I. Axborot-tahlil xizmatining vazifalari va funktsiyalari




Download 83.5 Kb.
bet2/5
Sana10.04.2017
Hajmi83.5 Kb.
#3824
1   2   3   4   5
I. Axborot-tahlil xizmatining vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tarmoqlarda va hududlarda islohotlarning borishi monitoringi va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va texnologiya bilan qayta jihozlash dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini tashkil etish;

Investitsiya dasturi, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringi natijalarini umumlashtirish va kompleks taxlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga so’zsiz erishish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

tarmoqlar va hududlar darajalarida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul kilingan qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

import hajmi va turlarini chuqur tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish yo’nalishlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zlashtirish uchun tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ro’yxatlari bo’yicha takliflarni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

horijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shunindek amalga oshirilishi tavsiya qilinayotgan investitsiya takliflari to’g’risidagi ma’lumotlarni potentsial horijiy investorlar va kreditorlarga etkazish;

horijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish masalalari bo’yicha xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda boshqa investorlar bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi bo’yicha shart-sharoitlar yaratishda va chora-tadbirlar bajarilishi monitoringini olib borishda qatnashish.


7. Axborot-tahlil xizmati o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

viloyatni va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat dasturlari va hududiy dasturlarni amalga oshirish masalalari bo’yicha ma’lumotlar bazalari yaratilishi, yuritilishi va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;

o’zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, viloyat hokimi uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari ijrosini, shu jumladan joyiga borgan holda o’rganadi, viloyat hokimiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

viloyat hokimning qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini, ularni ishlab chiqishni hamda kelishishni amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’milaydi;

viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo’yicha yig’ilishlarini tayyorlash bilan bog’liq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi hamda mazkur materiallar to’g’risida viloyat hokimiga axborot beradi, shuningdek viloyat hokimligining tegishli yig’ilish qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

viloyat hokimi tomonidan o’gkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

o’ziga yuklangan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.





Download 83.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 83.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. Axborot-tahlil xizmatining vazifalari va funktsiyalari

Download 83.5 Kb.