Fazilatlarini shakllantirishning nazariy- metodologik




Download 284,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.05.2024
Hajmi284,48 Kb.
#236608
1   2   3   4
Bog'liq
2090-Текст статьи-6975-1-10-20230427 (1)

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №11)
ISSN 2181-1709 (P)
358
Education and innovative research 2022 y. №11
A.Navoiy ijodidagi insonparvarlik g‘oyalari insonni sevish, unga gamxo‘rlik 
qilishg‘oyasi barcha bunyodkor mafkuralarning asosini tashkil etadi. Navoiynazdida 
inson kalbi musulmon olami uchun eng muqaddas go‘sha hisoblanib:
Kimki bir ko‘ngli buzukni xotirin shod aylagan
Onga borki ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagaydeydi. Navoiyning insonparvarlik 
g‘oyalari XIV-XV asr Markaziy Osiyoda ro‘y bergan uyg‘onish davrining ma’naviy 
asosi bo‘lishi bilan buyuklik kasb etadi.
Ma’naviyatimiz, milliy ruhimiz, urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizga ko‘rk 
bag‘ishlovchi xususiyatdir» Pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmonova
insonparvarlikkaquyidagicha ta’rif beradi: «Insonparvarlik- insonningsharafi, 
vijdoni va imonining mahsuli» Insonparvarlikka ta’rif berishbilan birga O.Musurmonova 
insonparvarlikning tarkibiy qismlarini quyidagicha izohlaydi: insonparvarlik negizida 
mehr-shavqat, muruvvat va oqibat, saxiylik, saxovat, diyonat, qanoat, himmat, adolat, 
sabr-toqat, tavoze, mehribonlik, sofdillik, rostgo‘ylik, hamfikrlik,ziyraklik,xojatbarorlik 
kabi ma’naviy-axloqiy xususiyatlar o‘z ifodasini topadi.
O‘quvchi shaxsida inosparvarlik his-tuyg‘ularini shaklantirish orqaliinsonparvarlik 
tayanch fazilatlarini tarkib toptirishda pedagogikanazariyasining asosiy tushunchalaridan 
«ta’limni insoniylashtirish», «ta’limni insonparvarlashtirish»,»ta’lim-tarbiya jarayonga 
insonparvaryondashuv»,»hamkorik pedagogikasi» kabi tushunchalar nazariy asos 
hisoblanadi.Ta’limni insoniylashtirish- ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsining ustuvor 
o‘rin tutishi, uning shaxsi, xohish istak va qiziqishlarini hurmatqilish, qobiliyatlarini 
rivojlantirish, mustaqilhayotda o‘z o‘rnini topib olishi uchun sharoit yaratish.
Ta’limni insonparvarlashtirish - bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning O‘zaro 
hurmatga asoslangan munosabatlari, har bir insonning huquqlarini hurmat qilish, uning 
salomatligini saqlash va mustakamlash, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish hissi, shaxsiy 
salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni. Ta’lim-tarbiya jarayoniga 
«insonparvarlik yondashuvi insonning onglitajribasi, uning yuksak qadriyatlarini 
ongli o‘rganishga yo‘naltirilgan. Shaxsning qiziqishlari, his-tuyg‘ulari, kayfiyati, 
xarakteri,moyilliklarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishmazkur 
yondashuvning asosini tashkil etadi» 
Xamkorlik pedagogikasi- insonparvar tarixiy g‘oyalar asosida milliypedagogikaning 
asosiy yo‘nalishi, uning asosiy qoidalari quyidagilardaniborat: hamkorik munosabati, 
tarbiyalanuvchilar bilan birgalikdagi faoliyat, majburlashsiz o‘rgatish, erkin tanlov, yirik 
bloklarda o‘qitish, o‘z- o‘zini tahlilqilish, o‘z-o‘zini baholash, shaxsiy yondashuv. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish orqali 
ularda insonparvarlikfazilatlarini rivojlantirishda har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat 
tuyg‘usini vujudgakeltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, 
o‘quvchilik ijtimoiy maqomiga mas’uliyat bilan yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu jarayonda o‘quvchi sinfdoshlariga xayrixox bo‘lib, ta’lim jarayonidagi 
o‘quv topshiriqlarini puxta o‘zlashtirishga, sidqidildan aqliy mehnat qilish orqali har bir 
o‘quvchining o‘qishdagi muvaffaqiyati sinf jamoasining muvaffaqiyatiga olib kelishini 
tushunib yetishga zamin yaratadi. Bu esa o‘quvchilarda ta’lim jarayonida hamfikr bo‘lish, 
qo‘yilgan vazifa yechiminitopishda birgalikda qayg‘urish, vazifa yechimini maqsadga 
muvofiq birgalikda ijod qilish malakasinitopganidanhuzurlanish,shakllantirishga imkon 
beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kuzatish shuni ko‘rsatdiki, bu yoshda o‘quvchilar 
juda qiziquvchan bo‘lib, ularning bu qiziqishlari atrof olamni(ijtimoiy hayotni, tabiatni) 
undagi o‘zgarishlarni idrok qilishga qaratilgan bo‘lib, ushbu jarayonda ko‘rgazmali 
obrazli tafakkur boshlang‘ich sinf o‘quvchisining tafakkurining asosiy turi ekanligi 
ta’kidlandi. Masalan, «Sen qanday insonni o‘rtoq, do‘st deb hisoblaysan» degan 
savolga o‘quvchilar sinfdagi o‘rtoqlarining ismini aytib javob berdilar. Shuning uchun 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘rgazmalilik,konkretlikka 
asoslanish zarur. Ayniqsa o‘quvchilarda insoniylikka oidtushuncha va tasavvurlarni 
shakllantirishda hayotiy dalillar, asarqahramonlari, buyuk siymolar hayotidagi yorqin 
lavhalar, yoki ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan misollar 
keltirish orqali o‘quvchi ongiga tushuncha va tassavurlarni yetkazish muhimhisoblanadi.
Ayniqsa o‘quvchining axloqiy-hissiy tuyg‘usiga tasir etuvchi solishtirish, qiyoslash, 
tahlilqilish, sintez qilish orqali nafaqat o‘quvchining axloqiyong va tushunchasini balki 



Download 284,48 Kb.
1   2   3   4




Download 284,48 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fazilatlarini shakllantirishning nazariy- metodologik

Download 284,48 Kb.
Pdf ko'rish