II. Axborot-tahlil xizmatining huquqlari va javobgarligi




Download 83.5 Kb.
bet3/5
Sana10.04.2017
Hajmi83.5 Kb.
#3824
1   2   3   4   5
II. Axborot-tahlil xizmatining huquqlari va javobgarligi

8. Axborot-tahlil xizmati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Viloyat hokimligida ko’rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni viloyat hokimligining boshqa tarkibiy bo’limlaridan, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so’rash;

davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning, shuningdek viloyat hokimligining tarkibiy komplekslarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo’yicha axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari xamda vakillari ishtirokida yig’ilishlar o’tkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar o’tkazish uchui ekspert xizmatlari tashkil etish;

xalqaro konferentsiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari bo’yicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;

zarurat bo’lganda, viloyat hokimligida ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning, ilmiy muassasalarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;
9. Axborot-tahlil xizmati:

o’ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

viloyat hokimligiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining, viloyat hokimi qarorlari, farmoyishlarini viloyat hokimligi komplekslari, shahar, tuman hokimliklari, boshqarma, tashkilot va xo’jalik boshqaruv organlari tomonidan o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.



Download 83.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 83.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Axborot-tahlil xizmatining huquqlari va javobgarligi

Download 83.5 Kb.