darajadagi g‘oya bilan ta’minlanishi shart. Shuning uchun zamonaviy darsni kompleks vazifalar bilan rejalashtirish zarur. Vazifalar aniqlashtirilgan va dfferensiallashgan bulishi kerak. Bular alohida psixik va o‘quvchilar rivojlanishining jismoniy xususiyatlari bilimlari asosida olib borilmog‘i zarur.
Har bir dars avvalgi va keyin o‘tiladigan darslar bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, dars tizimini tashkil etishi kerak. O‘qituvchilar yangi materialni o‘rganishda oldin o‘tilgan materialni qaytalash va mustaxkamlash hamda keyingi materialni o‘zlashtirib olishga tayyorlash kerak. Bunday sistemalar o‘quv vazifalarni hal etilishini ketma-ketligini ta’minlaydi.
Zamonaviy dars o‘quvchilar faoliyatini yaxshi mustaqil tashkil etilganligi bilan farqlanadi. O‘qituvchi ularni o‘quv ishlarini bilim malakalar bilan ketma-ket qurollantiradi, mustaqil bilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish, xarakat madaniyatini shakllanishga erishish, shular bilan birga muntazam jismoniy mashqlar mashg‘ulotiga talabni tarbiyalab beradi.
Bular hammasi rangli ish intizomi asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi foydalanadigan, shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etilishini har xilligi, manbalar, metodlar va usullar zamonaviy dars ko‘rsatmaliligi hisoblanadi. Mashg‘ulotlarni xech qachon bir xil shablonda tashkil etmaslik kerak.
Har bir darsni butun davomida hamma o‘quvchilarni xarakat faoliyatiga eng qulay ravishda erishishlik samaradorlik sharti hisoblanadi.
O‘qituvchi har bir darsda, bilimlarni nazorat qilish tizimi, o‘quvchilar bilim va malakalarini, darsni har bir qismida belgilashi, o‘rgatish jarayoni yakunida baholash va jismoniy sifatini rivojlantirishini mavjudligig ta’minlash zarur.
Darsni o‘tish shartiga ko‘p talablar qo‘yiladi: o‘quv-material, gigiyenik, estetik, iroda–pisxologik va boshqalar.
Zikir etilgan talabalar jismoniy tarbiyani umumiy va metodik prinsiplaridan kelib chiqadi va hamma sinflarda dars o‘tilganda majburiy hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya darslarini loyihalashtirish texnologiyasi Bular darsni uch qismga bo‘lishi sharti bilan bog‘liq: tayyorlov, asosiy va yakuniy. Darsni uch qismga bo‘linishi, u o‘z bir butunligini yo‘qotadi degan gap emas. Aksincha, har bir qism oldindagilardan kelib chiqib keyingilarni mantiqiy to‘ldirib borishi kerak. Har bir qism o‘z vazifasini xal eta borib, darsning oxirgi natijasini samaradorligiga olib kelishi kerak. Shuning uchun alohida qismlarga ajratilgan vaqt va ularning aniq mazmuni, ko‘proq o‘zgaruvchan, chunki ular ko‘pgina omillarga bog‘liq: ma’lum darsda shug‘ullanuvchilarning aniq xolatidan, ularning xususiyatlari,
mashg‘ulotning vazifasi, tanlab olingan mashqlarning o‘ziga xosligi, ishning tashqi sharoiti va boshqalar.
Darsni qismlarga bo‘lgandan so‘ng, darsni tashkil etilishining ikkinchi etapi boshlanadi – jismoniy mashqlarni aniqlash (va ularni ketma-ketligi) darsning umumiy va qism vazifalarini yaxshi xal etish imkoni yaratiladi. O‘qituvchi taxminiy bajarilagn mashqlar orqali, keyingi mashqlarni yaxshi, ijobiy bajarilishi uchun intilishi zarur. Masalan, murakkab koordinatsiyali mashqlarni o‘rganish darsning boshlarida qo‘yiladi. Ularni takomillashtirib borish orqali darsning oxirida ham bajarish mumkin. Tezlikni rivojlantirish uchun berilgan mashqlar, chidamlilik mashqlaridan so‘ng juda past samara beradi. Bir darsning o‘zida salbiy samara beradi. Bir darsning o‘zida salbiy ko‘chishlikka olib keladigan mashqlarni berish maqsadga muvofiq emas.
Darsning tizimining xal etuvchi uchuinchi etapi, dars o‘tish jarayonida foydalaniladigan, pedagog faoliyatini va shug‘ullanuvchilarning har bir pedagog vazifalarni xal etishda o‘zaro aloqasini aniqlashdan iborat. Bunga gruppalarni tashkil etish, ularga vazifalarni qo‘yish, mashg‘ulot o‘rnini almashtirish tartibi, snaryadlarni o‘rnatish, asbob-anjomlarni taqsimlash va to‘plash, mavjud darslarda foydalanilgan xarakatlar.
Shunday qilib, har bir dars mazmuniy, metodik va tashkiliy elementlarning birligidan iborat. Bu birlikni buzishlik, aytilgan elementlarning ahamiyatini tushinmaslik yoki tan olmaslik dars samaradorligini tez pasayishiga olib keladi, belgilangan vazifalarni xal etish imkonini shubxa ostida qoldiradi.
Maktabda pedagogik jamoa yoki metod birlashmalar miqyosida o‘qituvchilarning
o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda o‘quvchi shaxsini
o‘rganish yo‘nalishlari, muloqot usullari, darsda o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari, fanlarni turlicha o‘zlashtirishdagi farqlarni hisobga olish, qulay muhit yaratish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlariga erishish va boshqa masalalar bo‘yicha nazariy, metodik va amaliy tajribalar bilan tanishish, o‘rganish, ommalashtirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlarni vaqti-vaqti bilan o‘tkazib borish lozim. Bu
mashg‘ulotni mavjud sharoit va imkoniyatlarga muvofiq bahs-munozara, trening, ishchanlik o‘yini yoki seminar kabi shakllardan birortasi bo‘yicha o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Birinchi navbatda o‘qituvchi o‘kuvchilarni ijodkorligini rivojlantirish uchun vaziyatni vujudga keltirishga intilmogi zarur. U doimo tashabbuskorlikni, aktivlikni, o‘zaro o‘rgatish, o‘zaro rag‘batlantirib borib, bolalarni yo‘l qo‘ygan xatolari bo‘yicha xisobotini eshitib borishi kerak.
Asosiy qismda o‘qituvchi jismoniy yutuqlarni darajasini yetarli darajadi mashqlarni qaytarib sonini 15- 20 chiqarishi o‘rganilayotganlarini 30-40 oshirishi kerak. Buning uchun imkoniyatni bo‘lgan sharoit material bazadan foydalanishi zarur.
Toza xavoda darsni o‘tayotganda shuni yodda tutish kerakki, sovuq havoda uzoq tushuntirishni cheklab, qisqa ko‘rsatish, jadal mashqlar bilan ta’minlash zarur. Issiq havoda organizmni o‘ta qizishdan saqlab soyada o‘tish, o‘quvchilar xolatiga diqqat bilan e’tibor berib jadal mashqlarni jadallashmagan mashqlar bilan almashtirib borish zarur. O‘rta Osiyo Respublikalarining sharoitida yil davomida toza havoda dars o‘tish mumkin.
Lekin ob-havo tez o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli ikkinchi chorakning dekabr oyi, hamda uchinchi chorakning yanvar, fevral oyining birinchi o‘n kunligida ba’zi bir darslarni (asosan gimnastika bo‘limini) sport zalga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Snaryadlarni o‘rnatish va ularni yig‘ishtirib olishlik, dars davomida amalga oshirilishi kerak. Bu yerda faqat keyingi darsga xalaqit beradigan snaryadlarni yig‘ishtirish mumkin. Snaryadlarni o‘rnatish, asbob-anjomlarni tayyorlash navbatchi va vaqtincha darsdan ozod qilinganlar tomonidan olib borilishi tavsiya etiladi. O‘qituvchi snaryadlarni o‘rnatish va ularni yig‘ishtirib olishda musobaqa tashkil etish mumkin. Mashg‘ulot joyida maxsus taxtada o‘quvchilar faoliyatini tartibga soluvchi o‘quv kartochkalarni qo‘yish mumkin.
Darsning asosiy qismida darsga qo‘yilgan vazifalarni soniga qarab sinfdagi
o‘quvchilar soni, sharoit, imkoniyat albatta xisobga olinishi kerak. Darsni motor
zichligini oshirishga doimo xarakat qilishliktalab etiladi.
Asosiy qismning samaradorligini asosiy sharti edi qulay tushuntirish xolatni ta’minlashdan iborat. Ijobiy tushkunlik faqat o‘rgatishga ta’sir etibgina qolmasdan, jismoniy sifatlari xam muvafaqiyatli takomillashadi. Tushkinlikka o‘yinlar, musobaqa, texnik mag‘balarni, ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash orqali
erishiladi. Bu rejada bebaxo yordamni musobaqa beradi. Bolalar mashqlarni bir maromda,me’yorida,amplitudada bajarishga o‘rganiladi.
Xar bir dars o‘quvchilarni jismoniy sifatlarini tarbiyalashga yordam berishi kerak. Ularni rivojlanishini o‘rganish jarayonida ajratib bo‘lmaydi. O‘quvchi, u yoki bu jismoniy mashqni o‘zlashtirib olib bir vaqtning o‘zida jismoniy sifatlarini xam tivojlantirib boradi. Ammo bu jarayon tabiiy bo‘lmasligi kerak, shuni yodda tutish kerakki, xar qanday sifatni unga ta’luqli bo‘lmagan mashqlarsiz tarbiyalash mumkin emas. Fakat o‘quvchiga doimiy talabni oshirib borishlik, uni jismoniy rivojlanishiga yordam beradi.
|
| |