• Kalit so’zlar
  • Fizik model.
  • Fizik-kimyoviy modellar
  • -mavzu. Kompyuterli modellashtirish printsiplari. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi




    Download 15,08 Mb.
    bet3/135
    Sana22.05.2024
    Hajmi15,08 Mb.
    #250347
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
    Bog'liq
    Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

    1-mavzu. Kompyuterli modellashtirish printsiplari. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi.
    Reja:

    1. Model tushunchasi.

    2. Fizik model.

    3. Kompyuterli modellashtirish tamoyillari.

    4. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi.

    Kalit so’zlar: model, modellashtirish, kompyuterli modellashtirish turlari, model turlari, kompyuterli modellashtirish klassifikatsiyasi, modellarning fizik va biologik guruhlari..
    Maqsad: Modellashtirish haqidagi birinchi tushunchalarni shakllantirish, Fizik model, matematik model, fizik-kimyoviy modellar, iqtisodiy modellar,
    Kompyuterli modellashtirish faniga kirib borar ekanmiz, avval model nima, modellashtirish nima, uning qanday turlari bor, kompyuterli modellashtirish nima degan savollarga javob berishimiz va bu tushunchalarni tahlil qilib, ularga ta’riflar berishimiz zarur. Avval model nima bilib olaylik. Model haqida Wikkipediada quyidagicha ta’rif beriladi: Model - ob'ekt, shaxs yoki tizimning informatsion tasviri hisoblanadi. Bu atama1 dastlab 16 asr oxirida ingliz tilida binoning rejalarini bildirgan. Fransuz hamda Italyan tillaridagi modul sòzidan olingan. Modellar fizik modellarga (masalan, model tekisligi) va mavhum modellarga (masalan, xatti-harakatlar modellarini tavsiflovchi matematik ifodalar) boʻlingan. Mavhum yoki kontseptual modellar fan falsafasida markaziy oʻrinni egallagan[1][2]. Deyarli har bir ilmiy, nazariya, jismoniy va insoniy sohaning modelini oʻz ichiga olgan. Modellar turlari quyidagicha bo’ladi: fizik,matematik, fizik-kimyoviy, iqtisodiy, sotcial va boshqalar.
    1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq qiladigan modellarni tushunamiz.
    2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma‘lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi.
    3. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
    4. Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo‘llanila boshlandi. F. Kenening «Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini ko‘rsatishga harakat qilingan.
    Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste‘mol, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini taxlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.

    Download 15,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




    Download 15,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Kompyuterli modellashtirish printsiplari. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi

    Download 15,08 Mb.