IV. Xizmat faoliyatini tashkil etish




Download 83.5 Kb.
bet5/5
Sana10.04.2017
Hajmi83.5 Kb.
#3824
1   2   3   4   5
IV. Xizmat faoliyatini tashkil etish
13. Axborot-tahlil xizmati ishlari viloyat hokimining Ish rejasiga, ushbu Nizomga, viloyat hokimligida ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga, viloyat hokimining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek viloyat hokimligining ish rejalari, Xizmatning ish rejalari, Xizmat rahbari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Axborot-tahlil xizmatiining ish rejalari va Xizmat rahbarining shaxsiy ish rejasi viloyat hokimi tomonidan, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Xizmat rahbari tomonida tasdiqlanadi.


14. Axborot-tahlil xizmati rahbari:

Axborot-tahlil xizmatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o’z mutaxassislari ishlarini tashkil qiladi hamda Axborot-tahlil xizmatiga yuklangan vazifalar, funktsiyalarning bajarilishi va ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;

Viloyat hokimiga kiritilgan Axborot-tahlil xizmati mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo’yicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni ko’rib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;

Viloyat hokimligi majlislarida, viloyat hokimi, uning o’rinbosarlari o’tkazadigan yig’ilishlarda, viloyat komissiyalari majlislarida, viloyat hokimi tomonidan Axborot-tahlil xizmati mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo’yicha o’tkaziladigan yig’ilishlarda qatnashadi;

Viloyat hokimi bilan kelishgan holda Axborot-tahlil xizmati mutaxassislari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Viloyat hokimligida amalda bo’lgan Yo’riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;

Axborot-tahlil xizmati ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish va kasb malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Axborot-tahlil xizmati mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish hamda ularga tanbeh berish to’g’risidagi takliflarni viloyat hokimiga taqdim etadi.

Axborot-tahlil xizmati rahbari vaqtinchalik bo’lmagan taqdirda uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.


15. Axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi:

o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning o’z vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarnint bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, viloyat hokimi va uning o’rinbosarlarining o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi, tegishli masalalar bo’yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;

ma’lumotlar to’g’risida Axborot-tahlil xizmati rahbariga axborot beradi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni o’rganadi, o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;

islohotlarni chuqurlashtirish, viloyatni, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va xizmat rahbariga taqdim etadi;

o’ziga birkktirilgan masalalar bo’yicha viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari o’tkazadigan yig’ilishlarda, viloyat komissiyalari yig’ilishlarida belgilangan tartibda qatnashadi;

tayyorlanayotgan viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig’ilishlar o’tkazadi;

tegishli masalalar bo’yicha etakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.

Axborot-tahlil xizmati rahbari vaqtinchalik bo’lmagan taqdirda uning vazifasini bajaradi.
16. Axborot-tahlil xizmatining etakchi mutaxassisi:

Axborot-tahlil xizmati rahbari va bosh mutaxassisning o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o’z vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi usgidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, shuningdek, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlarining o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha topshiriqlari bajarilishining holati to’g’risida axborotlarni tayyorlaydi va umumlashtiradi;

o’ziga biriktirilgan soha bo’yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, uning to’ldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;

ma’lumotlarni xizmat rahbari va bosh mutaxassisga taqdim etadi;

viloyat boshqarma va tashkilotlari, shahar, tuman hokimliklari tomonidan taqdim etilgan materiallarni o’rganadi, o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;



o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari o’tkazadigan yig’ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

xizmat rahbari va bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan viloyat hokimini qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.

Download 83.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 83.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Xizmat faoliyatini tashkil etish

Download 83.5 Kb.