Образование и инновационные исследования (2022 год №11)
ISSN 2181-1717 (E)
357
http://interscience.uz
sayqallab boyitib borish, shaxsda, qat’iy hayotiy pozitsiyani mustahkamlash nazariyani
shakllantirish imkoniyati yuzaga keladi. Ana shu jihatga ko‘ra boshlang‘ich sinfda
ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadga muvofiq tashkil etish, ayniqsa, uni samarali bo‘lishiga
erishish o‘ta mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Insonparvarlik tarbiyasining mazmun
mohiyati, shakl va vositalari, uning asosiy g‘oyalari va yondashuvlar qator olimlarning
ilmiy tadqiqotlarida o‘rganilgan.
Ilmiy adabiyotlarda «insonparvarlik» atamasiga turli-tuman sharhlar keltirilgan.
Ta`lim-tarbiyaning insonparvarlik tamoyillari to’grisida turli nazariyalar mavjud.
Tarbiyani kattalarning ( o`qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar) bolalarga ta`sir ko`rsatishi
sifatida tushunish eng ko`p tarqalgandir. Bunda kattalar to`g’ri deb hisoblaydigan ideallar,
maqsadlar, vazifalar, normalar, talablarga muvofiq ta`sir ko`rsatish ko`zda tutiladi, albatta.
Boshlang‘ich sinfdagi ta’lim-tarbiya jarayoni yaxlit jarayon bo‘lib, uni uyg‘un,
uzluksiz asosda tashkil etilgandagina ruhan va jismonan sog‘lom,
Vatanga sadoqatli
burch va mas’uliyatga ega, insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan, ma’naviy-axloqiy
his-tuyg‘ulari barqaror shakllangan yoshlarnitarbiyalash imkonini beradi. Buning
uchun esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning ilmiy
asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilar rejasiga
kiritilgan»tarbiya» fani orqali o‘quvchilarda ma’naviy-tarbiya indikatorlari va
komptentsiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, malaka, ko‘nikmalar ta’lim
mazmuniga singdirish bugungi kunning dolzarbvazifalaridan hisoblanadi.
MustaqilO‘zbekiston davlati istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab, o‘zining
ichki va tashqi siyosatida insonparvarlik tamoyillariga tayangan holda o‘zxalqi hayotini,
jamiyat faoliyatini shu asosda tashkil etdi.
Mamlakatimizda inson
manfaatlarini himoya qilishga, uni qadrlashga, harbir
insonning shaxsiy barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladigan demokratik munosabatlar
va qadriyatlarga suyangan huquqiy tizim shakllantirilmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadiva
harakatlantiruvchi kuchi inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi,
shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini
yaratish orqali noyob milliy qadriyatlar
hisoblangan insonparvarlik, iymon-e’tiqod,
rahm-shavqat, muruvvat,diyonat, or-nomus kabi fazilatlar egalarini tarbiyalashdir.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurishda mehr-muruvvat tamoyili,bozor
munosabatlari sharoitidagi ijtimoiy himoyada mehr va muruvvatning namoyon bo‘lishini
Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir yilga nom berish orqali
qabulqilinayotgan dasturlar mazmunida ham aks etib bormoqda.
O‘zbekistonda barcha sohalarda olib borilayotgan chuqur islohotlardanko‘zlangan
asosiy maqsad - «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» deganoddiy vaaniq-ravshan
tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyata ega bo‘lgan demokratik davlat va adolatli
jamiyat barpo etishdan iborat»
O‘zbekiston
RespublikasiKonstituttsiyasining18-moddasida»O‘zbekiston
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquqva erkinlikga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati,
tili, dini, ijimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar,
qonun oldida tengdirlar» deyiladi. Qonundagi bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki,insoniylikni
ta’minlash uchun insonga xos bo‘lgan barcha xislatlari e’tibordan chetga qolmaganligini
ko‘rish mumkin. Chunki, insonparvarliknormalari va burchlarining buzilishi o‘zaro
tenglikka salbiy ta’sir ko‘rsatib, shaxs ma’naviy tarbiyasini izdan chiqishiga olib keladi.
Bunga tarixning o‘zi
ham guvoxlik berib, quydagi dalillarni keltirish mumkin.
«Inson tarbiyasi, insonni nuqsonlar,gunohlardan qutqarish ulug‘ ajdodlarimizning
qayg‘usi bo‘lib kelgan. Ular savob va gunoh, soya va nur, rahmon va shayton, xayr-u
shar chegarasida yaratilgan inson degan mubham xilqatni anglash,
unga rahmoniy
va shaytoniy quvvatlarni qachon, qayerdakuchga kirishi, bu kuchlarning sababi nima
ekanligini tushunishga jiddiy ahd qilganlar».
Insonparvarlik g‘oyasi, unga e’tiborning qaratilishi Evropada XV-XVI asrlarda
keng tus olgan bo‘lsa, O‘rta Osiyoda esa IX-XII asrlarda to‘lashakllangan edi. Ularning
insonparvarlikni targ‘ibqilgan adabiy-ilmiy metrosidagi
nazariy fikrlari bugungi
kunda ham shaxs ma’naviy tarbiyasining asosini tashkil etmoqda. Navoiy ijodining
markazidainsonlar to‘g‘risida gamxo‘rlik qilish, saxovat markaziy o‘rinni egallaydi:
Odami ersang demagil odami onikim, yo‘qxalqg‘amidin g‘ami.