|
Rasm 1. Matematik mayatnikning modeli
|
bet | 9/135 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,08 Mb. | | #250347 |
Bog'liq Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishRasm 1. Matematik mayatnikning modeli.
Model voqelikning qandaydir shakldagi (masalan, matematik, fizik, ramziy, grafik yoki tavsifiy) mavhum tasviridir. Modellashtirish atamasi modellarni qurish (yaratish) va ularni o'rganishni anglatadi. Har xil turdagi bir nechta modellarni bir xil tizimlar bilan bog'lash mumkin.
Modellashtirish atamasi modellarni qurish (yaratish) va ularni o'rganishni anglatadi. Har xil turdagi bir nechta modellarni bir xil tizimlar bilan bog'lash mumkin.
Modellashtirish – bilish ob'ektlarini ularning modellari yordamida tadqiq qilish,
mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir.
Modellashtirish uslublaridan hozirgi zamon fanlarida keng foydalanilmoqda. U
ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab ob'ektlarni
o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum, olisda joylashgan ob'ektlar,
juda kichik hajmdagi ob'ektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta.
Modellashtirish uslubidan fizika, astranomiya, biologiya, ijtimoiy fanlarda, iqtisod
fanlarida ob'ektlarning faqat ma'lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham
foydalaniladi.
Uslubiyat sifatidan matematik modellashtirish matematika, fizika, biologiya
va boshqa ilmiy fanlar bilan almashtirib bo‘lmaydi, ular bilan raqobat qilmaydi.
Aksincha uning sintezlash rolini ta'kidlamasdan bo‘lmaydi. Matematik
modellashtirish uchligini yaratish va qo‘llash turli metodlar va yondoshuvlar –
chiziqsiz modellar sifat analizidan tortib zamonaviy dasturlash tillariga asoslanadi
va fanning turli – tuman yo‘nalishlarini qo‘shimcha yangi rag‘batlantiradi.
Masalaga kengroq yondoshgan holda aytish mumkinki, modellashtirish turli
“mutaxassislar” ijodiy faoliyatida uchraydi – tadqiqotchilar va tadbirkorlar,
siyosatchilar va harbiy qo‘mondonlar. Bu sohalarga aniq fanlarning joriy qilinishi
intuitiv “ modellash” ni chegaralab, ratsional metodlar qo‘llanilish maydonini
kengaytirdi. Albatta, matematik modellashtirish samarali bo‘lish uchun u yaxshi
ma'lum bo‘lgan professional talablarga javob berishi kerak: asosiy tushunchalar va
farazlarni aniq for-mulirovkasi, ishlatilayotgan modellar adekvatligining aposterior
analizi, hisoblash algoritmlari to‘g‘riligining kafolatlanishi va h.k.
Agar “inson faktori”, ya'ni murakkab formallashgan ob'ektlar ishtirokida
sistemalarni modellashtirish haqida gap ketganda, yuqoridagi talablardan tashqari
matematik va maishiy atamalarni (bir xil eshitiluvchi, ammo turli ma'noga ega) aniq farqlash, hodisa va jarayonlarni o‘rganishga tayyor matematik apparatni
ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va boshqa bir qator talablar ham qo‘shiladi.
Axborot jamiyati muammolarini hal etishda faqatgina kompyuter qudratiga
va informatikaning boshqa vositalarigagina ishonib qolish unchalik ham to‘g‘ri
emas. Matematik modellashtirish bosqichlarining doimiy mukammallashib borishi
va uning zamonaviy axborot – modellash sistemalariga tadbiq etilishi metodologik
imperativdir. Faqat uning bajarilishigina zaruriy yuqori texnologiyali,
raqobatbardosh va rang-barang moddiy va intellektual mahsulotga ega bo‘lish
mumkin. Atrofimizdagi olam qonunlari o‘zgarmas va tadqiqotlarda bundan samarali foydalanish mumkin. Bu matematik modellar universalligi xossasida o‘z aksini topgan.
|
| |