Образование и инновационные исследования (2022 год №11)
ISSN 2181-1717 (E)
359
http://interscience.uz
uning hissiy olamini hammaqsadga muvofiq shakllantirish mumkin. 1-sinfdagi «Tarbiya
fani» darsligidagi rasm vaillyustratsiyalarni mazmunini qiyoslash orqali o‘quvchida
rasm
mazmunidan qoniqish, qoniqmaslik, kayfiyatni ko‘tarish yoki kayfiyatni tushib
ketishi,yaxshi kurish, nafratlanish, zavqlanish,
hayron qolish, g‘ururlanish,minnatdor
bo‘lish kabi ijobiy va salbiy emotsional hissiy holat ko‘rinishlarini yuzaga kelishiga
rag‘batlantiradi, yo‘naltiradi.Boshlang‘ichsinf o‘quvchilaridainsonparvarlik his-
tuyg‘ularini shakllantirishda sinf o‘quvchilari jamoasidagi tenglikka asoslangan ijobiy
muhit, ko‘tarinki kayfiyat, o‘zaro do‘stona munosabat, muloqotgakirishuvchanlik, bir-
birini
tushuna olish va kechira olish, toqatlilik,bag‘rikenglik, qiyin daqiqalarda bir-
biriga ko‘maklashish mas’uliyatlilik, rahmdillik kabilarni kuzatildi. Bu esa boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarida bir-birlarini
yaxshi bilib olishlariga, bir-biriga nisbatan xayrixox
bo‘lib o‘zaro do‘stlashishga, sinfdoshlarining o‘zlariga bo‘lagan munosabatlarini
aniqlanishiga, o‘zlariga tashqaridan baho berish imkoniyatiga ega bo‘lishlariga, ijobiy
hamkorik muhitiga ega ekanliklariga, o‘zlari vasinfdoshlariga nisbatan ishonch hissini
tuyganliklarida namoyon bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi
idrokning aniqligi, fahmningtezligi zukkolik
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu xususiyat ularda atrofdagi voqea-hodisalarga faol
munosabatda bo‘lish, idrok qilinadigan narsalarni his-tuyg‘u bilan, diqqat-e’tibor bilan
qarash, taqlid qilish va tasavvur etish jarayonida shakllana boradi. Shuning uchun bu
davrda bolalarning muloqotga bo‘lgan ehtiyojini ijtimoiy ehtiyojga aylantirishijobiy
natijalarni kafolatlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik his-tuyg‘ularini
maqsadga muvofiq shakllantirishda o‘qituvchi o‘quvchilarning do‘stlashishi, bir-
birinitushunishi, ijobiy xulq-atvorga kirishishlari uchun zamin xozirlashi kerak.
O‘quvchilar o‘zaro baland ovozda gapirmasliklari, bir-biriga nisbatanijobiy munosabatda
bo‘lishlari, zarur vaziyatlarda o‘zlarini tuta bilishlari va
xatti-harakatlarini nazorat
qilishni ta’minlashi muhim. O‘quvchilarda hayotiy tajribaning yetishmasligi tufayli
ular orasida ishchan, do‘stona muloqot o‘rnatish murakkab kechadi. Bunda o‘qituvchi
o‘quvchilarni hamkorlikdagi faoliyatga jalb etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va
qo‘llashi, ularning individual xususiyatlarini chuqur tahlil
qilishi va har tomonlama
o‘rganish kerak.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik his-tuyg‘ularini
shakllantirish orqali ularda insonparvarlikfazilatlarini rivojlantirishda har bir o‘quvchida
shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan
ishonchni mustakamlash, o‘quvchilik ijtimoiy makomiga mas’uliyat bilan yondashuvi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilganadabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining “O‘zbekistonRespublikasiXalq ta’limi
tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil
29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni.
2. IbragimovaX.I, Yo’ldoshevU.A,BobomirzayevX. Pedagogik psixologiya-T.:
O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007.-410b
3. BabanskiyYu.K. Hozirgi zamon umumiy ta`lim maktabida o`qitish metolari.,-t.,
«o`qituvchi», 2000 y
4. Yunusova Guzal Sultanovna. (2022). Psychological
mechanisms of crime
prevention among teenagers (Family aspect). American Journal of Interdisciplinary
Research and Development, 9, 266–273. Retrieved from http://ajird.journalspark.org/
index.php/ajird/article/view/303